Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

Buxgalteriya hisobining tashkiliy ta’minotini bu yerda hisob siyosatining tarkibiy qismi sifatida 
ko‘rib chiqamiz. Buxgalteriya hisobini tashkil etish masalalari 4.5 paragrafda batafsil bayon 
qilingan
). 
Buxgalteriya hisobining uslubiy ta’minoti boshqaruv apparatiga ishonchli va zarur 
axborotlarni kam xarajat qilgan holda, o‘z vaqtida taqdim etish vazifasiga bo‘ysundirilgan bo‘lishi 
lozim. Ushbu vazifani hal etish qator omillar bilan ta'minlanib, ulardan har biri qaror topgan an'analar, 
korxona faoliyatining muayyan shart-sharoitlari va hisob ishlarining xajmidan kelib chiqadi.
Buxgalteriya hisobining tashkiliy ta’minoti uni boshqaruv hisobi va moliyavyi hisob quyi 
tizimlariga ajratishni nazarda tutadi. Ular o‘rtasida keskin chegara bo‘lmasa-da, bunday ishni amalga 
oshirish zarur. U hisob axborotlarining alohida foydalanuvchilar o‘rtasida aniq yo‘nalishini 
belgilaydi. Mahsulot, ish va xizmatlar tannarxini shakllantirish bo‘yicha boshqaruv va korxonani 
strategik rivojlantirish asosini yaratadi. Ushbu axborot faqat korxona menedjyerlariga ruxsat etiladi. 
Boshqaruv hisobini tashkil etish tartiblarini korxona mustaqil belgilaydi. 
Moliyaviy hisob u yoki bu darajada tartibga solinadi. Shuning uchun ma'lum talablar va 
tamoyillar tizimi ishlab chiqiladi.
Korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish va amaldagi qonunchilikka rioya qilinishi uchun 
uning rahbari javobgar. Rahbar hisob siyosatini ishchi schotlar rejasini, dastlabki hujjatlar shakllarini 
(namunaviy shakli bo‘lmagan xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish uchun), inventarizatsiya 
o‘tkazish tartibini, hujjatlar aylanish qoidalarini va buxgalteriya hisobini tashkil etish maqsadida 
zarur bo‘ladigan tartib-qoidalarni tasdiqlashi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, korxona 
rahbari buxgalteriya hisobini shaxsan o‘zi yuritish huquqiga ega. Lekin, qaysi holatlarda ushbu 
funksiyani rahbarning o‘zi bajarishi aniq ko‘rsatilmagan, ammo bunday variant kichik biznes 
korxonalari, masalan, dehqon xo‘jaliklari uchun qulay. 
Bosh buxgaltyer boshqaradigan mustaqil buxgalteriya xizmati tashkil etilishi ham mumkin. 
Bunday xizmat korxonaning boshqa bo‘linmalari kabi tarkibiy bo‘linma hisoblanadi. 
Bosh buxgaltyer bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi va hisob siyosatini tashkil etish, 
buxgalteriya hisobini yuritish, to‘liq va ishonchli moliyaviy hisobotni o‘z vaqtida taqdim etish uchun 
javobgar. 
Buxgalteriya hisobini yuritish shartnoma asosida markazlashgan buxgalteriya, ixtisoslashgan 
mustaqil tashkilot yoki tegishli oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega buxgaltyer tomonidan 


yuritilishi mumkin. 
Har qanday holatda buxgalteriya hisobining u yoki bu tashkiliy shaklini tanlash hisob 
jarayonini oqilona tashkil etishning muhim omili hisoblanadi. Buning ustiga, agar oldin hisob 
texnologik jarayoniga EHMni keng qo‘llashga, markaziy buxgalteriya tashkil etish abzal hisoblansa, 
hozirgi vaqtda vaziyat boshqacha markazlashmagan buxgalteriya hisobi katta imkoniyatlarga ega. 
Asosiy masala – buxgaltyerning ish joyini avtomatlashtirish. Boshqa omillar: hisob ishlarining hajmi, 
xodimlar soni ishlab chiqarish zaxiralari va tayyor mahsulotlarning nomenklaturasi, mol yetkazib 
beruvchilar, haridorlar va shu kabilarning soni katta ahamiyatga ega emas. 
Shuning uchun hisob xodimlarining vazifalari ularning ish yuklamasi, boshqaruv tizimidagi 
pog‘onalar o‘rtasida to‘g‘ri va teskari o‘zaro aloqalarhisob ma’lumotlarini uzatish va uzatish 
vositalari va kanallaridan kelib chiqqan holda qayta taqsimlanishi lozim. 
Hisob xodimlarining mehnat taqsimoti 3 turga bo‘linadi: 
predmetli;
chiziqli; funksional. 
Mehnat taqsimotining predmetli varianti hujjatlarning bo‘limlarning nomlanishiga muvofiq 
taqsimlashni nazarda tutadi: 
-
hisob-kitob bo‘limi; 
-
ishlab chiqarish bo‘limi; 
-
hisob bo‘limi; 
-
sotish bo‘limi; 
-
umumiy bo‘lim. 
Albatta, konsalidatsiyalangan hisobotdan asosiy foydalanuvchilar aksiyadorlar hisoblanadi. 
Bosh kompaniyaning aksiyadori uning aksiya paketiga to‘g‘ri keladigan sof aktivlar hajmini baholash 
imkoniga ega emas. Chunki bosh kompaniyaning balansi faqat sho‘ba korxonalariga quyilmalar 
summasidan iborat va ushbu quyilmalarning jami real qiymatini va mos ravishda aksiyadorlarning 
ulushini aks ettirmaydi. Aksiyadorlar uchun ularning quyilmalarini obektiv aks ettiradigan, bosh 
kompaniyaning barcha sho‘ba va tobe korxonalari faoliyatining ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladigan 
obektiv axborotlar zarur. 
Buxgalteriya hisobini tashkil etishdan to yuritish va hisobot tuzish hamda taqdim etishga 
qadar barcha ishlarni mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda moddiy-texnik ta'minlash - 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin