Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Chorvachilikda xarajatlar hisobining obektlari va moddalari



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

 
11.4.2. Chorvachilikda xarajatlar hisobining obektlari va moddalari 
Chorvachilikka qilingan xarajatlar va undan olinadigan mahsulotlar hisobi olish 2012-
«Chorvachilik ishlab chiqarishi» operatsion va tannarxni hisoblash schotida olib boriladi. Ushbu 
schotning debeti bo‘yicha xarajatlar, krediti bo‘yicha esa – mahsulotlarning chiqishi aks ettiriladi. 
Ushbu schot bo‘yicha xarajatlar chorvachilikning quyi tarmoqlari doirasida chorva 
mollarining ayrim turlari va guruhlari sifatida hisob obektlariga ajratib hisobga olinadi. Schot 
bo‘yicha hisobga olish nomenklaturasi quyidagicha: 
Chorvachilikda qoramol – sut chorvachiligi; asosiy poda, barcha yoshdagi yosh chorva 
mollar va bo‘rdoqiga boqilayotgan mollar, sigir va g‘unajinlar yetishtirish (ixtisoslashtirilgan 
xo‘jaliklarda bir maqsadni ko‘zlab yetishtirish). Qoramol – go‘sht chorvachiligi: asosiy poda, 8 
oylikdan katta bo‘lgan yosh mol va bo‘rdoqiga boqilayotgan mol. Buqalar: buqalarning asosiy 
podasi, boquvga qo‘yilgan har xil yoshdagi buzoqlar va katta yoshdagi buqalar.
Qo‘ychilikda xarajatlar hisobi uning yo‘nalishlari – mayin junli, yarim mayin junli, yarim 
dag‘al junli, dag‘al junli, qorako‘l tyeri vabarra tyeri bo‘yicha yuritiladi: 
Parrandachilikda tuxum qo‘yadigan tovuqlar: katta yoshli tuxum qo‘yadigan tovuqlar; 
go‘sht uchun boqiladigan tovuqlar, 1 kunlikdan 150 kunlikkacha bo‘lgan jo‘jalar. Go‘sht va go‘sht 
– tuxum yo‘nalishidagi tovuqlar: katta yoshli ona tovuqlar; 1 kunlikdan 180 kunlikkacha bo‘lgan 
yosh tovuqlar; jo‘ja (broylyer)lar. Parrandalarning boshqa turlari (o‘rdaklar, g‘ozlar, kurkalar va 
b.) bo‘yicha hisob ikki guruhga ajratib yuritiladi: katta yoshdagi va barcha yoshdagi yosh 
parrandalar. Inkubatorlardagi tuxumlar parrandalar turi bo‘yicha hisobga olinadi. 
Yilqichilikda (otlar, eshaklar, xachirlar) naslchilik: nasldor (zotli) otlarning asosiy podasi, 
zotli toychalar (tug‘ilgan yili bo‘yicha). Ishlatiladigan yilqichilik (sut beradigan va uyurdagi 
yilqilar): asosiy poda, barcha yoshdagi uyurdan ajratilgan yosh yilqilar. Yosh ishchi otlarni 
yetishtirish alohida hisobga olinadi (katta yoshdagi ishchi otlar bosh soni bo‘yicha xarajatlar 2310-
schotda hisobga olinadi).
Tuyachilikda xarajatlarni hisobga olish ikki guruh bo‘yicha yuritiladi: asosiy poda, barcha 
yoshdagi bo‘taloqlar, bo‘rdoqiga boqiladigan tuyalar. Barcha guruh hayvonlar birgalikda 
saqlanganda xarajatlar hayvonlarning barcha guruhlari bo‘yicha birlashgan holda hisobga olinadi. 
Quyonchilikda va mo‘ynali hayvonlarda. Ishlab chiqarish yo‘nalishlari bo‘yicha (go‘sht, 
tyeri, tivit) hisobga olinadi. Mo‘ynali hayvonlar hayvon turlari bo‘yicha ikki guruhga asosiy poda 
va yosh hayvonlarga bo‘lingan holda hisobga olinadi. 
Cho‘chqachilikda chuchqaning asosiy podasi, ikki oylikdan to‘rt oylikkacha bo‘lgan yosh 
cho‘chqalar, to‘rt oylikdan katta bo‘lgan yosh cho‘chqalar va bo‘rdoqiga boqilayotgan 
cho‘chqalar. Ixtisoslashtirilmagan xo‘jaliklarda xarajatlar hisobi tarmoq bo‘yicha umumiy 
yuritiladi. 
Baliqchilik, asalarichilik, ipakchilik hayvonlar va parrandalarni sun'iy qochirish. 
Baliqchilikda: umuman tarmoq bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarda semirtiriladigan va 


pitomnik havzalari bo‘yichaalohida. Asalarichilikda – asalari boqish, asal, asal changlatish, 
changlatish bo‘yicha. Ipakchilik – umuman tarmoq bo‘yicha. Sun'iy urchitish – hayvonlar turi 
bo‘yicha nasl beruvchilar (spyerma olish). 
Chorvachilikda analitik schotlar hayvonlar guruhlarining turlari yoki yosh-jinslari bo‘yicha 
ochiladi. Biroq, ayrim hollarda mahsulot tannarxini yanada aniqroq hisoblash maqsadida yondash 
mahsulotlarning ayrim turlari bo‘yicha to‘g‘ri xarajatlarni alohida hisobga olish uchun qo‘shimcha 
analitik schotlar ochiladi. Masalan, qorako‘lchilikda qo‘shimcha analitik schotlar ochilishi 
mumkin: qo‘ylarning junini qirqish bo‘yicha xarajatlar va qorako‘l tyerilari olish bo‘yicha 
xarajatlar. Birinchisiga jun qirqish punktini saqlash, jun qirquvchilar mehnatiga haq to‘lash, junni 
markalash, saralash va tashish bo‘yicha xarajatlar kiradi; ikkinchisiga - qo‘zichoqlarni so‘yish, 
dastlabki ishlov berish, tyerilarni oshlash va tashish xarajatlari kiradi. Natijada jun va qorako‘l 
tyerining tannarxini aniq belgilash imkoni yaratiladi. 
Chorvachilikdagi ayrim analitik schotlarda ozuqa tayyorlash xonalari va sexlarida ozuqa 
tayyorlash bo‘yicha xarajatlar hisobga olinadi. Belgilangan muddatlarda hisobga olingan 
xarajatlar bu schotlardan chiqarib tashlanadi va hayvonlarni parvarish qilish bo‘yicha xarajatlar 
obektlari schotiga tayyorlangan (berilgan) ozuqa miqdoriga mutanosib taqsimlanadi. 
Dehqonchilikdan farq qilgan holda chorvachilik bo‘yicha yil oxiriga, odatda, 
tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘lmaydi. Bu shu bilan bog‘liqki, chorvachilikning asosiy 
tarmoqlari hisoblangan qoramolchilik, qo‘ychilik va boshqalar bo‘yicha har bir yildagi qilingan 
xarajatlarni shu yilda olingan mahsulotlar tannarxiga olib boriladi. Lekin, chorvachilikning 
parrandachilik, baliqchilik, yilqichilik, asalarichilik kabi ayrim tarmoqlarida yil oxirida 
tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘lishi mumkin. Masalan, agar parrandachilikda tuxumlar 
inkubatorga joriy yilning 10 dekabridan keyin quyilib, yil oxirigacha jo‘jalar ochib chiqarilmagan 
bo‘lsa, tuxumlar va ularni inkubatorga quyish xarajatlari keyingi yilga o‘tadi. 
Asalarichilikda tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlariga asalarilar qishlashi uchun 
uyalarida qoldirilgan asal qiymati; baliqchilikda – keyingi yilga o‘tadigan baliqlarni urchitish 
xarajatlari; tuyachilikda esa birinchi bo‘g‘oz bo‘lib, keyingi yilda tug‘adigan tuyalarni saqlash 
uchun qilingan xarajatlar kiritiladi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin