Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik
Kichik
guruh-
lar
tartib
raqami
Asosiy vositalarning nomi
Amortiza-
tsiyaning
yillik eng
yuqori
normasi,
foizlarda
4
Avtomobil transportining harakatdagi tarkibi, ishlab chiqarish
transporti
20
5
Yengil avtomobillar
6
Sanoat traktorlari
7
Kommunal transport
10
8
Maxsus vaxta vagonlari
9
Boshqa transport vositalari
20
VI Kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari 1
Kompyuterlar
20
2
Periferiya qurilmalari va ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari
3
Nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasi
4
Boshqalar
VII Boshqa guruhlarga kiritilmagan qat’iy belgilangan aktivlar 1
Ko‘p yillik dov-daraxtlar
10
2
Idora mebeli va uskunalari (shu jumladan telefon apparatlari,
hisoblash qurilmalari va boshqalar)
15
3
Boshqalar
10
Soliq solish maqsadlari uchun har bir kichik guruh bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari
amortizatsiya normasini qo‘llash orqali eng yuqori normadan oshmagan holda hisoblab chiqiladi.
Soliq solish maqsadlari uchun amortizatsiyani belgilanganidan pastroq va soliq to‘lovchining
hisob siyosatida mustahkamlab qo‘yilgan normalar bo‘yicha hisoblashga yo‘l qo‘yiladi.
Soliq solinadigan foydaning to‘liq hisoblanmagan amortizatsiya summasiga soliq solish
maqsadlarida nazarda tutilgan normalarga zid ravishda qayta hisoblash amalga oshirilmaydi.
Foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalar ob’ektlarini oladigan soliq to‘lovchi ushbu asosiy
vositalar ob’ekti bo‘yicha amortizatsiya normasini mazkur asosiy vositalar ob’ektidan avvalgi
mulkdorlar tomonidan foydalanilgan yillar (oylar) soniga kamaytirilgan foydalanish muddatini
hisobga olgan holda belgilashga haqlidir. Agar mazkur asosiy vositadan avvalgi mulkdorlarda amalda
foydalanish muddati ushbu asosiy vositalarning tasniflanishi bilan belgilanadigan foydalanish
muddatiga teng yoki undan ortiq bo‘lsa, soliq to‘lovchi texnika xavfsizligi talablarini va boshqa
omillarni hisobga olgan holda bu asosiy vositadan unumli foydalanish muddatini mustaqil ravishda,
lekin uch yildan kam bo‘lmagan muddatga belgilashga haqlidir. Foydalanishda bo‘lgan asosiy
vositalardan foydalanish muddatini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, amortizatsiyani
hisoblash yangi asosiy vositalarga bo‘lgani singari amalga oshiriladi.
Nomoddiy aktivlar uchun qilingan xarajatlar soliq to‘lovchi tomonidan, ularning boshlang‘ich
qiymati va unumli foydalanilishi muddatidan, lekin soliq to‘lovchining faoliyati muddatidan ortiq
bo‘lmagan muddatdan kelib chiqqan holda, hisoblab chiqilgan normalar bo‘yicha har oyda eskirish
tariqasida jami daromaddan chegirib tashlanadi.
Nomoddiy aktivlar ob’ektidan unumli foydalanish muddatini aniqlash O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlariga yoki chet davlatning qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qonun hujjatlariga
muvofiq, shuningdek nomoddiy aktivlardan foydalanishning tegishli shartnomalar bilan bog‘liq
unumli muddatidan kelib chiqqan holda patentning, guvohnomaning amal qilish muddati va (yoki)
intellektual mulk ob’ektlaridan foydalanish muddatlarining boshqa cheklanishlaridan kelib chiqqan
holda amalga oshiriladi.
239
Unumli foydalanish muddatini aniqlab bo‘lmaydigan nomoddiy aktivlar bo‘yicha
amortizatsiya normalari besh yilga, lekin soliq to‘lovchining faoliyat muddatidan ortiq bo‘lmagan
muddatga mo‘ljallab belgilanadi.