363
3-guruh uchun:
1. Buxgalteriya hisobining yo‘nalishlari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) Natura, mehnat, pul
V) Moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi
S) Buxgalteriya hisobi schyotlarida axborotlarni shakllantirish
D) Soliq hisobi, boshlang‘ich hisob
2. Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) Uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar, xususiy kapital, majburiyatlar, xo‘jalik
muomalalari
V) Ikki yoqlama yozuv usulida yuritish, uzluksizlik, aniqlik, hisoblash, oldindan ko‘ra
bilish, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi, hisobot davri daromadlari va
xarajatlarining muvofiq kelishi va boshqalar
S) Axborotlarni to‘plash, axborotlarni ro‘yxatga olish, axborotlarni tizimlashtirish
D) Buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar
va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirish;
samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarni umumlashtirish;
moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish
3. Buxgalteriya hisobining obyektlari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) Buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar
va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirish;
samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarni umumlashtirish;
moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish
V) Buxgalteriya hisobi axborotlaridan ichki foydalanuvchilar va tashqi
foydalanuvchilar
S) Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar va
xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik muomalalari
D) Ikki yoqlama yozuv usulida yuritish, uzluksizlik, aniqlik, hisoblash, oldindan ko‘ra
bilish, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi, hisobot davri daromadlari va
xarajatlarining muvofiq kelishi va boshqalar
Dostları ilə paylaş: