235
3-bosqich. Amalga oshirish
3.1. Olingan axborotni yig‘ing va uni matn, jadval, chizma hamda sharhlash ko‘rinishida
rasmiylashtiring.
3.2. Natijalarni ma'lumotli materiallar ko‘rinishida rasmiylashtiring (oxirgi mahsul).
3.3.
Hisobotni tayyorlash yo‘riqnomasi bo‘yicha
hisobotni tayyorlang.
3.4. Loyihani Microsoft Power Point bo‘yicha
tayyorlash yo‘riqnomasidan foydalanib,
taqdimotga tayyorlang.
3.5. Loyiha taqdimotida guruh a'zolari o‘rtasidagi vazifalarni aniqlang. Og‘zaki taqdimotga
tayyorgarlik vaqtida uning
qoidalariga rioya qiling, og‘zaki taqdimot sirlarini esdan chiqarmang.
2. Loyiha ishi to‘g‘risida hisobotga tayyorgarlik bo‘yicha yo‘riqnoma
1. Siz taklif va tavsiya etayotgan loyihani tatbiq etishni isbotlovchi xulosalarni (1 betdan ko‘p
bo‘lmagan matn asosida) ifodalang.
2. Siz hal etmoqchi bo‘lgan muammoni (5-6 so‘z bilan) asoslang.
3. Loyihangizning maqsadi: uning nima uchun yaratilishi, oxirgi mahsulni qanday bo‘lishi va u
kimga qaratilganligini (1-3 taklif orqali) ko‘rsating.
4. Loyiha vazifalarini (qisqa va bir ma'noli) ifodalang.
5. Loyihaning ish rejasi (jadval) ni bayon eting.
6. Vazifa yechimining natijalari va loyihada bajarilgan ishlarni ko‘rsating.
7. Siz taklif etgan loyiha mahsulini tatbiq etish imkonini tasdiqlovchi xulosalarni shakllantiring.
8. Bajarilgan ish bo‘yicha foydalanilgan manbalar ro‘yxatini tarkiblashtiring.
9. Baholang:
- loyiha sifatini;
- loyiha ustida ishlash jarayoni: ishning natijaviyligi, qiyinchiliklar va uni yengib o‘tish yo‘llari.
10. Ilovalarni tarkiblashtiring: loyiha ishtirokchilarining Anketalari va loyiha ishining ish
materiallarini kiriting (xohishingizga ko‘ra).
Dostları ilə paylaş: