А = Rk *100%
Q
Albedo Yer yuzasining rangiga, namligiga va g’adir budirligiga bog’liq bo’ladi. 1- jadvalda turli yuzalarning albedo qiymati keltirilgan [1,3].Turlicha tabiiy yuzalarn albedosi,
(V.L.Gayevskiy va M.I.Budilko)
1- jadval
Yuza
|
Albedo
|
Yuza
|
Albedo
|
Yangi quruq qor
|
80-95
|
g’alla ekilgan dala
|
10-25
|
Ifloslangan qor
|
40-50
|
Kartoshka ekilgan dala
|
15-25
|
Dengiz muzi
|
30-40
|
G’o’za ekilgan dala
|
20-25
|
Qora tuproq
|
5-15
|
o’tloqzor
|
15-25
|
Quruq oddiy soz tuproq
|
20-15
|
quruq cho’l
|
20-30
|
Quruq qumli tuproq
|
25-45
|
Igna bargli o’rmon
|
10-15
|
|
|
yaproq bargli o’rmon
|
15-20
|
Quyosh va Yer shari orasidagi masofa yil davomida o’zgarib turadi. Yerning quyoshga eng yaqinlashuvi esa 2-yanvarga to’g’ri keladi (oraliq masofa 147000000 km), eng uzoqlashuvi 5- iyulga (oraliq masofa 152000000 km) to’g’ri keladi. Shunday ekan atmosferaning yuqori chegarasidagi quyoshdan kelayotgan radiasiyaning miqdori oraliq masofaga bog’liq holda o’zgarib turadi. Quyosh va Yer shari orasidagi o’rtacha masofa 149500000 km ga teng, ana shunday masofada atmosferaning yuqori chegarasiga tushayotgan quyosh radiasiyasining miqdoriga quyosh doimiysi(miqdori S0=1366 Vt/m2 ga teng) deyiladi [3].
Atmosferaning yuqori chegarasida quyoshdan kelayotgan jami nurlarning 46%i ko’rinadigan, 47% i infraqizil nurlarga va 7% ultrabinafsha nurlarga to’g’ri keladi. Yer yuzasigacha ko’rinadigan va infraqizil nurlar to’liq yetib keladi. Ko’rinadigan nurlar tabiiy yoritilganlikni hosil qiladi. Infraqizil nurlar ko’zga ko’rinmaydi, yorug’lik hosil bo’lishida qatmashmaydi, biroq issiqlik effektini beradi. Ultrabinafsha nurlarlarning qisqa to’lqinli qismi yergacha yetib kelmaydi, balki atmosferaning ozon qobig’ida butunlay yutiladi. Quyoshdan kelayotgan nurlarning to’lqin uzunligi 0,2 mkm dan 24,0 mkm gacha bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |