1
YОSHLARNI BAG‘RIKENGLIK RUHIDA TARBIYALASH-
BARQARORLIK OMILI
Xasanova G. B.,
Toshkent Farmatsevtika Instituti
Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
Globallashuv jarayonida insoniyat hamjamiyati oldida paydo bo‘layotgan
ko‘plab muammolar orasida millatlararo totuvlik va tolerantlik madaniyati eng
asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. YUNESKO Bosh Assambeleyasi
konferensiyasining 1995-yil 16-noyabrda o‘tkazilgan 28-sessiyasida qabul qilingan
“Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi” dunyoda tinchlik va totuvlikni
ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini kafolatlash, teng huquqlilik
hamda o‘zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam
bo‘lib xizmat qilmoqda.
XXI asr insoniyatga katta ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlar bilan birga,
jamiyatni demokratlashtirish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, xalqaro
munosabatlarning integratsiyalashuvi kabi masalalar qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy
va xalqaro kelishmovchiliklarning og‘ir yukini, milliy biqiqlik, buyuk davlatchilik
shovinizmi, diniy ekstremizm va fundamentalizm singari illatlarni bartaraf etishni
talab qilmoqda. Bularning barchasi millatlararo totuvlik va tolerantlik madaniyatini
umumbashariy qadriyatga aylantirish masalasining qanchalik muhimligini ko‘rsatib
turibdi. Zamonaviy shart-sharoitlar o‘sib kelayotgan avlodni xilma-xillikka
chidamli, boshqa fikrlarni eshita olish va ularni hurmat qilish, bir so‘z bilan
aytganda, millatlararo totuvlik va tolerantlik ruhida tarbiyalashni taqozo etadi.
O‘zbekiston
Respublikasi
tomonidan
olib
borilayotgan
davlat
siyosatida tolerantlik tamoyillari va g‘oyalarining tutgan o‘rni beqiyos bo‘lib,
xalqimizga xos azaliy tolerantlik xususiyatiga munosаbat mustaqillik yillarida
yanada rivojlandi. Yurtimizda nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalar, balki
zaminimizda istiqomat qilib kelayotgan turli millat va elatlar o‘rtasida do‘stlik
rishtalarini yanada mustahkamlash, diniy bag‘rikenglik tamoyillarini qaror
toptirishga ham alohida e’tibor qaratib kelinadi. Bu ayni paytda O‘zbekistonning
barcha sohadagi islohotlarida ham o‘z aksini topgan. Xususan, “2017-2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi”ning beshinchi yo‘nalishi aynan diniy bag‘rikenglik va
millatlararo totuvlikni ta’minlash masalasiga bag‘ishlangani mamlakat Prezidenti va
hukumatining xalqaro hujjatlarda belgilangan umuminsoniy vazifalarga
qaratayotgani yuksak e’tiborining namunasi hamdir. Qolaversa, Muhtaram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2017 yil 19 sentyabrda Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik”
deb nomlangan maxsus rezolyutsiya qabul qilish tashabbusi bilan chiqqani jahon
2
hamjamiyatining diqqatini tortgan edi. Mazkur hujjat barchaning ta’lim olish
huquqini ta’minlash, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko‘maklashish, eng
muhimi, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni
ta’minlashga qaratilgani bilan e’tiborga molikdir.
Kelajak avlodning tarbiyasidagi eng asosiy jihat uning ma’naviy
sog‘lomligidir. Shuning uchun ham ta’lim-tarbiyada tolerantlik masalasini keng
yoritish muhim o‘rinda turibdi. Hamma joyda va barcha sohada tolerantlik muhitini
yaratish shubhasiz oson vazifa emas. Tarbiya - toqatsizlikning oldini olishda eng
samarali vosita hisoblanadi. Shu sababli yoshlarni tolerantlik ruhida tarbiyalashni
hozir birinchi darajali vazifa deb hisoblamoq kerak. Ayni paytda ta’lim
muassasalarida tolerantlik ongini shakllantirish va madaniyatlararo muloqotni
o‘rgatishga qaratilgan ta’lim dasturlari va texnologiyalarini yaratib hayotga tatbiq
etish o‘ziga xos o‘rinda turadi. Yoshlarni tolerantlik ruhida tarbiyalash ular
tafakkurining o‘zgarishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va ijtimoiy munosabatlarga
moslashishuv yanada rivojlantirishini ta’kidlash mumkin. Tolerantlik omilini
yoshlarga singdirishda mahalla, oila, maktab, kollej, akademik litsey, va oliy o‘quv
yurtlarida bag‘rikenglik ruhini mustahkamlash, ro‘y-rostlik, bir-biriga e’tibor va
birdamlik munosabatlarini vujudga keltirish, doimo tolerantlik fe’l-atvorini
shakllantirib yanada rivojlantirishdan iborat. Shunga ko‘ra kishilik jamiyati
rivojlanishi natijasida tolerantlik ham jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda
tabora rivojlanib, o‘zining mazmunini boyitib boradi. Yоshlarda tolerantlik
tarbiyasini shakllantirilishi dunyoning yakkalik, alohidalik, ajralganlikdan ko‘ra
umumiylikka, odamiylikka tomon harakatini kuchaytirib, ularda milliy o‘zlikni
anglash hamda azaliy bag‘rikenglik tuyg‘usini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu
bilan birga yoshlarda tolerantlik fazilatini tarbiyalashda ommaviy axborot
vositalarining o‘rni ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ommaviy axborot vositalari
tomonidan olib boriladigan targ‘ibot-tashviqot ishlari tolerantlik omiliga e’tiborni
kuchaytiradi.
Bugungi
globallashuv
davrida
demokratik
tamoyillar
asosida yangilanayotgan, o‘zgarayotgan hayot yoshlarimizni o‘ziga xos sinovdan
o‘tkazmoqda. Jamiyat kelajagi yoshlar bilan bog‘liq va ular taraqqiyotning asosiy
kuchi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida jamiyatni demokratlashtirish,
fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida yoshlarning ijtimoiy
hayotdagi o‘rni kuchayib bormoqda. Yoshlarga doir olib borilayotgan davlat siyosati
va bu borada mavjud qonunchilik, yangi qarorlarni qabul qilinishi
hamda islohotlarning amalga oshirilishi mustahkam kuchli tayanch bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida samarali tarzda amalga oshirilib kelinayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy-huquqiy islohotlar jarayoni yoshlarni himoyalanganlik
darajasini kuchayishiga hamda mustahkamlanishiga sabab bo‘lmoqda. Ma’naviy va
3
jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi biz uchun umummilliy,
umumdavlat miqyosidagi vazifa bo‘lib, bu ezgu maqsad yo‘lida amalga
oshirilayotgan ishlarimizni izchil va qat’iyatlilik bilan davom ettirish bugungi
siyosatimizning diqqat markazida turganini yana bir marotaba uqtirib o‘tmoq lozim.