Amaliy mashg’ulot:
Varikaplar va ularning ishlatilish sohalari.
Varikap – yarimo‘tkazgichli diod bo‘lib, asosan kondensator sifatida
ishlatiladi va uning ishlashi to’siq sig‘imini teskari kuchlanishga bog‘liqligidan
foydalanishga asoslangan. U sig‘imni elektrik boshqariluvchi element sifatida
qo‘llanish uchun mo‘ljallangan. p–n o‘tishning xossalari ko‘rib chiqilganda uning
to‘siq sig‘imi teskari kuchlanish oshishi bilan kamayishi ko‘rsatilgan edi. Shuning
uchun varikap p–n o‘tishdagi teskari kuchlanishda ishlaydi. Varikaplar kremniy va
germaniy asosida tayyorlanadi va ular elektron sxemalarda o‘zgaruvchan sig‘im
sifatida foydalaniladi. Masalan, chastotani avtomatik sozlash, chastotani
modulatsiyalash shular jumlasidandir.
Variable- o’zgaruvchi
Capacitance – sig’im
Varikapni shartli belgisi
Varikaplarda p-n o‘tish sohasida elektr sig‘imi mavjud. Demak p-n o‘tishga
moslashgan har qanday yarim o‘tkazgichli diodni elektr sig‘imini boshqarish
mumkin. Chunki p-n o‘tishdagi elektr sig‘imi berilgan tashqi kuchlanishga
kuchli bog‘langandir. Kuchlanishni o‘zgartirish yo‘li bilan elektr sig‘imini
o‘zgartiruvchi p-n turdagi maxsus tayyorlangan yarim o‘tkazgichlar
''Varikaplar'' nomi bilan yuritiladi. Varikaplarda p-n o‘tishning teskari
kuchlanish ''U
tes
'' berilganda elektr sig‘im (aktiv sig‘im)dan foydalaniladi.
Varikaplar asosan tebranma konturlarni chastotasini elektron qayta sozlashda
qo‘llaniladi. Varikaplarning bir necha turi mavjud. Masalan, parametrik diodlar o‘ta
yuqori chastota signallarini kuchaytirish va generatsiyalashda, ko‘paytiruvchi
diodlar esa keng chastota diapazoniga ega bo‘lgan ko‘paytirgichlarda qo‘llaniladi.
Quyidagi 1-rasmda varikapning chizmasi keltirilgandir.
1-rasm.
– Past chastotalarda ishlaydigan varikaplar ko‘proq ''kremniy'' elementidan
tayyorlanadi.
– Yuqori chastotalarda ishlaydigan varikaplar ko‘proq ''germaniy'' elementidan
tayyorlanadi.
2-rasm. To‘siq sig‘imining teskari kuchlanishga bog‘liqligi
3-rasm. Tebranish konturini boshqarishda varikapdan foydalanish
Varikapning asosiy parametrlaridan biri, uning ishonchliligidir. Past
chastotalarda diodning R
k/k
qarshiligini hisobga olmasak ham bo‘ladi. U holda
varikapning ishonchliligi
=
yerda
- aylanish chastotasi. Yuqori chastotalardan esa p-n o‘tishning
qarshiligini hisobga olmasak ham bo‘ladi. Lekin diodning Rk/k qarshiligini hisobga
olish zarur bo‘lib, bunda ishonchlilik quyidagiga teng bo’ladi:
=
1
bo‘ladi.
(1) va (2) ifodalardan ko‘rinadiki varikapning ishonchliligi past chastotalarga teskari
proporsional ekan.