Microsoft Word 4 -amaliy Turmush tarzi va zararli odatlar chekish va alkogolizm



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#38187
7HYXivW4fW KeW4Tf6ihUGyNKFWYQ9yW



4- MAVZU Turmushning zararli odatlari (chekish va alkogolizm)  

Reja 


1.Turmush tarzi va zararli odatlar  

2.CH ekish va uning inson salomatligiga ta’siri  

3. Alkogolizm ning kelib chiqishi va zarari 

      “Salomatlik  –  bu  faqatgina  kasallik  va  jismoniy  nuqsonlardan  holi  bo‘lish 

emas, balki to‘liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanganlikdir.” 

 “Insonning individual sog‘lig‘i – organizmning patologik siljishlarsiz, muhit bilan 

optimal  bog‘lanishda,  barcha  funksiyalar  bir-biriga  moslashgan  tabiiy  holati.”   

(G.Z.  Demchinkova,  N.  L.  Polonskiy);  “Salomatlik  –  bu  organizmning  atrof 

muhitga  adektiv  va  optimal  xayot  faoliyatini,  shuningdek  to‘la  qonli  mehnat 

faoliyatini  ta’minlab  beruvchi  tizimiy-funksional  xususiyatlarning  o‘zaro 

uyg‘unlashgan  yig‘indisidir”;  “Insonning  individual  salomatligi  –  organizmdagi 

barcha  modda  almashinuv  jarayonlarining  uyg‘unlashgan  birligi  bo‘lib, 

organizmdagi barcha tizim va kichik tizimlarning optimal hayotiy faoliyati uchun 

sharoitlar  yaratadi”(A.  D.  Ado);  “Salomatlik  –  bu  insonning  faol  hayotining 

maksimal davomiyligida biologik, fiziologik, psixolgik funksiyalarining, mehnatga 

layoqati  va  ijtimoiy  faolligini  saqlab  qolish  va  takomillashtirish  jarayoni”(V.  P. 

Kaznacheev).Olimlar fikricha “Salomatlik – inson hayotiy faoliyatining ruhiy, his-

tuyg‘u, psixik, jismoniy sohalarining oddiy holati bo‘lib, bu holat inson shaxsining, 

qobiliyat va layoqatining gullab-yashnashi, atrof-olam bilan uzluksiz bog‘liqligini, 

uning 


uchun 

mas’ulligini 

anglashi 

uchun 


qulay 

shart-sharoitlar 

yaratadi”.Valeologiya  fanida  “individual(inson)  salomatlik(gi)”  va  “aholi 

salomatligi” farqlanadi.Individium salomatligi – bu atrof-muhitga moslashishning 

dinamik  jarayoni  bo‘lib,  olimlar  fikricha,  individium  salomatligiga  uning  tashqi 

muhit,  yashash  sharoiti  va  boshqalarning  turli  hil  ta’siriga  moslashishi, 

chidamliligi va  reaksiyasi sifatida qarash kerak.V.  I.  Dubrovskiy  (1999) fikricha, 

salomatlikni baholash mezonlari quyidagicha: 




  berilgan  bosqichda  jismoniy  ishga  layoqatlilik  va  morfologik 

rivojlanish darajasi; 

  maxsus  ish  qobiliyatini  cheklovchi  surunkali  kasalliklar,  jismoniy 

nuqsonlarning mavjudligi; 

  ijtimoiy 

qulayliklar, 

turmushning 

o‘zgaruvchan 

sharoitiga 

moslashuvchanlik,  atrof-muhitning  noqulay  omillarining  ta’siriga 

chidamlilikni,  organizmning  tashqi  muhitga  ta’siriga  reaksiyasini 

saqlash. 

       Salomatlik darajasini qanday aniqlanadi? 

Aholi salomatligining holati yoki jamiyat salomatligini darajasini baholash uchun 

turli  hil  ko‘rsatkichlardan  foydalaniladi:  demografik  (tug‘ulish,  o‘lish,  o‘rtacha 

yosh), kasallanish, kasallanuvchanlik, nogironlashtirish va b. ko‘rsatkichlar. 

Salomatlik nimalarga bog‘liq? 

Irsiyat – 20% 

Atrof muhit – 20% 

Tibbiy yordam saviyasi – 10% 

Turmush tarzi – 50% 

Hozirgi  vaqtda  salomatlikni  baxolash  uchun  asos  bo‘ladigan  belgilar  quyidagi 

guruhlarga ajratiladi: 

1.  Jismoniy garmonik rivojlanish darajasi; 

2.  Asosiy funksional tizimlar va butun organizmning rezerv imkoniyatlari; 

3.  Organizmning immunitet himoyasi va nospetsifik rezistentlik darajasi; 

4.  Surunkali va tug‘ma kasalliklar, rivojlanish nuqsonlari bor-yo‘qligi; 

5.  Inson  salomatligini  ruhiy  va  ijtimoiy  qulayliklarni  aks  ettiruvchi  shahsiy 

hususiyatlar darajasi. 

Individual salomatlik ko‘satkichlari: 

Genetik – geneotip, dizembriogenezning, irsiy nuqsonlarning yo‘qligi; 

Biokimyoviy – biologik to‘qimalar va suyuqliklar ko‘rsatkichlari; 

Metabolik – tinch holatda va yuklamalardan so‘ng modda almashinuv darajasi. 

Morfologik – jismoniy rivojlanish darajasi, konstitutsiya tipi (morfotip) 




Funksional-organlar va tizimlarning funksional holati: 

-  tinchlik me’yori 

-  reaksiya me’yori 

-  zahira imkoniyatlari, funksional tip. 

Psixologik – his-tuyg‘u, fikrlash, intellektual sohalar: 

-  yarim sharlar dominantligi 

-  oliy nerv faoliyaining tipi 

-  temperament 

-  ustunlik qiluvchi insting tipi 

Ijtimoiy  –  ruhiy  maqsadli  yo‘nalishlarni  aholqiy  qadriyatlar,  yuksak  maqsadlar, 

da’volar darajasi va talablar reamulyasiyasi va h.k. 

Klinik – kasallik belgilarining yo‘qligi. 

Salomatlik darajasi moddiy taminlanganlikka bog‘liqmi? 

Moddiy  ta’minlanganlik  darajasi  turmush  tarziga  sezilarli  ta’sir  ko‘rsatishi 

shubhasiz. 

Kasallikni  ko‘pincha  salomatlikka  qarama-qarshi  holat  sifatida  qaraladi: 

Butunjaxon salomatlik jamiyati lug‘ati bo‘yicha kasallik “meyordagi holatdan har 

qanday  sub’ektiv  va  ob’ektiv  og‘ishdir”.  Kasallik  kelib  chiqish  sabablari 

quyidagilar: 

-  organizmning  (funksional  tizim,  organ  yoki  to‘qimaning)  kam 

harakatchanligi,  bu  o‘z  navbatida  me’yoriy  qo‘zg‘atishga  past  reaksiya 

qiluvchi chiniqmaganlikka olib keladi; 

-  uyg‘unlashgan  boshqaruvning  buzulishi,  hamda  zaharli  moddalarni 

to‘planib qolishiga olib keladi va h.k.; 

-  zaharlanish, radiatsiya natijasida hujayralarning zararlanishi; 

-  tashqi  muhitning  o‘zgarishi,  teri,  muskullar,  ichki  organlarning 

hujayralarning funksiyalarini buzulishiga olib keladi; 

-  ruhiyatning buzilishi, asab omili (stress) ta’siri natijasida paydo bo‘ladi. 

Har bir kasallik quyidagi davrlar bo‘yicha rivojlanadi: 

-  latent yoki yashirin davr; 




-  kasallik birinchi alomatlari(prodromal) davri; 

-  kasallik avj olgan davr; 

-  kasallikni tugallanish, tuzalish davri; 

 

 



Kasallanish paytida organizmda har hil  o‘zgarishlar yuz berishi  mumkin.  Avvalo 

assimilyasiya jarayonlari – turli moddalarning organizm tomonidan o‘zlashtirilishi 

va ularning to‘qimalar uchun zarur bo‘lgan birikmalarga aylanishi. Dissimilyasiya 

–  bu  tirik  materiyaning  parchalanish  jarayonidir  (murakkab  birikmalarning 

parchalanishi,  energiyaga  boy  birikmalardan  energiya  ajralishi).Distrofiya, 

atrofiya,  shamollash,  qon  aylanishining  buzulishi  va  b.  potologiya  turlari 

hisoblanadi. 

Distrofiya  –  to‘qima  (hujayra)  almashinuvining  buzulishi  bo‘lib,  to‘qimalarda 

(hujayralarning)  oqsillar,  yog‘lar,  uglevodlar,  mineral  moddalar  yoki  tuzlar 

almashinuvidan  kelib  chiqib,  umumiy  yoki  qisman,  tug‘ma  yoki  keyin  paydo 

bo‘lgan tizmiy o‘zgarishlar bilan kuzatiladi. 

Atrofiya  –  organlar  va  to‘qimalar  funksiyalarining  pasayishi  va  hajmining 

kichrayishi. 

Gipertrofiya  –  hujayralar  soni  yoki  xajmining  ortishi  natijasida  organning 

kattalashuvi.Salomatlik va kasallik orasidagi holat “uchinchi holat” deb ataladi. 

Immunitet  (lotincha  immunitas  –  bir  narsadan  ozod  bo‘lish)  –  organizmning 

genetik  begona  ma’lumotlarini  tashuvchi  modda  yoki  mavjudodlardan 

Касал 


организм-

нинг 


ҳолатлари

Бош оғриғи, 

бош 

айланиши


Камқувватли-

лик, 


ҳолсизлик

Иштаҳа-


нинг 

пасайиши,

йўқолиши

Кайфиятнинг 

пастлиги, 

серзарда-

лилик



himoyalanishi.Irsiyat  va  salomatlik.  Bolaning  rivojlanishi  homilador  bo‘liishdan, 

jinsi va biologik fondi aniqlanishidan boshlanadiyu biroq bola organizmida mavjud 

bo‘lgan genetik  irsiy belgilar aniq ijtimoiy muhitda amalga oshiriladi. 

          Mashhur  sayyoh  Xrestofor  Kolumb  15  asrda  Amerikaga  Guanan  oroliga 

kelganda,  orolda  yashovchilar  Kolumbga  va  uning  dengiz  sayohatchilariga 

sovg‘alar  qatorida  quritilgan  o‘simlik  barglarini  ham  taqdim  qiladilar.  Ular  bu 

o‘simlikni  «Petum»  deb  atashar  edilar.  Erli  halqni  bu  o‘simlikni  tutatib  chekish, 

chaynashini, shuningdek yutishlarini ko‘radilar. 

         Tamaki  bargining  naycha  qilib  o‘ralganini  ular  «tabako»  va  «sigaro»  deb 

nomlar  edilar.  Quritilgan  tamaki  naycha  qilib  o‘rab  chekilganda,  dastlab  uni 

shifobaxsh  modda,  tutini  turli  kasalliklarni  daf  etadi,  kishini  tetiklashtiradi 

tinchlantiradi deb o‘ylagan edilar. 

   Kolumbning  dengiz  sayohatchilari  1493  yilning  25  martida  "Ispaniyaga 

qaytganda  tamakidan  olib  keladilar  shuning  natijasida  chekish  odati  asta-sekin 

Ovropo  mamlakatlariga  tarqala  boshladi.  Keyinchalik  Amerikada  bo‘lgan  chet 

elliklarni  Angliyaga  qaytishi  bilan  tamaki  o‘simligi  urug‘ini  ekish  va  uni 

ko‘paytirish oqibatida tamaki ko‘p mamlakatlarga tarqaladi. 

XV  asrining  o‘rtalarida  tamaki  Fransiyaga  tarqaladi.  Bunga  Fransiyaning 

Partugaliyadagi  elchisiga  1560  yilda  sababchi  bo‘lgan  Jak  Niko  Fransiya  shoxi 

Ekaterina Msdiga va uning o‘g‘illaridan bittasiga bosh og‘rig‘ini qoldirish uchun 

tamaki  pilyulasini  tavsiya  etgan.  Tamakidagi  nikotin  moddasi  Niko  nomi  bilan 

atalgan. Fransiyada tamakini hidlash keng ravishda avj olib ketadi. 

 XV asrning oxirida tamaki chekish Ispaniya, Angliya, Gollandiya, Portugaliya va 

boshqa  Ovropo  mamlakatlariga  tarqaladi.  Rossiyaga  tamaki  1585  yilda  Ivan 

Grozniy davrida savdagorlar tomonidan keltirilgan. 

CHekuvchilarda  asta-sekin  nikotin  sindromi  shakllanib  boradi,  boshqacha 

aytganda organizmda nikotinni qabul qilishga bog‘lanib qolish vujudga keladi. Bu 

uchta stadiyada rivojlanadi: 

1.Birinchi  stadiya  –  bu  psixik  moslashish  bunda  odam  chekkisi  kelaveradi  va 

borgan sari ko‘proq papiros chekadi. Bu stadiya 1-5 yil davom etadi. 




2.  Ikkinchi  stadiya  –  somatik  belgilar  namoyon  bo‘la  boshlaydi,  chekuvchida 

bronxit  kasalini  hosil  bo‘lishi,  oshqozon,  yurakda  va  boshqa  a’zolarda  og‘riq 

noqulay  holatlar  ro‘y  beradi.  Nerv  sistemasida  o‘zgarshi  sodir  bo‘ladi. 

CHekuvchida ta’sirchanlik, bosh og‘rish holatlar sodir bo‘ladi. Bu stadiya 5-15 yil 

davom etadi. 

3.  Uchinchi  stadiya  –  chekish  avtomatik  bo‘lib  qoladi.  Doimiy  bosh  og‘rig‘i, 

xotirani susaytiradi, juda ta’sirchan bo‘lib qolishi, doimiy yo‘tal paydo bo‘ladi. 

Nikotinning  0,1  grami  odamni  o‘ldiradi.  Bu  doza  20  dona  papirosda  saqlanadi. 

Agarda  chekuvchi  har  kuni  20  dona  papiros  cheksa  30  yil  mobaynida  200  ming 

dona  papiros  chekadi,  bu  160  kg  tamaki  degani.  Bunday  miqordagi  papiros 

tarkibida 800 g nikotin bo‘ladi. 

        Hozirgi kunda ancha ommaviylashgan zararli odatlar – sigaretalar, nos, chilim 

kabi  tamaki  mahsulotlari;  pivo,  vino,  shampan  vinosi,  aroq,  konyak  kabi  spirtli 

ichimliklar hamda ko‘knor, mariuxana kabi giyohvand moddalardan iborat.  

  Bugun mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yosh avlod salomatligini mustahkamlash, 

ular  o‘rtasida  sog‘lom  turmush  tarzini  qaror  toptirishga  alohida  e’tibor 

qaratilmoqda. Zero sog‘lom avlod – sog‘lom millat, sog‘lom kelajak deganidir. 

    O‘zbekistonda ham tamaki chekish, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishning zararli 

oqibatlari haqida keng miqyosda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilayotir. Zotan 

Prezidentimiz  rahnomoligida  olib  borilayotgan  siyosatning  asosiy  maqsadi 

sog‘lom,  mamlakatimiz  kelajagini,  taqdirini  o‘z  qo‘liga  dadil  oladigan,  mustaqil, 

ilm-fan  yutuqlaridan  bemalol  foydalanadigan,  buyuk  ajdodlarimizga  munosib, 

hech  kimdan  kam  bo‘lmagan  yuksak  intellektual  salohiyatga  ega  yoshlarni, 

barkamol avlodni shakllantirishdir.  

      Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkilotining  rasmiy  ma’lumotlariga  ko‘ra,  hozirgi 

vaqtda er sharining 1,3 milliard aholisi kashandalikka duchor bo‘lgan. Muntazam 

ravishda  tamaki  mahsulotlarini  iste’mol  qilish,  ya’ni  unga  ruju  qo‘yish,  oddiy 

aytganda,  kashandalik,  insonning  jismonan  va  ruhiy  fiziologik  (psixofiziologik) 

jihatdan unga o‘rganib qolayotgani giyohvandlikning eng og‘ir shakl-laridan biri, 

deb rasman tan olingan. 




Jahonda katta yoshlilar o‘limining 12 foizi kashandalik — tamaki mahsulotlarining 

og‘ir  oqibatlari  tufayli  ro‘y  bermoqda  va  buning  natijasida  har  yili  5,4  million 

odam olamdan ko‘z yummoqda. Kishini larzaga soladigan yana bir fakt shuki, har 

6,5 daqiqada 1 nafar inson tamaki chekish bilan bog‘liq bo‘lgan kasallik tufayli bu 

dunyoni  tark  etmoqda.  Agar  shu  holat  davom  etadigan  bo‘lsa,  2030  yilga  kelib, 

faqat  tamaki  sababli  har  yili  8,3  million  nafar  insonning  olamdan  ko‘z  yumishi 

mumkinligi  (bu  ko‘rsatkich,  umuman  o‘lim  ko‘rsatkichlarining  10  foizini  tashkil 

qiladi) bashorat qilinmoqda. 

Tamaki  tutuni  tarkibida  7  mingdan  ortiq  komponetlar  bo‘lib,  ulardan  aksariyati 

farmakologik jihatdan juda faol, zaharli, mutagen va kanserogen moddalar ekanligi 

aniqlangan. 

Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkilotining  ma’lumotlariga  ko‘ra,  o‘pka  saratoni 

kasalligi  ko‘rsatkichlari  dunyoda  o‘sib  borish  tendensiyasiga  ega  bo‘lib,  ushbu 

kasallikka  chalinganlarning  98,96  foizi  tamaki  mahsulotlarini  iste’mol 

qiluvchilardir. 

 Eng tashvishlisi shundaki, chekmaydigan odamlar chekadiganlar atrofida “passiv 

chekuvchilar”ga  aylanadi,  ular  orasida  bolalar  va  ayollar  kam  emas.  Tamaki 

tutunidagi  zaharli  moddalarning  aynan  “passiv  chekuvchilar”  organizmiga  salbiy 

ta’siri kuchliroq ekanligi zamonaviy tibbiyotda allaqachon isbotlangan. 

SHu  nuqtai  nazardan,  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasida  qabul  qilinib,  Senat 

tomonidan  ma’qullangan,  2011  yil  5  oktyabr  kuni  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti tomonidan imzolangan hamda joriy yilning 6 aprel kuni kuchga kirgan 

«Alkogol  va  tamaki  mahsulotlarining  tarqatilishi  hamda  iste’mol  qilinishini 

cheklash to‘g‘risida»gi Qonun beqiyos ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molikdir. 

Ushbu Qonun fuqarolarni, ayniqsa, yigirma yoshga to‘lmagan yoshlarni alkogol va 

tamaki  mahsulotlarining  salbiy  ta’siridan  himoya  qilishga  qaratilganganligi  bilan 

ahamiyatlidir. 

Kezi kelganda ta’kidlash joizki, alkogol va tamaki mahsulotlari inson organizmiga, 

uning  nasl-nasabiga  o‘ta  salbiy  ta’sir  etishi  barobarida  ularni  iste’mol  qilish 

mehnat  unumdorligi  o‘sishi,  mehnat  intizomining  mustahkamlanishi,  aholining 




madaniy  saviyasi  oshishi  kabilarga  jiddiy  ravishda  to‘sqinlik  qiladi.  Oila 

daromadini kamaytirib, uning byudjetiga putur etkazadi, oilada farzandlar tarbiyasi 

uchun  muhim  bo‘lgan  tegishli  ma’naviy  muhitni  shakllantirishga  keskin  zarba 

beradi.  SHuningdek,  bu  muammo  hozirgi  zamon  real  ekologik  va  ijtimoiy 

sharoitlarida  alohida  e’tiborni  talab  qiladigan  o‘ta  salbiy  omil  hisoblanadi. 

Faqatgina,  davlat  darajasida  qat’iy,  qonuniy  profilaktik  choralar  ko‘rish  orqali, 

ushbu zararli odatlarning oldini olish mumkin. 

Biroq  hozirgi  globallashuv  davrida  dunyo  aholisi  orasida  ichkilikbozlik, 

kashandalik  va  giyohvandlik  kabi  millat  genofondiga,  inson  salomatligiga,  nasl-

nasabga  o‘ta  salbiy  ta’sir  etuvchi  illatlar  –  zararli  odatlar  tobora  ildiz  otib 

borayotgani achinarlidir.  

        Ularning barchasi kishining miya hujayralariga ta’sir etib, uni organizmning 

ichki  a’zolari  va  tizimlari  hamda  insonlarni  bir  –  birlari  bilan  bo‘ladigan 

munosabatlaridagi nazorat omillarini susaytirish yoki umuman izdan chiqarishdan 

iborat.  Eng  muhimi  bu  mahsulotlarning  barchasi  kishini  o‘ziga  bog‘lab  olish 

xususiyatiga  ega  bo‘lganligidan  tamaki  mahsulotlari  –  ashaddiy  kashandalikka, 

spirtli  ichimliklar  –  alkogolizmga;  giyohvand  moddalar  –  giyohvandlikka  olib 

keladi. Bularning barchasi inson qutilishi nihoyatda qiyin bo‘lgan odat tusiga kirib, 

u hayotimizning qisqarishiga, sog‘lom turmush tarzida yashashga, mehnat qilishga, 

dam olishga juda kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi.  

Inson tabiati yangilikka tashna. U xoh foydali, xoh zararli yangilik bo‘lsin, uni o‘z 

hayotida,  albatta,  qo‘llab  ko‘rgisi  keladi.  Globallashuv  shiddati  ong-qalbimiz  va 

hayotimizda  shunday  o‘zgarishlar  sodir  etmoqdaki,  undagi  foydali  jihatlardan 

ko‘ra, zararlilari tez orada o‘z aks ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bugun har bir yoshu qari 

chekish – bu zararli odat ekanligi, salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishini biladi. 

     Zamonaviy  tibbiy  tadqiqotlar  tufayli  olimlar  nikotinni  kam  dozada  iste’mol 

qilish holatida ham quyidagi nuqsonlarni keltirib chiqarishini isbotlashdi: 

O‘pka va boshqa organlar saratoni paydo bo‘lishi xavfini oshiradi; 

Ham erkaklar va ham ayollarda reproduktiv funksiyalarni buzadi; 

Umumiy salomatlikni yomonlashtiradi; 




Immunitetni zaiflashtiradi; 

Qon tomirlarini toraytirishi oqibatida, yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini keltirib 

chiqaradi. 

Eng dahshatlisi, chekish – bu maqsadli ravishda orttirilgan odat hisoblanadi. Inson 

organizmi chekish uchun yaratilmagan. Birinchi marta tamaki chekishda organizm 

yo‘tal  ko‘rinishida  unga  qarshilik  ko‘rsatmoqchi  bo‘ladi.  Ammo,  biz  baribir,  bu 

zararli narkotikni ichimizga tortishga harakat qilaveramiz. 

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kashandalik oqibatida har yili 5,4 million, har 

6 soniyada 1 kishi hayotdan ko‘z yumadi. Mutaxassislarning fikricha, zudlik bilan 

zarur choralar ko‘rilmasa, 2030 yilga borib kashandalik har yili 8 million kishining 

hayotdan  bevaqt  ko‘z  yumishiga  sabab  bo‘ladi.  Dunyoda  chekuvchilar  soni 

bo‘yicha  birinchi  o‘rinda  Xitoy,  keyin  Hindiston  va  Indoneziya  turadi.  CHekish 

oqibatida  kelib  chiqadigan  yillik  iqtisodiy  zarar  200  milliard  AQSH  dollaridan 

oshib ketmoqda. 

         31 may – Butun jaxonda chekishga qarshi kurash kuni Insonning zamonaviy 

hayot  tarzida  chekish  ko‘pgina  surunkali  kasalliklarni  keltirib  chiqaruvchi,  ish 

qobiliyatini pasaytiruvchi, nogironlikni va o‘limning ko‘payishiga sabab bo‘luvchi 

xavfli omillarning asosiylaridan biri bo‘lib qolmoqda. 

Kimlar chekuvchi hisoblanadilar? 

Bir  kun  davomida   bir  donadan  sigareta  chekayotgan  shaxslar  chekuvchi 

hisoblanadilar. 

Tamaki va uning tutuni tarkibida odam organizmiga zararli ta’sir etuvchi 400 dan 

ortiq  har  xil  birikmalar  bo‘lib,  ulardan  eng  zaharlisi  nikotin,  is  gazi  va  shularga 

o‘xshash ko‘pgina zararli moddalardir. 

Nikotin  –  eng  kuchli  zaharlardan  biri.  O‘pka  to‘qimasiga   kirgan  nikotin  7 

sekunddan keyin bosh miyaga etib boradi. 

Inson uchun nikotinning o‘lim dozasi 50-100 mg yoki 2-3 tomchi. Aynan shunday 

doza har kuni  qonga 20-25 ta sigaret chekkandan keyin tushadi. 

Bir kunda 1 quti sigaret chekish – bu 1 yilda 500 rentgen nurlanishni olgan bilan 

barobar. 




Tamaki yurak – qon tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish, asab, ichki sekretsiya, 

jinsiy bezlar kabi a’zolariga zaharli ta’sir qilib miokard infarkti, xafaqon kasalligi, 

bronxlarning  surunkali  yallig‘lanishi,  yara  va  saraton  singari  ko‘pgina  xavfli 

kasalliklarga sabab bo‘ladi. 

Tamaki naslga ham salbiy ta’sir qilib, farzandsizlikka, tug‘iladigan bolalarni zaif, 

nogiron, jismoniy nuqsonlar bilan tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. 

Tamaki  tarkibidagi  zaharli  birikmalar  ta’sirida  organizmda  modda  almashinuvi 

buzilib, A, V1, V6, V12, S kabi vitaminlar etishmovchiligi yuzaga keladi. 

  

“Passiv chekuvchi” kim? 



5  ta  sigareta  chekilgan  yopiq  xonada  8  soat  davomida  bo‘lgan   shaxslar  passiv 

chekuvchi hisoblanadi. Passiv chekuvchilar, faol chekuvchilar kabi zararlanadilar. 

Ota-onasi  chekuvchi  bolalar   zararlanishi  faol  chekuvchilarning  zararlanishiga 

nisbatan yuqoridir. 

Kashandalikka  berilish  oqibatida  inson  salomatligini,  nasllar  davomiyligini  xavf 

ostida qoldiradi. Sog‘lom turmush tarziga rioya etayotgan insonlar kashandalarga 

nisbatan  15  yil  uzoq  umr  ko‘rishi  tajribada  isbotlangan  bo‘lsa-da,  sigareta 

yaratilganidan  buyon  o‘tgan  muddatda  uning  iste’molchilari  soni  ko‘paysa 

ko‘paydiki, aslo kamaygani yo‘q. 

Tamaki  tutunining  tarkibida  zaharli  va  zararli  modda  bo‘lib,  hammasi  inson 

salomatligini  emirishi  tajribalarda  isbotlangan.  U  qon  tarkibi  aylanishini  buzib, 

tomirlarni  qotiradi.  CHekish  oqibatida  astma,  o‘pka  saratoni,  yurak-qon  tomiri, 

gipertoniya,  og‘iz  bo‘shlig‘i  kasalliklari  kelib  chiqadi.  Afsuski,  mamlakatimizda 

ham  “zamonaviy”  chekuvchilar  soni  ortib  bormoqda.  Achinarlisi,  kashandalar 

orasida o‘smirlar va ayollar ham uchraydi. CHilim chekish yurak qisqarishi ritmini 

tezlashtirishi  sababli,  yurak  xastaligiga  chalingan  insonlar  uchun  juda  xavfli. 

CHilim va sigaretalarni guruh bo‘lib chekish oqibatida gepatit, stafilakok, sil, gripp 

va  boshqa  shu  kabi  infeksiyalarni  yuqish  xavfi  ko‘p  marta  oshadi,  shuningdek, 

chilim chekish inson asab tizimiga ham salbiy ta’sir qiladi. 



CHekish jarayonida organizmga is gazidan tashqari katta miqdorda xrom, nikotin, 

qo‘rg‘oshin, karboksigemoglobin va boshqa zararli birikmalarining tushishi yurak 

qon-tomir, o‘pka etishmovchiligi, ovqat hazm qilish tizimlarini buzilishiga, jinsiy 

va reproduktiv qobiliyatni susaytirib onkologik kasalliklarning rivojlanishiga olib 

keladi. 

Jamiyatning 

sog‘liqni 

saqlash 


sohasidagi 

asosiy 


vazifalaridan 

biri, 


chekmaydiganlarning  huquqini  himoya  qilish,  ya’ni  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  joy, 

ob’ekt  va  transport  vositalarida  chekishni  taqiqlash,  ayniqsa,  yoshlar  orasida 

sog‘lom  turmush  tarzini  targ‘ib  qilishdan  iboratdir.  Biroq  yoshlar,  ayollar  va 

o‘smirlarning  milliy  qadriyat,  an’ana  va  odob  qoidalariga  zid  bo‘lgan  bunday 

zararli illat domiga ilinayotgani masalaning naqadar dolzarb ekanini ko‘rsatadi. 

Kashandalikning psixologik jihatlari ham borki, undan voz kechish inson irodasi, 

psixologiyasi bilan bog‘liq holat. 

Kashandalik,  asosan,  zerikish,  band  bo‘lmaslik,  o‘z  hayotidan  norozilikdan  kelib 

chiqadi.  Avval  qiziqishdan  boshlangan  bu  holat  yillar  o‘tib  chuqurlasha  boradi. 

CHekuvchi  real  emas,  noreal  hayotni  ma’qul  ko‘ra  boshlaydi.  Noreal  hayot  — 

kashandalik,  giyohvandlik  va  ichkilikbozlik  ko‘rinishlarida  namoyon  bo‘ladi. 

Kashandaning  irodasi  zaiflasha  boradi.  Iroda  markazining  to‘silishi  esa 

muammolarni  hal  qilolmaslikka,  qaramlikka  olib  keladi.  SHu  bois,  yoshlarda, 

avvalo,  irodali  bo‘lishni  tarbiyalash,  ularning  bo‘sh  vaqtini  to‘g‘ri  taqsimlash, 

o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish lozim. SHunda biz irodasi mustahkam, iymoni 

butun,  keng  dunyoqarashli,  hech  qanday  ta’sirlarga  qaram  bo‘lmagan  avlodni 

tarbiyalashga erishamiz. SHuningdek, yoshlarda kattalarga taqlid qilish, ular hatti-

xarakatini  takrorlashga  intilish  kuchli  bo‘ladi.  Ota-onasining  odatlari,  vaqt  o‘tib 

farzandida  takrorlanadi.  Bu  jarayonda  kattalar  ibrati  ham  muhim  ahamiyat  kasb 

etadi.  “Jamoat  joylarida  chilim  va  elektron  sigaretalarni  chekishni  cheklash 

to‘g‘risida”gi  qonun  loyihasining  qabul  qilinishi  orqali  bu  holatga  chek  qo‘yish, 

albatta, o‘z natijasini beradi. 




Hozirgi  vaqtda  tamaki  mahsulotlarini  iste’mol  qilish  va  tarqatishni  cheklash 

“Tamaki  va  alkogol  mahsulotlarni  iste’mol  qilish  va  tarqatishni  cheklash 

to‘g‘risida”gi qonun va boshqa alohida normativ hujjatlar bilan tartibga solingan. 

Mazkur  qonunda  tamaki  mahsulotlarini  balog‘at  yoshiga  etmagan  shaxslarga 

sotishni  taqiqlash,  tamaki  va  alkogol  mahsulotlarining  inson  salomatligiga  salbiy 

ta’siri  to‘g‘risidagi  ogohlantiruvchi  yozuvning  bo‘lishi,  bunday  mahsulotlarda 

inson  sog‘lig‘i  va  hayotiga  zararlilik  darajasiga  ruxsat  beruvchi  normaning 

kiritilishi, tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishni reklama va targ‘ibot qilishga yo‘l 

qo‘ymaslik,  jamoat  joylarida  tamaki  mahsulotlarini  iste’mol  qilishni  taqiqlash 

to‘g‘risidagi  talablar  mavjud.  SHuningdek,  Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi 

Kodeks tamaki  mahsulotlarini  jamoat  va transportning  ruxsat  etilmagan  joylarida 

iste’mol qilishni man etadi. 

“Reklama  to‘g‘risida”gi  qonun  tamaki  va  tamaki  mahsulotlarini  reklama  qilishni 

taqiqlaydi.  Kelajagimiz  uchun  daxldor  qonun  loyihasi  aholi  salomatligi, 

farzandlarimiz tarbiyasi va millat genofondi uchun muhim masalalarni hal etishda 

dolzarb ahamiyatga ega. 

  

CHekishni tashlash yo‘llari 



Har ikki kunda bir donadan  kamaytirib turing 

O‘zingizga biror bir sport turini odat qilib oling 

Psixolog seanslariga qatnashing 

CHekish xumori tutib qolsa, sof tabiat qo‘ynida sayr qiling 

Uxlash maromiga rioya qiling 

Sigaretaga “najotkor”, “do‘st” emas balki eng ashaddiy dushman deb qarang. 

O‘zingizga chekishni tashlayman deb va’da bering va uning ustidan chiqing. 

Mutaxassislar  fikricha,  sog‘lom  turmush  tarzini  yaratishda,  avvalo,  tamaki 

mahsulotlari  iste’moliga  chek  qo‘yish  zarur.  Bu  illatning  ildizini  tezroq  qirqish 

uchun ko‘ngilochar joylarda chilim chekish bilan bog‘liq xizmatlar turlarini ko‘rib 

chiqish, ularni qonun bilan taqiqlash kundan kun dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 

Zero,  bugun  chekishning  zamonaviy  turlarini  hayotida  qo‘llab  ko‘rishni 




xohlayotgan 

yoshlarni 

xorijiy 

tillarni 

puxta 

o‘rganish, 



zamonaviy 

texnologiyalardan foydalanish, ilm-fanda yangilik kiritish va yangicha yashashning 

zamonaviy shakllarini o‘zlashtirishga yo‘naltirish katta avlod vakillarining muhim 

vazifasidir 

Alkogolizmni kelib chiqishi va tarqalish tarixi. 

         Qadim zamonlardan odamlar ba’zi mast qiluvchi moddalarni tayerlab, ularni 

turli  marosimlarda  iste’mol  qilishgan.  Qadimda  Gretsiya,  Italiyada  spirtli 

ichimliklarni turli ma’rosimlar tantanali urf-odatlarda iste’mol qilganlar. Alkogolni 

birinchi  marta  arab  alximik  olim  kashf  etgan.  U  tasodifan  kashf  qilgan  mast 

qiluvchi  suyuqlikni,  alkexal  ya’ni  nozik  eruvchi  «engil»  «uchuvchi»  deb 

nomlagan. Qariya alximik alkogoldan ozgina tatib ko‘rganda xursand bo‘lgan, kayf 

qilgan.  SHu  davrdan  boshlab  alkogolni  iste’mol  qilish  keng  tus  ola  boshlagan. 

1971  yilda  dunyo  bo‘yicha  8,5  mlrd.  litr spirt  ishlab  chiqarilgan,  B.M.Levinning 

(1972) ma’lumoticha planetaning har bir kishisiga bir yiliga 1 l spirt, 6 l vino, 10 l 

pivo to‘g‘ri kelar ekan.1910 yilda Rossiyaning har bir kishisiga 3,6, 1914 yidda 4,6 

litr  aroq  to‘g‘ri  kelgan.1914  yilda  birinchi  jahon  urushi  boshlanishi  bilan  chor 

hukumati spirtli ichimliklarni sotishni man etadi. 

Butun  dunyo  sog‘liqni  saqlash  tashkilotining  ma’lumotlariga  ko‘ra  1930  -  1965 

yillar orasida spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish 50 martaga ortgan. Italiyada jigar 

serrozi  xastaligidan  har  100  ming  aholi  jon  boshidan  39,3  erkak,  14,9  ta  ayolda 

o‘limi kuzatilgan. O‘zbekiston Respublikasini bozor iqtisodiga o‘tishi munosabati 

bilan  xususiy  do‘konlarda  turli  ba’zan  nazoratdan  o‘tmagan  spirtli  ichimliklar 

sotishmoqda. Bu ba’zi odamlarni zaharlanishiga sabab bo‘lmoqda. 

Afsonalardan  ma’lum  bo‘lishicha  vinoni  birinchi  bo‘lib  XI  asrda  arab  vrachi 

Albukazes achigan uzum shirasini haydash yo‘li bilan olgan ekan. Alkogol so‘zi – 

nozik «engil»,  «oliy janob» degan ma’noni bildiradi. 

Vino  spirtning  ximiyaviy  nomi  etil  spirti,  ya’ni  etanol.  Etanol,  dipolisaxaridlarni 

achitqi zamburg‘lari ta’sirida parchalanadi. Uning ximiyaviy formulasi S

2

N

5



ON. 


Etanol — etil spirti rangsiz, engil harakatchan, suyuqlik bo‘lib, o‘ziga xos hidi va 

achchiq  ta’mi  bor.  U  suv  va  yog‘larda  yaxshi  aralashadi.  78  gradusda  qaynaydi 

ya’ni oson bug‘lanadi. 

Etanolning xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

-    Etanol universal erituvchi: o‘zi ham suvli muhitda va organizmdagi yog‘larda 

yaxshi eriydi: 

-    Nerv   xujayralariga   o‘ziga   xos   ta’sir   ko‘rsatadi   va   shunga   ko‘ra 

odamning ruhiy holatini o‘zgartiradi. 

-    Organizmning   barcha   funksional   sistemalariga   zaharli   (toksik) ta’sir 

ko‘rsatadi. 

Etanol  shilliq  qavatlar,  terini  ta’sirlaydi,  u  tez  so‘rilib  qonga  o‘tadi.  Og‘iz 

bo‘shlig‘ini biroz qizartiradi va so‘lakni ko‘p ajratadi. 

Qabul qilingan alkogol oshqozon ingichka ichakning boshlang‘ich qismida so‘rilib 

qon orqali butun organizmiga tarqaladi. 

Agarda  bolalik  ona  50  g  spirtli  ichimlik  ichsa  bola  uchun  juda  xavfli,  chunki 

alkogolning  25  foizi  ona  sutinig  tarkibida  bo‘ladi.  Bolani  nogiron  qilib  qo‘yish 

uchun shuning o‘zi etarli. 

Spirtli  ichimliklarni  ko‘p  iste’mol  qilish,modda  almashinuvini  buzadi:  oqsil, 

uglevod,  yog‘,  vitaminlar almashinuvi  buziladi.  Alkogolizmpsixik kasalliklarning 

kelib  chiqishiga  sabab  bo‘ladi.  Ota  -  onasi  ichadigan  oiladagi  bolalar  yomon 

o‘qiydi,  psixik  stres  holatlar  tufayli  bola  kechasi  siyib  qo‘yadigan,  nevroz,  yoki 

tutilib gapiradigan bo‘lib qoladi. Xronik alkogolizm eng ko‘p 20-22 yoshda (31, 4 

foiz), va 23 - 26 yoshda (40, 4 foiz) yoshda uchraydi. Spirtli ichimliklarni birinchi 

marta  ichish,  bunga  bog‘lanib  qolish  13-14  yoshdan,  ba’zi  hollarda  7-8  yoshdan 

boshlanadi. 

Spirtli ichimliklar ichadigan ayollardan keyinchalik o‘lik, chala, jismoniy va psixik 

kamchiliklari bor bola tug‘iladi. 

Ba’zan  aqli  zaif,  turli  kamchiliklarga  ega,  ortiqcha  barmoqlari  bor,  yurag 

nuqsonlari  bor  bolalar  ham  tug‘ilishi  mumkin.  SHuningdek,  psixoz,  nevroz, 



tutqanoq;  kasalliklari  ham  alkogolizm  bilan  bog‘liq.  Spirtli  ichimliklarni  ko‘p 

ichish tufayli nafas kasalliklari, ko‘pincha sil kasalligi kelib chiqadi. 

Qon bosimi, yurak ishmiyasi, miokard infarkt kasalliklarining 62 foizi alkogolizm 

tufayli kelib chiqadi. Alkogolni uzoq tizimli ichish tufayli jigar kasallanadi, jigar 

serrozi  kelib  chiqadi.  Bu  kasalliklarning  60  foizi  o‘lim  bilan  tugaydi. 

Alkogoliklarda  ko‘pincha  qizilo‘ngach  raki,  yoki  og‘iz  bo‘shlig‘i  raki  vujudga 

keladi. 

Alkogoliklarning 90 foizi oshqozon gastirit kasalliklarga uchraydi. Alkogolni ko‘p 

ichish turli xuquqbuzarlikka sabab bo‘ladi. 

Alkogoliklarning o‘rtacha umri ichmaydigan kishilarga qaraganda 10-15 yil kam. 

Butun  dunyo  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  (VOZ)  ma’lumotiga  muvofiq 

ichkilikbozlikdan  har  yili  1,5  million  odam  o‘ladi.  Alkogoliklar  o‘z  kasbini 

yo‘qotadi,  boshqa  ish  qidiradi.  Ichkilikbozlik  bilan  oilani  barbod  qiluvchi  asosiy 

omil hisoblanadi. 

Alkogoldan zaharlanishning uchta darajasi bo‘ladi. 

Birinchi  darajada  qo‘zg‘olish  hosil  bo‘ladi,  eyforiya,  tetiklik,  qo‘rqish,  harakat 

aktivligini tormozlanishi vujudga keladi. Biroz qizarish kam hollarda teri qatlamini 

oqarishi,  pulsni  tezlashishi,  ishtahani  yaxshilanishi,  jinsiy  qobiliyatning  ortishi 

kuzatiladi,  Odam  tetik  saxiy,  ko‘p  narsalarni  va’da  qiladigan,  ko‘p  gapiradigan, 

distansiya va taktil sezgirligini yo‘qotadi. 

Ikkinchi  darajada  mastlik  markaziy  nerv  tizimining  oliy  bo‘limlarining 

tormozlanishi bilan harakterlanadi. 

Bunda  umumiy  zaiflik,  fikrlash  tempini  pasayishi  yurishni  sekinlashuvi,  nutqni 

buzulishi kuzatiladi. Muvozanati buziladi. O‘z xulqini nazorat qilish buziladi. 

Uchinchi darajadagi mastlik bu ongni chuqur buzilishi hisoblanib, odam hushidan 

ketadi.  Komada  avval  teri  qizaradi,  so‘ng  ko‘karib  ketadi.  Qorachiq  keskin 

torayadi,  tana  harorati  pasayadi,  nafas  olish  sekinlashadi.  Puls  tez-tez,  bo‘sh  ura 

boshlaydi. 

Muskul tonusi pasayadi, bazan tutqanoq tutadi, siydik ajralish ixtiyorsiz bo‘ladi. 



Bu  stadiyada  ko‘pchilik  ichki  a’zolar  va  qon  aylanish  buziladi.  Kam  qonlik 

rivojlanadi, modda almashinuv buziladi. 

Og‘ir mastlikdan so‘ng odam hechnarsani eslamaydi, ta’sirchan bo‘lib, qoladi, kam 

xarakat qiladi. Uyqu buziladi, bunda alkogol 8-20 sutkagacha organizmda saqlanib 

qoladi. 

Alkogolizmga qarshi kurash. 

Bizning  eramizdan  avval  1220  yilda  Xitoy  imperatori  Vu  Veng  mast  odam 

otilishga hukm etilishi haqida qonun qabul qilgan. 

Birlashgan  Arab  davlatida,  Emiratlarda  alkogolik  ichkiliklarni  ichish  butunlay 

taqiqlangan.  Spirtli  ichimlik  ichgan  musulmon  40  darra  urilgan.  Musulmon 

bo‘lmaganlarga 750 funsterling jarima solingan. 

Pyotr  1  mast  odamlarni  tayoq  bilan  urdirgan  chuqurga  tushirgan.  Ichkilikbozlik 

bilan qamalgan odamning bo‘yniga (6 kg 800g) medal osib qo‘ilgan. Bu medalga 

«pianistaligi uchun» deb yozib qo‘yilgan. 

1985  yilda  O‘zbekisgon  Respublikasining  Prezidiumi  «Ichkilikbozlik  va 

alkogolizmga  qarshi  kurashish  va  spirtli  ichimliklarni  uyda  tayyorlashni  oldini 

olish  haqida»  farmon  qabul  qilgandi.  Bu  farmonda  jamoat  joylarda  spirtli 

ichimliklarni ichish man etilgan. 

Voyaga etmagan bolalarni ichkilikka o‘rgatgan odamga yirik miqdorda jarima yoki 

5 yil ozodlikdan mahrum etish ko‘zda tutilgan. 

Ichkilikbozlik 

 «Mastlik oltita baxtsizlik: muhtojlik, janjal, kasallik, obro‘sizlik, sharmandalik va 

aqlsizlik keltiradi»- deyilgan yapon maqollarida.  

Ichkilik odamni og‘ir kasalliklarga olib keladi, obro‘-e’tiborini yo‘qotadi.   

Spirtli  ichimliklarni  uzoq  vaqtgacha  muntazam  ichib  yurish  kishini  alkogolizm 

kasalligiga duchor qiladi. Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, hatto yuz gramm spirtli 

ichimlik sog‘lom kishining bosh miya faoliyatini birdan o‘zgartirib yuborar ekan. 

Ma’lumotlarga qaraganda, psixonevrologik dispanserlarga murojaat qiluvchi ruhiy 

kasalliklarga  duchor  bo‘lganlarning  eng  ko‘pi  alkogolizmga  mubtalo  bo‘lgan 

kishilardir.  Ichkilikka  o‘rgangan  o‘smir  vujudi  sekin-astalik  bilan  zaharlana 




boshlaydi. Keyinchalik esa bunday kishi ichmasdan tura olmaydigan bo‘lib qoladi, 

og‘ir mast bo‘lguncha ichaveradi. Bunday o‘spirinda dastlab asab ishdan chiqadi. 

U  ta’sirchan,  jahldor  bo‘lib  qoladi,  natijada  uning  oila  a’zolari  azob-uqubatda 

qoladi.   

Alkogolizm  natijasida  miyaning  ish  qobiliyati  asta-sekin  pasayadi,  fikrlash,  biror 

muhim  masalani  echish  qiyinlashadi.  Keyinchalik  serjahllik,  uyquning  buzilishi, 

mas’uliyatsizlik,  boshqalarga  va  hatto  o‘ziga  ishonmaslik,  toliqish,  umumiy 

holsizlik  alomatlari  seziladi.  Kasallikning  oldi  olinmasa,  asabtizimi  butunlay 

buzilishi, ruhiy holati o‘zgaradi. Olimlarning ta’biricha, ulug‘ mutafakkir Aflotun 

o‘z davrida «Mastlik – ixtiyoriy jinnilikdir» degan edi. 

 Ichkilikbozlik natijasida og‘ir asoratlar kelib chiqadi, jumladan: 

 - Oshqozon ichak xastaliklari. 

 - Bosh miya, ruhiy holatini buzilish asoratlari. 

 - Jigar xastaliklari. 

 - YUrak-qon tomir tizimi kasalliklari (infarkt, qon bosimi oshishi). 

 -  Kelajakda ulardan tug‘ilajak farzandlar irsiy  kasalliklar bilan  tug‘ilish ehtimoli 

yuqori (bolalar mayib-majruh bo‘lib tug‘ma nuqsonlar bilan dunyoga keladi). 

- Umr ko‘rish davomiyligi ichmaydiganlarga nisbatan kamida 10 yilga qisqaradi.  

- Jinoyatlar soni ko‘payadi. 

 

 Jahon  Sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  (JSST)  tahlillarida  odamning  nobud  bo‘lishi 



bilan bog‘liq holatlarning to‘rtdan biri bevosita spirtli ichimliklarni iste’mol qilish 

oqibatida yuzaga kelayotgani aniqlangan. Achinarlisi, mastlik oqibatida hayotdan 

ko‘z  yumayotganlar  orasida  yosh  o‘g‘il-qizlar  salmog‘i  birmuncha  ko‘pdir.  SHu 

boisdan  ham  ushbu  tashkilot  bugungi  kunda  alkogol  (spirtli)  ichimliklarni 

psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritgan. Negaki, bu illat ko‘pgina og‘ir kasalliklarni 

keltirib  chiqarishi  barobarida,    tug‘ma  nogiron  bolalarning  tug‘ilishiga  sabab 

bo‘lishi  isbotlangan.  Tibbiyot  ilmining  sultoni  Abu  Ali  ibn  Sino  sharobni 

zaharning bir turi, deya bejizga ta’riflamagan edi.  




YUqumli  bo‘lmagan  kasalliklar  profilaktikasi,  aholining  sog‘lom  turmush 

tarzini  qo‘llab-quvvatlash  va  jismoniy  faollik  darajasini  oshirish  sohasidagi 

qonunchilikni takomillashtirish 

1.  Tarkibida  yog‘lar,  tuz  va  qand  miqdori  yuqori  bo‘lgan  oziq-ovqat 

mahsulotlarini  iste’mol  qilish  targ‘iboti  va  reklamasini  cheklash  sohasidagi 

qonunchilikni yanada takomillashtirish. 

2. Alkogol va tamaki mahsulotlarini tarqatish va iste’mol qilishni cheklash 

yuzasidan  qo‘shimcha  chora-tadbirlarni  o‘rnatishga  qaratilgan  huquqiy 

mexanizmlarni takomillashtirish. 

3. Respublikaga mikronutrientlar bilan boyitilmagan birinchi nav bug‘doy 

unini olib kirishni (import qilishni) cheklash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 

4.  Ommaviy  iste’mol  qilinadigan  mahsulotlardagi  kaloriya  darajasini 

kamaytirish  va  ular  tarkibidagi  yog‘lar,  tuz  va  qand  miqdorining  maqsadli 

darajalarini  o‘rnatish  hamda  porsiyalarining  tavsiya  qilinuvchi  miqdorlarini 

aniqlash maqsadida ularning standartlari va retsepturalarini qayta ko‘rib chiqish. 

5.  Zararli  mehnat  sharoitlariga  ega  sanoat  korxonalari  uchun  profilaktik 

ovqatlanish standartlarini qayta ko‘rib chiqish. 

6. Tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda ular ta’mining jozibadorligini 

orttiruvchi ingredientlardan (xushbo‘y hid beruvchi moddalar) foydalanish tartibini 

o‘rnatish

2



 



Tamaki  chekishga  qarshi.  Tamaki  chekishni  oldini  olishda  quyidagi  tadbirlar  va 

targ‘ibot va tashviqot ishlarni olib borishni lozim deb topamiz: 

1.  Sigareta qutisi chekishning zarari xaqida reklamalar yozish. 

2.  Jamoat joylarida chekishni man etish 

3.  Tarkibida  zaharli  moddalar  kamroq  bo‘lgan  tamaki  mahsulotlarini  ishlab 

chiqarish. 

4.  Tamaki mahsulotlarini narxini yanada oshirish 

5.  Tamaki mahsulotlarining reklamasini qisqartirish. 

6.  Tamaki mahsulotlarini odamlar ko‘p to‘plangan, jamoat joylarida sotmaslik 



7.  Bolalarga tamaki mahsulotlarini sotmaslik 

8.  Ko‘chalarda, jamoat joylarda tamaki mahsulotlarini donalab sotmaslik 

9.  CHet el tamaki mahsulotlarini kamroq sotish 

10. Bolalarning kundalik faoliyatini  nazorat qilish 

11. Sigareta chekmaydigan o‘smirlarni maqtash, rag‘batlantirish 

12. Kattalarni namuna bo‘lishi 

13. Kinofilmlar, videofilmlar, spektakllarda aktyorlarni papiros chekmasdan o‘z 

vazifasini bajarishga undash.     



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin