Microsoft Word Ðflокхменч4



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#39877
11-maruza



11-Ma’ruza: O‘qish va yozish funksiyalari. 

Reja: 


11.1Fayl tasvirlash 

11.2Fayllar bilan ishlash 

 

Kalit so‘zlar:Algoritm, oddiy tur, operandlar, operator, operatorni belgilash, operatorni 



taqsimlash,  postdekrement,  postinkrement,  predekrement,  preinkrement,  psevdokod,  qisqa  tur, 

so‘zma-so‘z, talablar spesifikatsiyasi 

11.1Fayl tasvirlash 

C++tilidagi standart va foydalanuvchi tomonidan aniqlangan turlarning muhim xususiyati 

shundan iboratki, ularning oldindan berilgan chekli elementlardan iboratligidir. Hatto berilganlar 

dinamik  aniqlanganda  ham,  operativ  xotiraning  (uyumning)  amalda  cheklanganligi  sababli,  bu 

berilganlar  miqdori  yuqoridan  chegaralangan  elementlardan  iborat  bo‘ladi.  Ayrim  bir  tadbiqiy 

masalalar  uchun  oldindan  berilganning  komponentalari  sonini  aniqlash  imkoni  yo‘q.  Ular 

masalani  yechish  jarayonida  aniqlanadi  va  yetarlicha  katta  hajmda  bo‘lishi  mumkin.  Ikkinchi 

tomondan, programmada e’lon qilingan o‘zgaruvchilarning qiymatlari sifatida aniqlangan beril-

ganlar faqat programma ishlash paytidagina mavjud bo‘ladi va programma o‘z ishini tugatgandan 

keyin yo‘qolib ketadi. Agar programma yangidan ishga tushirilsa, bu berilganlarni yangidan hosil 

qilish zarur bo‘ladi. Aksariyat tadbiqiy masalalar esa berilganlarni doimiy ravishda saqlab turishni 

talab qiladi. Masalan, korxona xodimlarining oylik maoshini hisoblovchi programmada xodimlar 

ro‘yxatini,  shtat  stavkalari  va  xodimlar  tomonidan  olingan  maoshlar  haqidagi  ma'lumotlarni 

doimiy ravishda saqlab turish zarur. Bu talablarga fayl turidagi obyektlar (o‘zgaruvchilar) javob 

beradi. 

Fayl - bu bir xil turdagi qiymatlar joylashgan tashqi xotiradagi nomlangan sohadir. 

Faylni, boshida ketma-ket ravishda joylashgan yozuvlar (masalan, musiqa) bilan to‘ldirilgan 

va oxiri bo‘sh bo‘lgan yetarlicha uzun magnit tasmasiga o‘xshatish mumkin. 

 

      F  



       

       


12.1 -rasm. Fayl tasvirlash 

 

12.1-rasmda  F-  fayl  nomi,  F1,F2,F3  -  fayl  elementlari  (komponentalari).  Xuddi  yangi 



musiqani  tasma  oxiriga  qo‘shish  mumkin  bo‘lgandek,  yangi  yozuvlar  fayl  oxiriga  qo‘shilishi 

mumkin. Yana bir muhim tushunchalardan biri fayl ko‘rsatkichi tushunchasidir. Fayl ko‘rsatkichi 

- ayni paytda fayldan o‘qilayotgan yoki unga yozilayotgan joy (yozuv o‘rnini) ko‘rsatib turadi, 

ya’ni fayl ko‘rsatkichi ko‘rsatib turgan joydan bitga yozuvni o‘qish yoki shu joyga yangi yozuvni 

joylashtirish mumkin (12.2-rasm). 

          

      F 

         12.2-rasm. Fayl kursatkichi  

 

Keltirilgan rasmda fayl ko‘rsatkichi fayl boshini ko‘rsatmoqda. 



Fayl yozuvlariga murojaat ketma-ket ravishda amalga oishriladi: p- yozuvga murojaat qilish 

uchun p-1 yozuvni o‘qish zarur bo‘ladi. Shuni ta’kidlab o‘tish zarurki, fayldan yozuvlarni o‘qish 

jarayoni qisman «avtomatlashgan», unda  

i - yozuvni o‘qilgandan keyin, ko‘rsatkich navbatdagi i+1 yozuv boshiga ko‘rsatib turadi va shu 

tarzda o‘qishni davom ettirish mumkin (massivlardagidek indeksni oshirish shart emas). Fayl - bu 

berilganlarni saqlash joyidir va shu sababli uning yozuvlari ustida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal bajarib 

bo‘lmaydi. Fayl yozuvi ustida amal bajarish uchun yozuv qiymati operativ xotiraga mos turdagi 

 F

1



 

F

2



 

F

3



 

   … 


F

F



F3 


   … 


o‘zgaruvchiga  o‘qilishi  kerak.  Keyinchalik,  zarur  amallar  shu  o‘zgaruvchi  ustida  bajariladi  va 

kerak bo‘lsa natijalar yana faylga yozilishi mumkin. 

Operasion sistema nuqtai-nazaridan fayl hisoblangan har qanday fayl C++ tili uchun moddiy 

fayl hisoblanadi. MS DOS uchun moddiy fayllar . ko‘rinishidagi 

«8.3»  formatidagi  satr  (nom)  orqali  beriladi.  Fayl  nomlari  satr  o‘zgarmaslar  yoki  satr 

o‘zgaruvchilarida berilishi mumkin. MS DOS qoidalariga ko‘ra fayl nomi to‘lik bo‘lishi, ya'ni fayl 

nomining boshida adres qismi bo‘lishi mumkin: C:\USER\KURS1\Misol.cpp”,”A:\matn.txt”. 

C++ tilida mantiqiy  fayl tushunchasi  bo‘lib, u  fayl turidagi o‘zgaruvchini anglatadi.  Fayl 

turidagi o‘zgaruvchilarga boshqa turdagi o‘zgaruvchilar kabi qiymat berish operatori orqali qiymat 

berib  bo‘lmaydi.  Boshqacha  aytganda  fayl  turidagi  o‘zgaruvchilar  ustida  hech  qanday  amal 

aniqlanmagan. Ular ustida bajariladigan barcha amallar funksiyalar vositasida bajariladi. 

Fayllar bilan ishlash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 

- fayl o‘zgaruvchisi albatta diskdagi fayl bilan bog‘lanadi; 

- fayl ochiladi; 

- fayl ustida yozish yoki o‘qish amallari bajariladi; 

- fayl yopiladi; 

- fayl nomini o‘zgartirish yoki faylni diskdan o‘chirish amallarini bajarilishi mumkin. 

 

Nazorat savollari: 



1.  Fayl nima? 

2.  Fayllarni tavsiflashda ishlatiladigan operatorlar 



 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin