Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
72
451. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Otam hz. Umar (r.a.)
minbarga chiqib: "Ey odamlar! Turar joylaringizni tuzatinglar.
Uy ilonlari sizlarni
qo'rqitishdan oddin o'zingiz ularni qo'rqiting. Ilonlarning musulmonlari sizlarga
ko'rinmaydi.
Qasam bilan aytamanki, ilonlar bilan oramizda adovat paydo bo'lganidan
buyon biz sira yarashgan emasmiz", dedilar".
Iblisga jannatga kirish man qilingan vaqtda u ilonni avrab, uning og'zida jannatga kirib
olgan. Jannatga kirib olgach, Odam (a.s.)ga vasvasa qildi va hatto ayollari bilan
jannatdan quvilish-lariga sababchi bo'ldi. Shundan keyin Odam (a.s.) bilan ilon o'rta-
sida adovat paydo bo'ldi.
210-bob. Qurilishga sarf qilish haqida
452. Xabob ibn Arat (r.a.) aytdilar: "Har bir kishi qurilishga ruju qo'ysa gunohga botadi".
Bu yerda qurilishdan murod - o'zi va oilasiga yetarli binosi bo'la turib, maqtanish uchun
ortiqcha qilinadigan binolar nazarda tutilmoqda
211-bob. Ishchilar bilan qo'shilishib ishlash haqida
453-hadis. Abdulloh ibn Amr (r.a.) Vahatdan kelgan akalarining o'g'lidan:
"Mardikorlaring ishlayaptimi?" - deb so'raganlarida, u: "Bilmayman", dedi. Abdulloh ibn
Amr: "Agar sen Saqif qabilasidan bo'lganingda mardikoring
nima qilayotganini albatta
bilgan bo'lar eding", dedilarda, keyin bizlarga qarab: "Kishi
mardikorlari bilan birga
hovlisida (ikkinchi rivoyatda: molida) ishlasa, Alloh taolo uchun ishlagan kishilardan
bitgasi bo'lib hisoblanadi", dedilar.
Vahat - Toifi sharifdagi bir joy nomi.
Saqif - Toifda yashaydigan bir qabilaning nomi.
Dostları ilə paylaş: