Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
151
namoz o'qidik, ul zot o'tirib o'qidilar, Abu Bakr (r.a.) takbirlarini
odamlarga eshittirib
turdilar. Ul zot bizga qarab tik turganimizni ko'rib, o'tirishga ishora qildilar, biz namozni
o'tirib o'qidik, salom berilgach: "Siz forslar va rumlarning ishini qilayozdingiz: ularda
podshohda-ri o'tiradi, o'zlari esa tik turadilar. Bunday qilmang. Imomlaringizga iqgido
qiling: agar turib o'qisa, siz ham turib o'qing, agar o'tirib o'qisa, siz ham o'tirib o'qing",
deya marhamat qildilar".
431-bob. Esnaganda ogazni qo'l bilan tusish haqida
976. Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Agar
birortangiz esnasangiz, qo'lingizni og'zingizga ko'ying, chunki shaygon kiradi".
977. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Esnaganda qo'lni og'izga qo'yish kerak, zero esnoq
shaytondandir".
Abu Said Xudriy (r.a.)ning o'g'lidan rivoyat qilingan 978-hadis 976-hadisning takroridir.
979-hadis ham Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilingan bo'lib. 976 va 978-
hadislarning takrori bo'lib kelgan.
432-bob. Birovning boshini boqib qo'yishi mumkinmi
980. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)
Ummu Hirom binti Milhonning
uyiga kirdilar. U ul zotga ovqat berdi. Bu ayol Uboda ibn Somit (r.a.)ning nikohida edi, u
(Uboda)ga ham ovqat olib kelib berdi va ul zotning boshlarini qarab qo'ydi1.-Keyin ul zot
uxladilar. So'ng uyg'onib kuldilar.
Bundan Rasululloh (s.a.v)ning boshlarvda bit bo'lgan ekan, degan ma'no chiqmaydi,
balki bu ayol ul zotning rohatlari uchun bu ishni qilgan. Shuningdek, bu ayolning
Rasululloh (s.a.v)ga mahram ekanini ulamolar ittifoq qilganlar.
981. Qays ibn Osim Sa'diy (r.a) aytdilar: "Rasulul-loh (s.a.v.)ning odtsilariga keldim. Ul
zot (meni): "Bu odam chodirda yashovchi (ya'ni badaviy)larning sayyididir", dedilar. "Ey,
Rasulalloh, mening zimmamda soilning ham, mehmonning ham haqi bo'lmagan mol
qay-si?" - deb so'radim. Ul zot: "Eng yaxshi mol qirqga bo'la-di, ko'pi oltmishta,
yuzta
mol egasining holiga voy, faqatgana (molining) yaxshisini bergan, ortiqchasini ehson
qilgan , semizini so'ygan, o'zi ham uni yeb, soilu muhtojlarga
ham berganlargina
butsdan mustasno", dedilar. "Ey, Rasulalloh, bu qanday ham oliyjanob xulq ekan-a,
biror bir vodiy yo'qki, unda mening mollarim ko'p bo'lmasa", dedim. Ul zot: "Ulardan
(sadaqa, ehson) berishda qanday yo'l tutasan?" - deb so'radilar. "Bir erkak tuya va ,
bitga ikki yoshli tuya beraman", dedim. Ul zot: "Hadya berishda qanday qilasan?"
- deb
so'radilar. "Yiliga yuzta (tuya) beraman", dedim. Ul zot: "Voyaga yetgan urg'ochi
tuyalarni qanday qilasan?" - dedilar. "Biror kishi tuya(lar)dan (birini) jilovlasa, (birov)
unga mone'lik qilmaydi, u ko'ringan tuyani upshaydi", de-dim". Rasululloh (s.a.v.):
"Senga moling afzalmi yoki mavoliy (voris)laringning mollarimi?" - deb so'ra-dilar.
"Molim", dedim. Ul zot: "Molingdan yeganing - yo'q qilganing, (yo'qotganing) yoki
berganing
- sarf qilganing qoladi, qolgani esa vorislaringaikidir", dedilar. "Darhaqiqat,
qaytib (uyimga) borsam, albatga mollarim sonini kamaytiraman, dedim". (
Ya'ni
mollaridan sadaqa qilib yuborishga ahd qildi).