Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
162
1054. Abu Said aytdilar (r.a.): "Bir odam Bahrayndan kelib, Rasululloh (s.a.v.)
huzurlariga kirib salom berdi. Rasululloh (s.a.v.) uning salomiga javob bermadilar.
Chunki uning barmog'ida oltin uzuk va egnida ipakdan tikilgan bir guppi bor edi. U odam
xafa bo'lib uyiga qaytdi va xotiniga bo'lgan voqeani aytdi. Xotini: "Rasululloh (s.a.v.)
balki egningizdagi ipak guppi va barmo-g'ingizdagi oltin uzukni ko'rib salomingizga alik
olmagandirlar. Bularni yechib tashlab boring-chi, shoyal salomingizga alik olsalar", dedi.
Haligi odam xotinining aytganini qilib Rasululloh huzurlariga qaytib borib salom berdi,
Rasululloh (s.a.v.) uning salomiga alik oldilar. "Men bundan sal vaqt ilgari huzuringizga
kelib salom ber-sam alik olmagan edingiz?" - dedi haligi odam. "Bundan sal vaqg ilgari
kelganingda barmog'ingda otashdan bir parcha bor edi", deb javob berdilar Rasululloh
(s.a.v.). "U holda men otash parchalarini keltirib-man-da", dedi u odam
Bahrayndan olib kelgan ma'danlariga ishora qilaroq. "Olib kelgan narsalaring hech
kimsaning minnatsiz toshlaridir xolos. Va ular dunyo hayotining ashyolaridir (inson
hayotida ularga muhtojdir, ishlarida, tijoratqda uning foydasi bor, ammo ziynat uchun
ishlatilmas)", deb marhamat qildi-lar. "Qanday uzuk taqsam ma'qul?" - deb so'radi u
odam. "Yo kumushdan va yoki tunchdan1 uzuk taqsang bo'ladi yoxud temirdan bir xalqa
taq"2, dedilar Rasululloh (s.a.v.).
1 Tunch - bronza.
2 1053 va mazkur hadisdan ma'lum bo'ladiki, "temirdan uzuk taqmoq harom emas,
makruhdir
Dostları ilə paylaş: