Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
51
Rasululloh (s.a.v.)dan: "Amallarning qay biri xayrli?" - deb so'radilar. "Al-lohga
ishonmoq va Alloh yo'lida jihod qilmoq", deb javob berdilar. Ashoblar
yana bunday savol
berdilar: "Qul va cho'rilardan qay birini ozod qilish xosiyatli hisoblanadi?" "Xojalariga eng
sadoqatlilarini", dedilar. Shundaylarini ozod qilolmasamchi?" - so'radi kimdir. "U holda
bechora odamga yordam qilasan yoxud birovga yordam berolmagan odamning o'rniga
shu ishni sen qilasan", deb marhamat qildilar. "Agar bundan ham ojiz bo'lsamchi?
- dedi
o'sha sahobiy. "Insonlar-ni yomoshshkdan qaytar! Bu ham o'zing uchun sadaqadir",
dedilar.
309.Abu Muso (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Sadaqa barcha
musulmonlarga vojibdir", deb marhamat qiddilar. "Agar mo'min
kishi sadaqa uchun
biron narsa topolmasachi?" - deb so'rashdi. "Qo'llari bilan mehnat qilsin; ham o'ziga
foyda, ham sadaqa bera oladi", deb marhamat qildilar. "Mehnat
qilish-ga kuchi
yetmasasi?" - deb so'radilar. "Yaxshilik qilsin", dedilar. "Bu ish ham qo'lidan
kelmasachi?" - deb so'radilar. "O'zini yomonlik qilishdan saqlasin, zero,
bu ham uning
sadayoqasi bo'ladi", dedilar.
144-bob. Alloh taolodan axloqini yaxshi qilishni so'ragan kishi haqida
310. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ko'pincha: "Ey, Rabbim! Men
sendan tan sog'ligini, nafsi ammoradan saqlashingni, O'zingga
va xalqlaringga ishonchli
bo'lishning yaxshi axloqli bo'lish va taqdirga rozi bo'lishga muyassar qilishingni
so'rayman", deb duo qilar edilar".
311. Yazid ibn Bobanus aytdilar: Biz hz. Oyisha (r.a.) huzurlariga kirib: "Rasululloh
(s.a.v.)ning axloklari qanday edi?" - deb so'radik. Hz. Oyisha (r.a.): "Rasululloh
(s.a.v.)ning axloklari Qur'onda buyurilganning xuddi o'zi edi", dedilarda: "Sizlar
"Mu'minun" surasini o'qiysizmi?" - deb so'radilar va menga: "Qani "Qad aflaha-l-
mu'minun" (Mo'minlar najot topdilar)dan o'qib ber-chi", deb buyurdilar. Men "Ular
namozlarida o'zlarini kamtar tutuvchidirlar. Ular (behuda so'z va ishlar)dan yuz
o'garuvchidirlar. Ular zakotni ado etuvchidirlar. Ular avratlarini (haromdan)
saqpyuvchidirlar", degan (23:1-5) oyatlarni o'qidim. Shunda hz. Oyisha (r.a.):
"Rasululloh (s.a.v.)ning axloklari xudtsi mana shu oyatlarda buyurilgatsdek edi", dedilar.
Dostları ilə paylaş: