Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. "Ey, munofiq" deyish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/234
tarix27.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#66502
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   234
al adab ala mufrat

204-bob. "Ey, munofiq" deyish haqida 
443. Hz. Ali (k.v.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) men bilan Zubayr ibn Avom (r.a.) 
ikkimizni otga mindirib jo'natdilar: "Ikkalangiz Makka yo'lida, Madina yaqinidagi Xox 
degan boqqa borasiz. Xuddi o'sha yerga yetganingizda Xotib ibn Abi Balta'adan Makka 
mushriklariga yozilgan bir maktubni olib ketayotgan xotinni uchratasiz. O'sha xotinni 
ushlab mening huzurimga olib kelasizlar", dedilar. Biz Rasululloh (s.a.v.) tayin qilgan 
joylarda u xotinni tevasiga minib ketayotgan holatida uchratib: "Olib ketayotgan xatingni 
bizga ber!" - dedik. Xotin: "Menda hech qanday xat yo'q", dedi. O'zini va tevasini tintib 
ko'rdik, xat yo'q. "Rasululloh (s.a.v.) albatta yolg'on aytgan emaslar, uni hozir chiqarib 
bermasang, o'zingai yalang'och qilib qaray-miz", deganimizdan keyin, junlik shalvorining 
bo-g'ichini yechib undan xatai olib berdi. Biz xatni u xotin bilan birga Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga olib kel-dik. Shunda hz. Umar ibn Xattob (r.a.): "Bu Xotib ibn Abi Balta'a 
Alloh taologa, uning Rasuliga va mo'min-lariga xiyonat qiddi, ruxsat bering, men uning 
kalla-sini sug'urib olaman", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) Xotibga: "Bunday xat yozib 
mushriklarga yuborishga seni nima majbur qildi?" - deb so'raganlarida, u: "Men xat 
yubordim, lekin bu xatda Allohga va uning Rasuliga zarari tegadigan hech so'z yo'q. 
Faqat siz bilan kelgan hamma muhojirlarning Makkada qolgan qarindoshla-rini himoya 
qiluvchilari bor. Ammo mening aslim makkalik bo'lmagani uchun u yerda turgan 
qarindoshlarimni himoya qiladigan kishilari yo'q. Shuning uchun mush-riklar ularni 
himoya qilarmikan, degan umid bilan xat yuborgan edim", dedi. Shunda Rasululloh 
(s.a.v.): "Xotib to'g'risini gapirdi, axir u Badr muhorabasida qatnashganlardan-ku, Alloh 
taolo Badrda qatnashganlarga: "Endi nima ish qilsangiz ixtiyorlisiz, sizlarga jannat lozim 
bo'ddi, degan emasmi?" - dedilar. Shundan keyin hz. Umar (r.a.) kallasini sug'urib ola-
man, degan so'zlariga afsus qilib yig'ladilar va: "Alloh taolo va uning Rasuli yaxshiroq 
biluvchidir", dedilar. 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin