Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
116
xuddi cho'pon qo'yning bo'ynidan qanday tutsa, yomgarni ana shunday tutib, olib
keladi", der edilar".
744. Omir ibn Abdulloh ibn Zubayr aytdilar: "Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) momaqaddiroq
gumburlashini eshitganda, har qanday gapdan va ishdan to'xtab: "Momaqadlroq (ham)
Unga hamd bilan tasbih aytur" (13:13), degan oyatni o’qirdilar.
301-bob. Allohdan ofiyat so'rash haqida
745. Avsat ibn Ismoil rivoyat qildilar: "Abu Bakr Siddiq (r.a.) Payg'ambar (s.a.v.)
vafotlaridan key-in shunday dedilar: "O'tgan yili Rasululloh (s.a.v.)
mana shu men
turgan joyda turib...", dedilarda yig'lab yubordilar. "So'ng shunday degan edilar", deya
Rasululloh (s.a.v.)ning so'z-larini yetkazdilar: "Sizlarga haqiqatguylikni, samimiylikni
vasiyat qilaman, zero u yaxshilik bilan birga bo'lib sizlarni jannatga olib boradi.
Yolg'ondan saklaning, zero u buzg'unchilik bilan birga va do'zaxga olib boradi.
Allohdan
ofiyat so'rang, albatta, ofiyatdan ko'ra yaxshiroq narsa ato etilgan emas. O'zaro nizo
chiqarmang, bir-biringizga dushman bo'lmang, bir-biringizga hasad qilmang va bir-
biringizdan nafratlanmang. Allohning aka-ukadek ahil, inoq bandalari bo'ling!"
746. Muoz ibn Jabal (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)
bir kishining yonidan
o'tayotganlarida u: "Allohim, men Sendan ne'matlarning mukammalini so'rayman", deb
duo qilardi. Ul zot undan: "Ne'matlarning mukammali nima, bilasizmi?" -deb so'radilar.
So'ng o'zlari: "Ne'matlarning mukammali jannatga kirish va do'zax olovidan qutilishdir",
dedilar. Ul zot yana bir odamning yonidan o'tib ketayotsalar, u: "Allohim, men sendan
sabr berishingni so'rayman", derdi. Rasululloh (s.a.v.) unga: "Sen Parvardigordan balo
so'rading-ku, undan ofiyat so'ragin", dedilar. Yana bir odamning oddidan o'tib
ketayotgan edilar, u: "Ey, barcha buyuklik va fazlu karam sohibi!.." deyotganda, unga
qarab "So'rang", dedilar.
747. Abbos ibn Abdulmuttalib (r.a.) aytdilar: "Men: "Yo Rasulalloh (s.a.v.), Allohdan
so'rab, duoqirdilar".qilishim uchun biror nima o'rgating", dedim. Ul zot: "Ey, Abbos,
Allohdan ofiyat so'rang", dedilar. So'ngra biroz
kutib turib yana keldim-da, Allohdan
so'rab duo qilishim uchun biror nima o'rgating, yo Rasulalloh, deganimda: "Ey, Abbos,
ey, Rasulullohning amakisi, Allohdan dunyo va oxiratda ofiyat so'rang", dedilar".
Yüklə
Dostları ilə paylaş: