Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
125
qo'shtabaqalimidi?" - deb so'radim. U: "Bir tabaqali eshik edi", dedi. "Eshik nimadan
yasalgandi?" - deb so'radim yana. U: "Qora archadan yoki sajdan* edi", deb javob berdi.
*Janubiy mintaqalarda o'sadigan siyoh rang daraxt yog'ochi
798. Abu Hurayra aytdilar: Rasululloh "Odamlar uylarini rasmlar bilan
bezatmagunlarigacha qiyomat qoyim bo'lmaydi", dedilar.
335-bob. "Otang haqi", deyish haqida
799. Abu Hurayradan rivoyat qilindi: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) oldilariga kelib: "Ey,
Allohnng Rasuli, eng ko'p ajru savobga ega bo'ladigan sadaqa qaysi?" - deb so'radi. Ul
zot: "Otang haqi, buni senga bayon qilinadi. Sen sog' paytingda, kambag'al bo'lib
qolishdan qo'rqib baxillik qilgan va boylikni orzu qilgan paytingda sadaqa qilishing kerak.
Sadaqani kechiktirib, joning xalquminga kelganda "Falonchiga muncha, pistonchiga
shuncha" deb qolmaginki, u pay-tda sen aytmasang ham (mol-dunyoing) "falonchilar"ga
qoladi", dedilar".
336-bob. Kishi birovdan kichik narsa so'rashi va uni maqtamasligi kerak
800. Abdulloh ibn Umar aytdilar: "Sizlar birovdan zarur bo'lib qolgan narsa so'rasa
kichikroq, ahamiyatsizrog'ini so'rasin, zero unga taqdirida belgilangani nasib qiladi.
Sizlardan hech kim do'stining oldiga borganda uni maqtamasinki, belini sindirib qo'yadi".
801. Abu Izzat Yasor ibn Abdulloh Huzaliydan rivo-yat qilindi: Nabiy muhtaram (s.a.v.)
aytdilar: "Agar Alloh taolo bir bandaning jonini biror yerda olishni xohlasa, uni o'sha
yerga keltirib qo'yadi yoki u banda uchun o'sha yerdan bir ehtiyoj chiqarib qo'yadi".
Yüklə
Dostları ilə paylaş: