Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
16
jannatga kirishi albatta muqarrardir", dedilar. Shunda bir kishi: "Yo Rasululloh! Uning
qizi ikkita bo’lsachi?" - deb so’radi. Rasululloh: "Ikkita bo’lsa ham", dedilar".
42-bob. Qizini va hamshirasini boqqan kishining fazilati
79. Abu Said Xudriy (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deb marhamat qilganlarini
xabar qildi: "Uch qizini yoki uch hamshirasini tarbiya qilgan kishi shubhasiz jannatga
kiradi".
43-bob. Qaytib kelgan qizni tarbiya qilgan kishining fazilati haqida
80. Rasululloh (s.a.v.) Suroqa Ju'shum (r.a.)dan: "Senga sadaqa-ehsonlarning eng
kattasini aytib beraymi?" - deb so’radilar. Suroqa: "Yo Rasululloh, aytib bering!" -
dedilar. Rasululloh (s.a.v.): "Eridan chiqib senikiga qaytib kelgan va sendan bo’lak
qarovchisi bo’lmagan qizingga qiladigan xayru ehsoning ehsonlarning eng kattasidir",
dedilar.
81-hadis 80-hadisning takrori, faqat u Muso ibn Suroqa (r.a.)dan rivoyat qilingan.
82. Miqdom ibn Ma'di Karib (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi Rasululloh (s.a.v.)dan:
"O’zing yeganing, bolalaringga, xotiningga va xizmatchilaringga yedirganlaring hammasi
sening qilgan sadaqang, xayr-ehsoning hisoblanadi", degan so’zlarini eshitdilar.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: