Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
176
hamdi bilan tong ottirdi-lar", deb javob berdilar. Abbos bin Abdulmuttalib (r.a.) hz. Ali
(k.v.)ning qo'llaridan ushlab: "Sening fikring qanday?
Xudo haqqi, sen uch kundan keyin
birovlarni hukming ostiga olasan! (Rasululloh (s.a.v.)-ning vafotlaridan keyin xalifalikni
qo'lga olasan).
Fikrimcha, Rasululloh (s.a.v.) shu kasalliklari bilan vafot etadilar, chunki
men Abdulmuttalib av-lodining o'lim oldi (arafasidagi)
yuz ifodasini yaxshi bilaman, Biz
bilan Rasululloh (s.a.v.) huzurla-riga yur, xalifalikni kimga qoldirishlarini o'zla-ridan
so'raymiz", dedilar. Shunda hz. Ali (k.v.): "Al-lohga qasamki, biz buni Rasululloh
(s.a.v.)dan so'rasagu ul zot bizni undan man' qilsalar, odamlar
key-in xalifalikni bizga
bermaydilar. Xudo haqqi, men buni Rasululloh (s.a.v.)dan so'ramayman!" - dedilar
qatiylik bilan".
532-bob. "Qalaysiz", deyish haqida
1165. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Umar bin Xattob (r.a.)ga bir kishi salom berdi, u
kishi alik oldilar, so'ng: "Qalaysan?" - deb so'radilar. U odam: "Xudoga shukr", deb
javob berdi. "Men sendan shuni (aytishingni) xohlagandim" dedilar hz. Umar (r.a.)".
Yüklə
Dostları ilə paylaş: