www.ziyouz.com kutubxonasi
4
boshqa tilda ulamolar aytganlaridek aytish joizdir. Yad sifatini boshqa tilga tarjima qilib
aytish mumkin emasdir. Undan boshqa mutashobih sifatlarini «o‘xshashsiz» va
«tasavvursiz» so‘zlari bilan qo‘shib, masalan: «O’xshashsiz va tasavvursiz
Parvardigorning yuzi uchun», deb aytmoq joizdir.
— Allohning yaqinligi va uzoqligi masofaning uzoq va qisqaligi jihatidan ham, fazilat va
haqorat ma’nosida ham emasdir. Balki itoatgo‘y Allohga tasavvursiz yaqin va gunohkor-
osiy Undan tasavvursiz yiroq degan ma’nodadir. Yaqinlik, uzoqlik, yuzlanish
yolboruvchiga nisbatan qo‘llaniladi. Shuningdek, bandaning jannatda Unga yaqinligi va
huzurida turishi tasavvursizdir.
— Qur’on Payg‘ambarimizga, sollallohualayhi va sallam, nozil etilgandir. U mushaflarda
bitilgandir. Qur’on oyatlarining barchasi Allohning kalomi bo‘lganidan fazilatda va
ulug‘liqda tengdirlar. Ammo ba’zi oyatlarida ham zikr fazilati, ham zikr qilinganning
fazilati bor. Bunga misol, Oyatul Kursiydir. Unda Allohning ulug‘ligi, buyukligi va sifatlari
zikr qilingandir. Demak, mazkur oyatda ikki fazilat jam’ bo‘lgan, ya’ni, zikr fazilati va zikr
qilinganning fazilati. Ammo ba’zi oyatlarda faqat zikr fazilati bor. Kofirlarning qissalari
bayon qilingan oyatlar bunga misoldir. Unda zikr qilinganning — kofirlarning fazilati
yo‘qdir. Shuningdek, Allohning ismlari va sifatlari ulug‘lik va fazilatda tengdir, ular
orasida tafovut yo‘qdir.
— Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, ota-onalari kufrda vafot etgan
emaslar. U zotning amakilari Abu Tolib kofirlikda bu dunyodan o‘tgan. Qosim, Tohir va
Ibrohim, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, Payg‘ambarimizning, alayhissalom, o‘g‘illaridir.
Fotima, Ruqiya, Ummu Gulsum va Zaynablar Payg‘ambarimizning qizlaridirlar.
— Agar mo‘min kishiga Tavhid ilmining nozik masalalaridan birortasi tushunarsiz bo‘lsa,
shu zahoti bir olimni topib undan so‘rab bilishi zarur. Bunga qadar, Alloh oldida qanday
to‘g‘ri bo‘lsa, shunday e’tiqod qildim, demog‘i lozimdir. Unga bu holda so‘rashni
kechiktirish mumkin emas. Uni bilmay turishi uzr bo‘lmaydi. Agar tavhid ilmining
tushunmagan masalasini o‘rganishga harakat qilmasa, kofir bo‘ladi.
— Me’roj to‘g‘risidagi xabar haqdir. Kim uni rad etsa, ahli sunna val jamoadan ajralgan
va adashgan bo‘ladi.
— Dajjolning va Yajuj-Majujning chiqishi, quyoshning g‘arbdan tulu’ qilishi, Isoning,
alayhissalom, osmondan tushishi va Qiyomatning sahih hadislarda vorid bo‘lgan boshqa
alomatlari haqdir, sodir bo‘lajakdir.
Alloh istagan bandasini to‘g‘ri yo‘lga soladi.
Hamd olamlarning Parvardigori Allohgadir. Xojamiz Muhammadga, sollallohu alayhi va
sallam, va uning barcha avlodlariyu sahoba-lariga durudu salomlar bo‘lsin!
Abduqahhor Shoshiy tarjimasi