Microsoft Word al fiqh al akbar ziyouz com doc



Yüklə 20,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix24.02.2022
ölçüsü20,58 Kb.
#53053
  1   2   3   4
Imomi A\'zam Abu Hanifa. Al-fiqh al-akbar



Al-fiqh al-akbar. Imomi A'zam Abu Hanifa 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

1

Imomi A’zam Abu Hanifa No‘mon ibn Sobit  



AL-FIQH AL-AKBAR 

Tavhidning poydevori va e’tiqod qilish to‘g‘ri bo‘lgan narsalar 

Banda shubhasiz ishongach, unga Alloh taologa, Uning farishtalariga, kitoblariga, 

payg‘ambarlariga, o‘lgandan so‘ng qayta tiriltirilishga, yaxshilik ham, yomonlik ham 

Allohning irodasi bilan bo‘lishiga imon keltirdim, Hisob, Mezon, Jannat va Do‘zax 

hammasi hakdir, demoq vojib bo‘ladi... 

— Alloh birdir. Uning birligi son jihatidan emas, balki sherigi yo‘qligi, tug‘maganligi, 

tug‘ilmaganligi, tengi yo‘qligi, maxluqlaridan biror narsaga o‘xshamasligi, unga 

maxluqlaridan biror narsaning o‘xshamasligi jihatidandir. 

— Alloh ismlari, zotiy va fe’liy sifatlari bilan hamisha bo‘lgan va bo‘ladi. Tiriklik, qodirlik, 

bilish, so‘zlashish, eshitish, ko‘rish, xohlash Alloxning zotiy sifatlaridir. Yaratish, rizq 

berish, paydo qilish, vujudga keltirish kabilar Allohning fe’liy sifatlaridir. Alloh o‘z ismi va 

sifatlari bilan bo‘lgan va bo‘ladi. Allohning birorta ism sifati yangi paydo bo‘lmagan. 

— Alloh o‘z ilmi bilan doimo olim, ilm Uning azaliy sifatidir, U o‘z qudrati bilan doimo 

qodirdir, qodirlik Uning azaliy sifatidir. U o‘z yaratuvchiligi bilan doimo yaratuvchi, 

yaratish Uning azaliy sifatidir. U o‘z fe’li bilan doimo fo’iddir, fe’l Uning azaliy sifatidir. 

Fo’il Alloh taolodir, maf’ul maxluqdir. Allohning fe’li maxluq emas. Allohning sifatlari 

azalda qadimiydir, maxluq emasdir.Kim Allohning sifatlarini maxluq yoki yangidan paydo 

bo‘lgan desa yoki u betaraf bo‘lsa yoki Allohning sifatlariga shubhalansa, u Allohni inkor 

etgan kofirdir. 

— Qur’on mushaflarda bitilgan, qalblarda yodlangan, tillarda o‘qilgan va 

Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi vasallam, nozil qilingan. Qur’onni talafuz qilishimiz, 

uni yozishimiz va o‘qishimiz maxlukdir. Qur’on maxluq emas. Alloh taolo Qur’onda Muso 

va undan boshqa payg‘ambarlar to‘g‘risida hamda Fir’avn va ib-lis haqida aytganlari 

barchasi Allohning ular haqida bildirgan kalomidir. Muso, alayhis-salom, va undai boshqa 

maxluqlarning so‘zlari ham maxlukdir. Qur’on Alloh taoloning kalomidir, ularning kalomi 

emasdir. Alloh taolo: "Alloh Musoga gapirdi..." deb bayon qilganidan, Muso, 

alayhissalom, Alloh taoloning kalomini eshitdi. Alloh Musoga, alayhissalom, gapirishdan 

oldin ham azalda so‘zlaguvchidir. Maxluqotlarni yaratishdan ol-din ham azalda 

yaratguvchidir. 

— Alloh Musoga, alayhissalom, so‘zlashni iroda etganida unga o‘zining azaliy so‘zlash 

sifati bilan so‘zladi. Allohning hamma sifatlari maxluqlarning sifatiga o‘xshamaydi. Alloh 

taolo biladi. Bilishi bizning bilishimizga o‘xshamaydi. Alloh taolo Qodirdir. Qudrati bizning 

qudratimizga o‘xshamaydi. Alloh taolo ko‘radi. Ko‘rishi bizning ko‘rishimizga 

o‘xshamaydi. Alloh taolo eshitadi. Eshitishi bizning eshitishimiz-ga o‘xshamaydi. Alloh 

taolo so‘zlaydi. So‘zlashi bizning so‘zlashimizga o‘xshamaydi. Biz vositalar (a’zolar) va 

tovushlar yordamida so‘zlaymiz. Alloh taolo bevosita va tovushlarsiz so‘zlaydi. Tovushlar 

maxluqdir. Allohning kalomi maxluq emas. Alloh mavjuddir. Mavjudligi maxluqlarning 

mavjudligi kabi jism, javhar, araz (alomat) bilan emasdir. 

Uning ziddi va tengi va o‘xshashi yo‘qdir. Alloh Qur’onda zikr qilganidek, Uning 

tasavvursiz yadi, yuzi va nafsi bor. Allohning yadi qudratidir yoki ne’matidir deyilmaydi. 

Zero, bunday aytish sifatni yo‘q qilishdir, qadariylar va mo‘‘taziliylar so‘zidir. Yadi Uning 

tasavvursiz sifatidir. Allohning g‘azabi va rizosi Allohning, tasavvuri yo‘q sifatlaridan 

ikkitasidir. 



Al-fiqh al-akbar. Imomi A'zam Abu Hanifa 

 

 




Yüklə 20,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin