Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
ovozini olib kelgan eding. 
— Sahroning va shamolning tilida gaplashishni senga kim o‘rgatdi? 
Mening yuragim, — javob qildi Santyago. 
Shamolning nomi ko‘p edi. Bu yerda uni “sirokko” deyishadi, arablar uni sersuv va 
qoratanli odamlar yashaydigan o‘lkalardan yeladi, deb o‘ylashadi. Santyagoning yurtida 
esa uni “levantinlik” deyishadi, chunki bu shamol sahro qumlarini va mavrlarning 
jangovar hayqiriqlarini olib keladi, deb o‘ylashgan. Ehtimol, qo‘ylar uchun yaylov yo‘q 
uzoq mamlakatlarda odamlar bu shamol Andalusiyada tug‘iladi, deb hisoblashgan. Biroq 
shamol hech qaerda tug‘ilmaydi va hech qaerda o‘lmaydi, shu boisdan ham u sahrodan 
qudratliroq. Chunki sahroda nimadir ko‘kartirishga odamlar qodir; ular sahroda qo‘ylarni 
ham ko‘paytira olishadi, biroq shamolni o‘z izmlariga sola olishga ularning qurbi 
yetmaydi. 
Sen shamolga aylana olmaysan, — dedi shamol. — Sen bilan bizning aslimiz boshqa-
boshqa. 
— Noto‘g‘ri, — javob qildi Santyago. — Men sen bilan birga dunyo kezganimizda, menga 
alkimyo sirlari ayon bo‘ldi. Endi menda shamol ham, sahro ham, okean ham, yulduzlar 
ham, Olamda bino bo‘lgan hamma narsa jam bo‘lgan. Bizni — senu meni bir qo‘l bino 
etgan va bizning qalbimiz ham bitta. Men senday bo‘lishni xohlayman, har qanday 
kavakka kirishni, dengizlar ustida yelishni, xazinamni bekitib yotgan qum barxanlarini 
to‘zitishni, sevgilimning ovozini olib kelishni istayman. 
— Bir safar men sening Alkimyogar bilan gaplashganingni eshitdim, — dedi shamol. — U 
har kimning o‘z Yo‘li bor, dedi. Odam shamolga aylanmasligi kerak. 
— Bir necha lahzaga bo‘lsa-da senga aylanishni o‘rgat. O‘shanda odamning va 
shamolning cheksiz imkoniyatlarini muhokama qilamiz. 
Shamol qiziquvchan edi — bunaqasini hali uchratmagandi. Uning ana shu masalada 
tortishgisi keldi, biroq u chindan ham odamni shamolga aylantirishni bilmasdi. Aslida esa 
juda ko‘p narsaga qodir! Sahroni paydo qila olardi, kemalarni cho‘ktirardi, asrlik 
daraxtlarni va hatto butun bir o‘rmonni qulatardi, musiqa yangrab turgan, tushunarsiz 
tovushlar taralib turgan shaharlar uzra yelib o‘tardi. Olamda hamma narsaga qurbim 
yetadi, deb hisoblagan shamolga endi bu bolakay o‘z xohishini ro‘kach qilib, buni ham 
amalga oshirishga qobilsan, deb qistayotir. 
— Bu “sevgi” deyiladi, — dedi Santyago, shamol o‘zining iltimosini bajarishiga ishonib. 
— Agar sevsang, xohlagan narsaga aylana olasan. Agar sevsang, nimalar bo‘layotganini 
tushunishga mutlaqo hojat yo‘q, zero, hamma narsa bizning botinimizda kechadi, 
demak, odam shamolga bemalol aylana oladi. Albatta, shamol unga yordam bersa. 
Shamol mag‘rur edi, shu bois Santyagoning gaplari uni ranjitdi. U kuchli esa boshladi
sahro qumlarini to‘zitdi. Biroq oxir-oqibat, garchi butun dunyoni kezgan esa-da, odamni 
shamolga aylantira olmasligini tan olishga majbur bo‘ldi. Sevgini ham bilmasligiga iqror 
bo‘ldi. 
— Men odamlarning sevgi haqida gapira turib, osmonga tikilishlariga ko‘p bor guvoh 
bo‘lganman, — dedi shamol, o‘z ojizligini tan olganidan jazavasi qo‘zib. — Ehtimol, sen 
ham osmonga murojaat qilarsan, a? 
— Bu ham bir fikr, — ma’qulladi Santyago. — Faqat sen menga yordamlash: chang-
to‘zon ko‘targin, men quyoshga qaray olay va ko‘zlarim qamashmasin. 
Shamol yanada kuchli esdi, osmon qum to‘zoni bilan qoplandi va quyosh oltin barkashga 
aylandi. 
Qo‘nalg‘adan turib kuzatayotganlar hech narsani ajrata olishmadi. Sahro odamlari 
shamolning bu qilig‘ini bilishar va uni “samum”, deb atashardi. Ular uchun bu dengiz 
bo‘ronidan-da dahshatli edi, vaholanki, ular umr bo‘yi dengizda bo‘lishmagandi. Otlar 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin