Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
30
Odat holida (jinsiy munosabat) harom bo‘lsa-da, erkalashib-suyushmoq (yalong‘och
holda ta’qiqlangan joylardan tashqari) haloldir. Bu davrda vujuddan taralgan noxush
hidlarni ketkizmoq, salbiy taassurot qoldirmaslik uchun xushbo‘y sepish va surish
mumkin.
Hayzli bilan birga yeb-ichish
Hayzli ayollar bilan yeb-ichish, jinsiy hayotdan tashqari turli hamdamlik va hamkorlik
davom etishi shu hadisda ham oydinlashmoqda:
Hazrati Oysha (r.a.) marhamat qiladilar:
“Hayzli paytlarimda Rasululloh (s.a.v.) suv solingan meshni menga berardilar, men ichib
bo‘lgach, u zotga uzatardim. Mening labim tekkan joyni ko‘zdan kechirar, u zot ham
o‘sha joydan ichardilar”.
Hayzli ayol ovqat pishirishi va xamir qilishi, suv ishlatishi makruh (ta’qiqlangan) emas.
Dostları ilə paylaş: