Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
49
kirdilar, ayolni keltirdilar. Umayma ibn Nu’mon ibn Sharoxilning uyiga endirdilar. Yonida
yangasi ham bor edi. Payg‘ambarimiz ayolning yoniga kirishlari bilan, unga: “O‘zingni
menga bag‘ishla”, dedilar. U: “Hatto hech bir malika ham o‘zini oddiy birovga (duch
kelganga) taslim etadimi?”, dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uni tinchlantirish va taskin
berish maqsadida qo‘lini yelkasiga qo‘ymoqchi bo‘lganlarida, u: “Sendan Allohga
sig‘inaman”, dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Buyuk bir maqomga sig‘inding!”, dedilar va
tashqariga chiqdilar. So‘ngra menga: “Yo Usayd, unga oq qatandan qilingan ikki qavat
libos kiydir va uyiga olib bor”, dedilar”.
Nafaqaning zarurati
Nafaqa ayolning erkak zimmasidagi eng katta va davomli haqqidir. Isyon, uydan qochish
va boshqa shunga o‘xshash xususiy holatlardan tashqari nafaqaning bekor qilinishi zikr
etilgan emas. Xatto nafaqa ayolning faqir bo‘lishiga ham bog‘liq emas. Chunki, ayolga
nafaqa belgilanishi ahd zaruratidir. Bunda boy ham, faqir ham barobardir. Orada
zavjiyat bog‘i mavjud bo‘lishi bilan nafaqa ham davom etadi. Bu xususda Alloh taolo
shunday marhamat qiladi:
Dostları ilə paylaş: