JISMONIY RIVOJLANISH
Antropologik o‘lchovlarni o‘tkazish uchun alohida xona
bo‘lishi kerak, xona harorati 20-22 darajada. Barcha
o‘lchovlar bolaning o‘ng tomonida o‘tkaziladi. O‘lchash
uchun zarur uskunalar: Bo‘yini o‘lchash uskunasi - 1 dona,
medik tarozi - 1 dona, santimetr o‘lchagichi - 2 dona. Bola
bo‘yini o‘lchash. Tana uzunligi boshning eng yuqori
nuqtasidan pastigacha o‘lchanadi. Bola tekis joyda, tik holatda
turishi kerak. Bosh qismi gorizontal xolatda, antropometr esa
tik chiziqdan chetlanmasligi kerak. O‘lchash aniqligi 0.1 sm
gacha. Natija santimetrlarda yoziladi. Tana vaznini o‘lchash.
Vaznini o‘lchash medik tarozisida (kilogramm) amalga
oshiriladi (ustki kiyim va oyoq kiyimiyechilgan holda).
O‘lchashdan oldin tarozi nol ko‘rsatishi kerak. O‘lchash
aniqligi Q - 50gramm. Ko‘krak qafasini o‘lchash. O‘lchash
uchun santimetr o‘lchagichi ishlatiladi, har 200-250 marta
o‘lchagandan so‘ng santimetr o‘lchagichini almashtirish
lozim. O‘g‘il bolalarni o‘lchaganda santimetr shonaning past
qismidan boshlab ko‘kragining past chizig‘igacha o‘lchanadi.
-
216
-
Qiz bolalarda esa- ko‘kragining tepa qismigacha. Bola tik
holatda, qo‘lini ko‘tarib turishi kerak, nafas olib va nafas
olmasdan o‘lchanadi, ko‘rsatkichlar santimertlarda aks
ettiriladi.
FUNKSIONAL HOLAT
Arterial qon bosimini o‘lchash (sistolik va diastolik).
O‘lchash uchun Korotkov simobli monometri kerak bo‘ladi - 1
dona. Arterial bosim o‘tirgan holatda o‘lchanadi, bolaning
o‘ng qo‘lida maxsus manjetlar yordamida. 2-3yoshar bolalar
uchun M-55, 6-yoshar uchun M-85 manjetlari ishlatiladi.
Bolaning qo‘lini kiyimidan bo‘shatib manjet kiydiriladi,
manjetdagi bosimni 20-30 mm ko‘proq odatdagi bosimdan
(140-160mm) ko‘taradilar va 2-3 mm tezligi bilan
kamaytiradilar. Yangi urish tovushi paydo bo‘lganda sistoletik
bosim deb hisoblanadi. Urish tovushlari to‘liq ko‘tarilganda
esa- diastolik bosim. O‘lchash 2 marta o‘tkaziladi, protokolga
esa o‘rtacha ko‘rsatgich yoziladi. Yurak urishini o‘lchash
(puls). Yurak urishi sekundomer yordamida o‘lchanadi, 30
sekund davomida o‘tirgan xolatda, kaftingizni bolaning yurak
qismiga qo‘ygan xolda. Keyin bu ko‘rsatgich 2 ga
ko‘paytiriladi va 1 daqiqa davomida puls nechta urishi
aniqlanadi. O‘pka hajmini o‘lchash. O‘pkaning hajmi
spirometr yordamida o‘lchanadi. Bola 2-3 marta chuqur nafas
olganidan so‘ng, bitta chuqur nafas olib sekin chiqargan xolda
spirometr trubkasiga oxirigacha puflaydi. O‘lchash 3 marta
o‘tkaziladi va eng katta ko‘rsatgich yozib olinadi (aniqligi
1000sm 3). Trubkaning qopqog‘i xar bir o‘lchashdan so‘ng
dezinfektsiya qilinishi kerak. Jismoniy chidamliligini aniqlash.
|