-
127
-
Harakatlantiruvchi tartib. H
ar
kungi sayrlarda ishtirok
etish. Harakatli o‘yinlarda o‘yinchoqlar va jismoniy
mashqlarda sport anjomlari bilan faol ishtirok etishga harakat
qilish.
3-§. Kichik guruhlarda jismoniy tarbiyaning mazmuni
Bola harakatlarining shakllanishiga yordam berish,
gavdasini
tik
tutishga
o‘rgatish.
Bolalarni
mustaqil
o‘ynayotgan
paytlaridagi
harakatlari
faolligining
barqarorlashuviga yordam berish.
Tarbiyachi tomonidan
ko‘rsatilayotgan turli harakatlarga bolaning tushunib borishiga
va birgalikda harakat qilishga undash. Shu bilan birga bola
diqqatini atrofdagilar harakatiga qaratish. Bolalarni turgan
joyda sakrashga ikki oyoqni
juftlab sakrashga va yengil
tushishga o‘rgatish. Emaklashga, tirmashib chiqishga to‘p
bilan harakat qilishga, dumalatish, uloqtirishga o‘rgatish.
Bolalarda ertalabki badantarbiyaga
nisbatan qiziqish, ijobiy
munosabatlarni uyg‘otish o‘yinlarda ishtirok etishga o‘rgatish.
Asosiy harakatlarga o‘rgatish
.
Yurish.
To‘p-to‘p bo‘lib yurishga, yo‘nalishni o‘zgartirib
yurishga, doira bo‘ylab juft-juft bo‘lib qo‘l ushlashib yurishga,
yurishdan yugurishga o‘tishga, yon tomonga yurish, ketma-ket
yurishga o‘rgatish nazarda tutiladi.
Yugurish.
Tarbiyachining
orqasidan yugurish, dumalatib
yuborilgan buyumni quvib yetish,
ikki chiziq orasidan
chiqmay yugurish, 20-40 metr masofaga o‘rtacha tezlikda, 70-
80 metrga asta sekin yugurishga o‘rgatish nazarda tutiladi.
Sakrash.
Ikki oyoqni juftlab turgan joyda sakrash,
balandlikka sakrash hamda 20-30 sm masofaga hatlashga 10-
15 sm balandlikdagi predmetdan sakrashga, o‘rgatish nazarda