- 182 - bola o‘ziga berilgan topshiriqlarni tarbiyachi nazorati ostida
mustaqil
bajarayotganida
yakka
yondashish
usulidan
foydalanish mumkin. Hamma uchun umumiy bo‘lgan
mashqlar
detallarini
aniqlashtirish
maqsadida
mashq
tarbiyachi chaqirig‘iga ko‘ra yakka tarzda bajariladi. Bunday
usul tarbiyachining alohida e’tiborini bolalarni yaxshi
uyushtirishni barchani faol kuzatishga jalb etish va topshiriqlar
bajarishning to‘g‘riligini taxlil qilishni, mashqlarni tarbiyachi
chaqirig‘iga ko‘ra qayta bajarishga tayyor turishni talab
yetadi. Mashg‘ulotda bolalar faoliyatini to‘g‘ri almashtirib
turish umumiy zichligini ta’minlaydi. Mashg‘ulotning
umumiy zichligi pedagogik jihatdan o‘zini oqlagan vaqtning
mashg‘ulot
davomiyligiga
nisbati
bilan
belgilanadi.
Bolalarning
tushuntirishlar,
ko‘rsatmalar,
og‘zaki
instruktsiyalarni idrok etishi, tarbiyachi namoyish etgan
jismoniy mashqlarni bajarish usullarini tushuntirib berishi
jismoniy mashqlarni bajarishi va dam olishi pedagogik
jihatdan oqlangan hisoblanadi.
3-§. Kun tartibida jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish ishlari Ertalabki gimnastika. Ertalabki gimnastika bolaning
oila, yasli bolalar bog‘chasidagi kundalik rejimining majburiy
qismidir. Uning kattalar rahbarligida o‘tkazib turilishi bolalar
asta-sekin yoqimli mushak sezgisi, ijobiy emotsiyalar
xushchaqchaqlik
kayfiyatini
uyg‘otadigan
jismoniy
mashqlarga nisbatan ko‘nikishni tarbiyalaydi. Ertalabki
gimnastikaning a hamiyati rang-barang: u organizmning hayot
faoliyatini yaxshilaydi, uyqudan so‘ng asab tizimini harakatga