- 92 - nisbatan anaerobrok qiladi.
4.
Dam olish xarakteri (faol va faol) xususan pauzalarni
boshqa, qo‘shimcha faoliyat turlari (engil yugurish - asosiy
masofa oralig‘idir vah.k.) bilan to‘ldirish organizmga asosiy
ish turi va qo‘shimcha qilinganini inten-sivligiga qarab
organizmga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Kritikka yaqin tezliklar
bilan ishlashda past intensivlikdagi qo‘shimcha ish nafas
jarayonlarini nisbatan yuqori darajada ushlashga imkoniyat
beradi va shunga ko‘ra tinch holatdan ish holatiga, ish
holatidan tinch holatga o‘tishdagi keskin o‘zgarishlarning oldi
olinadi.
O‘zgaruvchan
metodning
asosiy
xarakterli
tomonlaridan biri ham asosan shundan iboratdir.
5.
Mashqni takrorlashlar (qaytarishlar) soni organizmga
nagruzkani ta’siri ko‘lamining yig‘indisini belgilaydi. Aerob
ish sharoitida takrorlashlar sonini oshirish yurak-tomir va
nafas tizimi organlarini uzoq vaqt davomida yuqori darajada
faoliyat ko‘satishga majbur qiladi. Anaerob sharoitda esa
qaytarishlar
sonini
oshirish
ertami-kechmi
kislorodsiz
mexanizmlarni tugatilishiga olib keladi. Unda ish bajarish
butunlay to‘xtaydi yoki uni intensivligi keskin pasayadi.
Chidamlilik namoyon qilishda nafas muhim a hamiyatga
egaligi ma’lum bo‘ldi. Shunga ko‘ra tinch, bir xil maromdagi
ishlarda asosan burun orqali chuqur nafas olish bilan mashq,
ish bajarish to‘g‘riligi amaliyotda isbotlangan. Ma’lumki
nafas, ko‘krak, qorin, (bryushnoy press) va aralash muskullar
– diafragma aralashuvi orqali olinadi. Kuchli zo‘riqish bilan
bajariladigan
faoliyatda
maksimal
darajada
o‘pka
ventilyatsiyasini yo‘lga qo‘yish uchun (N.G. Ozolin, V.V.
Mixaylov) og‘iz orqali chuqur nafas tavsiya qilinadi. Asosiy