- 104 - uning statitik holatini buzib o‘z gavdasini oldingi (dastlabki)
holatini
ushlab
turishga
urinadi.
Bokschining
raqibi
mushtining zarbi, kurashchini raqibi tomonidan kuch ishlatib
uni tanasini ayrim bo‘laklarini egishga dosh berishi tana
holatini
o‘zgartirmaslik
orqali
ro‘y
beradi.
Bunda
shug‘ullanuvchi
va
uning
raqibi
ma’lum
darajada
qarshiliklarni, og‘irliklarni yengish va ko‘tarishda ma’lum
darajada kuch sifatini namoyon qiladi.
Ilmiy tushuncha tarzida kuch imkoniyati boricha o‘zining
aniq ta’rifiga ega bo‘lishi va farqlanishi lozim:
1) harakatning mexanik xarakteristikasi sifatidagi kuch
(“tanaga «m» massasidagi «F» kuchining ta’siri...”);
2) inson jismidagi jismoniy sifat tarzidagi kuch (masalan,
“yoshning ulg‘ayishi bilan kuchning rivojlanishi; sportchi
kuchini sport bilan shug‘ullanmaydiganlarga nisbatan ko‘p
bo‘lishi...” va h.k.). Bu sifatning psixofizik mexanizmi muskul
zo‘riqishining boshqarilishi (regulyatsiyasi) va ularning ish
tartibi (rejimi) bilan aloqador. Muskulning taranglashishi
insonning kuchini namoyon bo‘lishiga olib keladi. Ruhiy
ozuqa olishi va harakatni ma’lum tizimda bajarish markaziy
hamda pereferik asab sistemasi, xususan, asab markazlaridan
muskullarga kelayotgan signallarga va muskullarning o‘z
xizmati holatiga bog‘liq. Umuman, muskul tarangligi
– zo‘riqishi (kuch namoyon qila olishi) quyidagilarga qarab
aniqlanadi;
1) markazdan muskullarga kelayotgan qo‘zg‘alishlarning
chastotasiga (chastota qancha katta bo‘lsa, muskul shunchalik
zo‘r darajada o‘zining tarangligini oshiradi) ko‘ra;
2) zo‘riqishga qo‘shilgan harakat birligining soni bilan;