O‘ZBEKISTОN RESPUBLIKASI ОLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNОLОGIYA INSTITUTI
“IJTIMOIY FANLAR” KAFEDRASI
«Huquqshunoslik. O‘zbekistоn Respublikasi Kоnstitutsiyasi» fanidan
MAVZU:
Bilish va ilmiy bilish.
Topshirdi: Mamadaliev B
Qabul qildi: A. Mirzaxmedov
Mavzu: Bilish va ilmiy bilish.
Reja:
1. Bilishning falsafiy mazmuni va genezesi. Gnoseologiya va
epistemologiya, agnostitsizm tushunchalari.
2. Bilish shakllari. Xissiy va aqliy bilish.
3. Ilmiy bilish va uning usullari.
4. Xaqiqat va uning shakllari. Amaliyot va uning shakllari.
Inson o’z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni, ya’ni tabiat va
jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o’zining ruhiy – ma’naviy
dunyosini ham bilib boradi.
Bilish – moddiy va ma’naviy borliqning inson miyasidagi
muayyan maqsadga qaratilgan fa ol aks etishidir. Aniq fanlar dunyoni
turli tomonlarini ularning qonuniyatlarini va xususiyatlarini o’rganadi va
ochib beradi. Falsafa esa inson bilishining eng umumiy tomonlarini,
qonuniyatlarini va xususiyatlarini o’rganadi va ochib beradi.
Bu to’g’rida turli qarashlar mavjud. D.Yum bilishning manbai
sub’yektiv sezgi va idroklarimiz biz o’z sezgi va idroklarimiz
chegarasidan tashqarida nima borligini bila olmaymiz.
I.Kant – ob’yektiv borliqni tan olib, u predmet va hodisalarni
«narsalar o’zida»ga bo’ladi. «Narsalar biz uchun»ni inson biladi, bu
insonni qurshab turgan hodisalar, narsalar.
«Narsalar o’zida»ni inson bila olmaydi. Bu erkinlik, o’lmaslik,
xudo va shu kabilar. Kant bilish nazariyasini birinchi bo’lib falsafiy
muammo sifatida, har tomonlama qarab chiqqan faylasufdir.
V .Gegelь (Hegelь) – inson bilishini mutloq ruhning inson
qiyofasida o’z – o’zini anglashidir deydi.
L.Feyyerbax – dunyo insondan va uning ongidan tashqarida
mavjud, inson bilish tabiatning uning sezgilari va tafakkuridagi to’g’ri
in’ikosdir deydi.
Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek, Navoiy – inson tabiat va
jamiyatni hamda o’zini bilishga qodir, inson bilishi sezgi va idroklardan
boshlanib, tafakkurga tomon rivojlanib boradi. Inson aqli – faol, u
bilishning asosiy qurolidir. Ular inson bilishi ma’lum narsalardan
noma’lum narsalar tomon rivojlanib boradi deb ko’rsatadi.
Ingliz F.Bekon ( XVII – XVIII asr) – inson bilishi sezgilardan
boshlanadi, bilishning manbai tajribadir. Fr. Dekart – birdan – bir to’g’ri
bilish – tafakkurdir. Fr. Didro, Gelьbax, Gelьvetsiy, Volьter, Lametri –
sezgilar tafakkurning asosidir, quyi bosqichidir. Tafakkur esa eng yuqori
bosqichidir.
Ilmiy bilish – oddiy bilishdan farq qilib, u borliqdagi predmet va
hodisalarning qonuniyalarini, uning mohiyatini bilishdir.
Hissiy bilish – insonning his qilishi, sezgi a’zolari orqali predmet,
hodisalari, ularning tashqi tomonlarini, belgi va xususiyatlari bilishdir.
Bu bilish xayvonlarga ham xos va farq ham qiladi.
Mantiqiy bilish – insonning predmet va hodisalarni tafakkur orqali
umumlashtirib,
mavxumlashtirib,
konkretlashtirib,
ularni
fikrda
bilishdir. Induktiv bilish – o’z tabiatiga ko’ra, hech bir bevosita hissiy
idroksiz va mantiqiy muhokamasiz biror bir yangi tasavvurlar yoki
yangi fikr ning birdaniga, kutilmaganda tug’ilishidir.
G’oyibona bilish – kishi uzoq masofadan turib sodir bo’lgan yoki
sodir bo’ladigan hodisa va voqeani bilishi, his qilishidi. Hozirgi uch
mexanizmni fanga ma’lum emas.
Ijtimoiy bilish – insonning jamiyat va uning qonunlarini bilishidir.
«Gnoseologiya» grekcha so’z bo’lib «gnosis» - bilish, «Iogos» -
nazariya, ya’ni bilish nazariyasi, bilish to’g’risidagi ta’limot ma
’ьnolarini anglatadi. «Gnoseologiya» atamasi falsafaga nisbatan yaqinda
(1854 yilda), shotland faylasufi J. Ferer tomonidan kiritilgan bo’lsa-da,
biroq u to’g’ridagi bilimlar Zardo’sht, Suqrot, A flotuьn va Aristotelь
davrlaridayoq shakllana boshlagan edi.
Agar gnoseologiya umuman bilish haqidagi ilm bo’lsa,
epistemologiya asosan ilmiy bilish to’g’risidagi fandir.
Gnoseologiya va ontologiya uzviy bog’liq. Ontologiya borliq
to’g’risidagi umumiy ta’limot, borliqьning fundameьntal asoslarini,
umumiy mohiyatini va mavjudlik kategoriyalarini o’rganuvchi
falsafaning bo’lii sifatida gnoseologiya masalalari uchun asos, ma nba
bo’lib hisoblanadi.
Falsafa tarixida bu borada ikki xil pozitsiya paydo bo’lgan: ola mni
bilish mumkin (gnostitsizm) va bilish mumkin emas (agnostitsizm).
Umuman olganda agnostitsizmning o’ziga xos xususiyatlari
nimadan iborat? Uning belgilovchi xususiyati qanday? Ba’zi olimlar
agnostitsizm uchun olamni mutlaqo bilish mumkin emasligi to’g’risidagi
fikr xarakterli, deya ta’kidlaydilar. Ko’pgina o’quv qo’llanmalarda
«agnostitsizmning asosiy tezisi – bilish mumkin emasligi», deya
ta’kidlagan. A gar shunday bo’lsa I.Kant, I.Myuller, G.Gelьmogolьs,
A.Puankare, T.Geksli, K.Pirson yoki G.Bashlyar kabi olimlarning
agnostik fikrlariga nisbatan qanday qarash kerak. Bizningcha, ulardagi
agnostitsizmni umumnazariy ma’noda tushunish mumkin. Aga r biz o’z
asarlarida agnostitsizmga moyil bo’lgan faylasuflar ijodining haqiqiy
mag’zini chaqa olmasak, ularning «bilish mumkin emas», degan fikri
ostida bilishni butunlay inkor etmaslikdan tortib, inson bilimi
cheklanganligi, olam va uni bilishning cheksizligi to’g’risidagi
qarashlarni to’g’ri anglay olmasak, masalaning mohiyati noaniqligicha
qolaveradi. Bir o’ylab ko’raylik, nahotki o’z avrining eng zukko va
bilimdon faylasufi I.Kant «Olamni mutlaqo bilib bo’lmaydi, bunga
intilishning keragi yo’q!» qabilidagi dogmaga yopishib olgan bo’lsa.
Yo’q, Kant inson oqil, aqlli jonzot ekanligiga, u olamni bilishi
mumkinligiga sira shubha qilmagan. Ammo bu bilimning chegarasi
qanday, olamni qay darajada bilish mumkin, degan masalada keng
qamrovli tad qiqotlar olib borgan. Shu tariqa «Narsa o’zida» deb atagan
dunyoni bilishning ko’p jihatlarini o’rgangan, ko’plab qimmatli falsafiy
xulosalarga kelgan. Hozirgacha bu sohaga kirishgan mutaxassislarning
Kantga murojaat qilishi, uning ijodini chetlab o’ta olmasligining siri ana
shunda.
Inson sezgi a’zolari taraqqiyoti, bir tomondan, organik olam
evolyutsiyasi, boshqa tomondan esa, ijtimoiy taraqqiyot natijasi
hisoblanadi.
Agar tashqi dunyoni aks ettirishning faqat fiziologik mexanizmlari
nazarda tutilsa, unda insonga xos sezgi a’zolarini bu borada eng
rivojlangan a’zolar, deb atash qiyin. Masalan, chumolilar magnit
maydonini bevosita sezishadi va unga qarab harakatlanishadi yoki
shaqildoq ilon keng diapazondagi infraqizil nurlarni his qiladi va h.k.
Hissiy bilishning uchta shakli mavjud: sezgi idrok, tasavvur. Sezgi
predmetning alohida xususiyatiga, idrok predmetning bir butun
xususiyatlari sistemasiga mos keladi. Masalan, biron bir meva ta’mini
sezish bir butunlikda idrok etishga olib keladi. Sezgilar idrokdan
tashqarida mavjud bo’lishi mumkin (masalan, sovuqni, qorong’ulikni
sezish), biroq idrok sezgilarsiz bo’lishi mumkin emas. Idrokning
gnoseologik zamini bo’lgan va mustaqil holda namoyon bo’lishiga qodir
sezgilar baribir bir butun idrokning bir bo’lagi, qismi sifatida mavjud
bo’ladi. Shuning uchun idrok tashqi predmetning obrazi bo’lsa,
sezgilarga obrazlilikning u yoki budarajasi xos bo’lishi zarur. To’liqroq
obraz, tabiiyki, idrokda bo’ladi, chunki idrok insonning tashqi muhitga
faol munosabatining natijasidir. Amaliy faoliyatda alohida sezgilar
muhim ahamiyatga ega. Biron – bir narsaning rangining individ
tomonidan uni o’zi bilan o’zaro bog’liqligini anglanishi, masalan,
bolaning dunyoni o’rganishda qo’llarining muayyan narsa sirti bo’ylab
harakatlanishi tufayli shakllanadi. Bunda ko’zning bevosita faoliyati
bo’lib tuyulgan, biroq endi sub’yektdan ma’lum masofada joylashgan
narsa bilan bog’liq holda idrok etilayotgaьn rangni sezish holati sodir
bo’ladi. Ob’yekt strukturasi to’g’risida aXborot beruvchi boshqa sezgilar
ham ushbu holda ko’rish bilaьn birgalikda faoliyat yuritadi. O’z
xarakteriga ko’ra idrok ob’yektga nisbatan izomorf holatini ifodalaydi.
Shunday qilib, sezgilar va idrok tashqi dunyoni hissiy aks ettirish
shakllaridir, ularning bilish imkoniyatlari tur licha. Ularning qayd
etilgan barcha tomonlari va xususiyatlari hissiy in’ikosning uchinchi
shakli – tasavvurga ham tegishlidir, zero tasavvur ularga asoslanadi.
Tasavvurdagi asosiy o’ziga xoslik unda in’ikos ettirilayotgan narsa
yoki hodisa bilan bevosita bog’liqlikning yo’qligidir. Tasavvur
mohiyatan idrok orqali, narsaning yaxlit obrazi tarzida, mavjud
vaziyatdan uzilgan, bir oz umumlashgan, idrokka nisbatan o’ziga xos,
ko’proq umumiy belgbi va jihatlar ifodalanadigan in’ikos shaklidir.
Kishilarda voqelikni abstrakt – fikriy aks ettira oladigan qobiliyat
asosida paydo bo’ladigan hamda rivojlanadigan in’ikosning dastlabki va
yetakchi shakli tushunchadir. Bilish jarayonida tushunchaning asosiy
vazifalaridan biri shuki, u ma’lum guruhlardagi narsalarni ba’zan
ma’lum, umumiy, muhim belgilariga ko’ra umumlashgan holda ajratib
aks edi. Unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: tushuncha abstrakt
tafakkur shakli (yoki turi) sifatida ba’zi narsalarni umumlashtirish va
shu narsalar uchun umumiy bo’lgan belgilar yig’indisini fikraьn ajratish
natijasidir.
Insonning abstrakt-fikrlash qobiliyati tushunchalar bilan birga
voqelikni aqliy o’zlashtirishning boshqa shakllarini ham o’z ichiga
oladi. Klassik formal mantiq fa niga ko’ra, tafakkurning muhokama
yuritish (hukm) va xulosa chiqarish shakllari ham borligi ma’lum. Hukm
– fikrning shunday shakliki, uning yordamida tushunchalarning
haqiqatga mosligi tasdiqlanadi yoki inkor etiladi.
Xulosa. Tushunchalar va hukmlar asosida xulosa shakllanadi.
Xulosa shunday muhokama yuritishki, uning yordamida mantiqan yangi
hukm hosil qilinadi.
Tafakkur va ilmiy bilish usullari deganda, inson fikr yuritishi
jarayonida ilmiy bilishning barcha sohalari va istagan bosqichida
foydalaniladigan umumiy va gnoseolgik operatsiyalar tushuniladi.
Kuzatish empirik bilishning boshlang’ich uslubidir. Kuzatish –
asosan insonning sezgi, idrok, tasavvuridan iborat hissiy qobiliyatlari
asosida narsalarni maqsadli o’rganishdan iborat, kuztish davomida biz
o’rganilayotgan ob’yektning tashqi jihatlari, xossa va belgilari
to’g’risida bilim hosil qilamiz.
Analiz tafakkurning shunday usuliki, u o’rganilayotgan ob’yektni
mustaqil o’rganishda qismlarga, tomonlarga bo’lish asosida alohida
tahlil qilish bilan bog’liqdir. Sintez, aksincha, ilgari ajratilgan
bo’laklarni birlashtirish usuli bo’lib, uning yordamida muhim aloqa va
munosabatlar aniqlangach, qismlari analiz uchun ajratilgan bo’laklar bir
butun holatga birlashtiriladi. A naliz va sintezning o’zaro bog’liq
tadqiqot usullari har bir fan sohasida konkretlashtiriladi.
Abstraklashtirish bizni qiziqtirgan aniq narsa yoki hodisalarga xos
belgilar,
xossa-xususiyatlar
va
munosabatlarni
fikran
ajratish,
tabaqalashtirish jarayonidir. Shu bilan birga, u ushbu jihatdan uncha
muhim bo’lmagan belgi, xossa va munosabatlardan muhimini ajratib
olish hamdir.
Ideallashtirish garchi abstraktlashtirishning bir turi bo’lsada,
bilishning nisbatan mustaqil usulidir. Matematikada «nuqta», «chiziq»
yoki fizikada «ideal gaz» kabi tushunchalar ideallashtirish natijalari
bo’lib hisoblanadi. Idea lla shtirish jarayonida narsaning real
xossalaridan imkon qadar uzoqlashiladi. Ideal ob’yekt deb ataluvchi
narsa hosil qiliьnadi, uning yordamida real ob’yektlarni bilish uchun
nazariy tafakkurdan foydalaniladi. Masalan, moddiy nuqta tushunchasi
haqiqatda bironta ham ob’yektgba mos kelmaydi. Biroq, ideal ob’yekt
bilan ishlayotganda biron bir mexanik qurilma (snaryad), sun’iy
yo’ldosh, +uyosh tizimi sayyorasi kabi real ob’yektlarni nazariy
tushuntirish va ular tabiatini taxmin qilish imkoniyatiga ega bo’linadi.
Induksiya tajribaviy fanlar uchun tadqiqot usuli hisoblanadi. Ushbu
usuldan foydalanganda fikr juz’iy, a lohida bilimdan, fakt –
ma’lumotlarni bilishdan umumiylikni, qonunlarni bilish tomon
harakatlanadi. Induksiya asosida induktiv xulosalar yotadi. Ular
muammoli bo’lib, to’liq va ishonchli bilimni bermaydi. Bunday
xulosalar go’yoki fikrni umumiy qonuniyatlarni ochishga tomon yo’l
boshlaydi.
Deduksiya gnoseologik mazmuniga ko’ra, induksiya usulining
aksidir. Deduktiv xulosada fikr rivoji umumiy bilimdan xususiy bilim
tomon yo’nalgan bo’ladi. «Deduksiya» maxsus ter min sifatida ma ntiq
qoidalariga binoan mantiqiy xulosalar hosil qilish jarayonini anglatadi.
Induksiyadan farqli deduktiv xulosalar agar asoslarda bunday bilim
mavjud bo’lsa, ishonchli bilim beradi.
Analogiyada
ob’yektlarning
ba’zi
belgilari,
xossalari
va
munosabatlaridagi
o’xshashlikdan,
ularni
boshqa
narsa
yoki
munosabatlarga o’xshashligi to’g’risidagi fikr ilgari suriladi. Analogiya
bo’yicha hosil bo’lgan xulosa ham induksiyadagiday muammoli bo’lib,
keyinchalik asoslab berish va tekshirishni talab qiladi.
Modellashtirish o’zining murakkab kompleks xarakteriga ko’ra,
tadqiqot usullaridan ko’ra uslublariga ko’proq mansubdir. U shunday
tadqiqot uslubiki, unda tadqiqotchini qiziqtirgan ob’yekt shuьnga
o’xshash boshqa ob’yekt bilan almashtiriladi. Bunda birinchi ob’yekt
orginal, ikkinchisi esa model hisoblanadi. Keyinchalik modelni
o’rganish tufayli olingan bilimlar a nalogiya asosida orginalga (asl
ob’yektga) ko’chiriladi. Modellashtirish asl ob’yektni o’rganishning iloji
bo’lmagan yoki bunda o’ta katta xarajatlar talab etilgan yoxud vaziyat
qaltisligi bois bevosita o’rganish qiyin bo’lgan hollarda qo’llaniladi.
Eksperiment hodisalarni o’rganishda fanning muayyan maqsadga
yo’naltirilgan uslubi bo’lib, bu uslub yordamida hodisalar sodir bo’lishi
aьniq qayd etilgan sharoitlarda, tadqiqotchi tomonidan qayta hosil
qilinishi va nazorat qilinishi mumkin. Eksperimentning kuzatishga
nisbatan bir qator afzalliklari bor. Masalan, eksperiment davomida
o’rganilayotgan hodisa kuzatilibgina qolmasdan, tadqiqotchi ixtiyoriga
bog’liq ravishda qayta tiklanishi ham mumkin yoki u orqali tabiiy
sharoitda kuzatish mumkin blmagan hodisalarga xos xossalarni aniqlash
ham mumkin. Bu usul o’rganilayotgan hodisani murakkablashtiruvchi
holatlarni farqli tarzda, uni maqbul ko’rnishda o’rganish imkonini
beradi.
Eksperimentning quyidagi turlari bor: 1) tadqiqot yoki izlab topish
eksperimenti; 2) tekshiruvchi yoki nazorat eksperimenti; 3) qayta xosil
qiluvchi; 4) ajratuvchi; 5) miqdoriy yoki sifatiy; 6) fizik, kimyoviy,
biologik, sotsial eksperiment.
Metodolgiyada «gipoteza» atamasi ikki ma’noda ishlatiladi:
bilimning mavjudlik shakli sifatida muammolilik, ishonchsizlikni
ifodalaydi yoki g’oyalarni tushuntirib beruvchi, shakllantiruvchi va
asoslovchi metod sifatida qonun, prinsip va naza riyalarni o’rnatishga
eltuvchi yo’ldir.
Gipoteza metodi yangi qonunlar, prinsiplarni ochish va
nazariyalarni yaratish jarayonida ilmiy tadqiotning ijodiy xarakterini
namoyish qiladi.
Ijtimoiy bilish haqida so’z borar ekan, eng avvalo, masalaning ikki
jihatiga e’tibor qaratish kerak: a) har qanday bilish jamiyatda paydo
bo’ladi, shakllanadi va ma’naviy – madaniy asoslarga tayanadi. Bu har
qanday bilim ijtimoiydir, u insonning odamlar orasidagi faoliyati bilan
bog’liq, degan ma’noni anglatadi; b) ijtimoiy bilish inson faoliyati
shakllaridan biridir, ya’ni jamiyatni, ijtimoiy jarayoьn va hodisalarni
bilishdir.
Falsafa tarixida, umuman falsafada haqiqatni tushunishda turli xil
yondashuvlar mavjud. Ya’ni «haqiqat – bilimlarning tajribada
isoblanganligi». «Haqiqat - bilimlarning voqelikka mosligi». «Haqiqat –
bilimning foydalanganligi, uning samaradorligi» va hokazo.
Haqiqat bilimning voqelikka muvofiqligidir, degan dastlabki
xulosa haqiqatning klassik konsepsiyasiga xos asosiy fikrdir.
Bizningcha, bu haqiqatning konsepsiyalari orasida eng qadimiysi bo’lib,
haqiqatni nazariy tadqiq etish aynan undan boshlangan, deyish mumkin.
Haqiqatni bunday tarzda dastlabki o’rganish Aflotun va Aristotelь
tomonidan amalga oshirilgan edi. Xorazmiy va Forobiy, Beruniy va Ibn
Sino, F. Akvinskiy va P.Golьbax, G.Gegelь v a L. Feyyerbaxlar,
shuningdek XX asrning ko’plab faylasuflari ham haqiqatning ushbu
klassik konsepsiyasiga qo’shilishgan. Uni agnostiklar ham inkor
etmaganlar. Bu fikr tarafdorlari orasida metafiziklar ham, dialektiklar
ham bor.
Haqiqat ob’yektiv bo’lishi bilan birga konkret hamdir. Uning
konkretligi – bilimlarning narsa va hodisalarga tegishli bo’lgan aloqa va
munosabatlarga bog’liqligi, ular mavjud bo’ladigan, rivojlanadigan
sharoit, joy va vaqt bilan uzviy aloqadorligidir. Konkretlilik tamoyilini
yuqoridagi atomistik gipoteza misolida ham ko’rish mumkin. Yoki ko’p
marta misol qilib keltiriladigan «Suv 100 gradusda qaynaydi» degan fikr
normal atmosfera bosimida (simob ustuni 760 mm. bo’lganda) to’g’ri va
aks holda noto’g’ridir. Sotsial bilish sohasida bunga misollar nihoyatda
ko’p. Insoniyat tarixining biron bir davri, jamiyat yoki davlatda to’g’ri
bo’lgan islohot yoki ijtimoiy o’zgartirish boshqa davr yoki davlatda ish
bermasligi mumkin. Xuddi shuning uchun «Taraqqiyotning o’zbek
modeli» bizning mamlakatimiz realligiga mos keladigan usul sifatida
qaraladi. Xolbuki, o’zga mamlakatlar ham o’tish davrini boshidan
kechirgan, ammo ularning tajribasini bizga to’la ko’chirib bo’lmas edi.
Ana shu sababdan ushbu o’zimizga xos va mos model ishlab chiqilgan.
U hozirgi davrni ifodalaydigan model bo’lib, dogma emas, balki
taraqqiyot davomida rivojlanib boradi.
Amaliyot insonning olam bilan ongli, ijodiy aloqasidan iborat
faolligidir
Amaliyotning quyidagi shakllari mavjud: ijtimoiy ishlab chiqarish
(sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, iste’mol mollari ishlab
chiqarish); ijtimoiy – siyosiy (davlatning qaror topishi, partiyalar
vujudga kelishi, sotsial-strukturaviy o’zgarishlar, boshqaruv organlari,
ijtimoiy harakatlar, urushlar va boshqalar); ilmiy eksperiment
o’rganilayotgan ob’yektni maqsadli o’rganish maqsadidagi (sotsial
eksperiment, fizik, ximik, genetik va boshqa eksperimentlar); vrachlik
yoki tibbiyot (xirurgik, terapevtik, stomatologik va boshqalar); oilaviy –
maishiy, kundalik turmush, xo’jalik (uy-joy qurilishi va ta’mirlash,
bog’dorchilik, polizchilik, oziq-ovqat tayyorlash va boshqalar).
Amaliyotning bu shakllari inson hayotining muhim sohalarini qamrab
olganligi uchun zaruriydir, bular qatorida bolalarning o’yin amaliyoti;
qotillarning asotsial amaliyoti; sport amaliyoti kabilar ham bor.
A D A B I Yo T L A R
Karimov I.A. Ko’p jildlik asarlar to’plami.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: «O’zbekiston», 2003 y.
Yo’ldoshev S. va boshqalar. Yangi va eng yangi davr G’arbiy Yevropa
falsafasi (XVII – XX asrlar). T.: «Sharq», 2002 y.
Abilov O’. O’zbekiston taraqqiyotining optimistik ruhi. T.: «Istiqlol»
2003 y.
Falsafa. Qomusiy lug’at. T.: «Sharq», 2004 y.
Ergashev I. Siyosat falsafasi. T.: «Akademiya», 2004 y.
Jahon falsafasi tarixidan lavhalar. T.: 2004 y.
Falsafa asoslari. T.: «Sharq», 2005 y.
Qodirov A. Siyosat falsafasi. T.: 2005 y.
Norqulov D.T. Vaqt va inson T.: «Falsafa va huquq», 2006 y.
Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy – ma’rifiy
asoslari. T.: «Toshkent Islom Universiteti», 2005 y.
Saifnazarov I. i drugiye. Filosofiya. T.: 2005 y.
Erkin va farovon hayotni yuksak ma’naviyatsiz qurib bo’lmaydi. T.
«O’zbekiston», 2006 y.
Safarova N. Terrorizm: manbalar, maqsadi globallashuv jarayoni.
(tarixiy - falsafiy tahlil) T.: «Fan», 2006 y.
15. Djalilov I. Oni stoyali u istokov filosofskix i yuridicheskix
nauk v Uzbekistane. Almato’, 2006 y
Dostları ilə paylaş: |