5.3 Bojxona to’lovlarini kechiktirib yoki bo’lib-bo’lib to’lash
imkoniyatini berish tartibi va nazariy hisobi
Iqtisodiy faoliyatda qulay sharoitlar yaratish maqsadida bojxona
qonunchiligini takomillashtira borib mazkur me`yoriy-huquqiy
hujjatlar qabul qilingan.
Bojxona to’lovlari to’lanishini kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib
to’lash to’g’risidagi qarorni tegishli hududiy bojxona organining
boshlig’i qabul qiladi. Shundan so’ng ushbu bojxona organining
bojxona to’lovlari bo’limi to’lovchi bilan birgalikda jadval tuzadi,
unda bojxona to’lovlarini qisman to’lash muddatlari (davriy to’lovlar)
va har bir so’ndirishda ularning miqdori belgilanadi. Bunda shuni
nazarda tutish lozimki, muddat kechiktirilgani yoki bo’lib-bo’lib
to’lanishiga imkon berilgani uchun Markaziy bank belgilagan takroriy
moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida to’lov undiriladi.
Biroq, agar kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash respublika
hukumatining qarori bilan taqdim etilsa, foizlar undirilmaydi.
Bojxona amaliyotida bojxona to’lovlarini to’lashni
ta`minlashning usullari.
Bojxona kodeksining tegishli moddasiga
ko’ra, bojxona to’lovlarini to’lash tovarlar va transport vositalarini
garovra qo’yish, uchinchi shaxsning, aniqrog’I - bank yoki
64
respubpikada bank operasiyalarini o’tkazish huquqiga ega bo’lgan
boshqa moliya-kredit muassasasining kafolati yoxud agar tovarlar
erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga muvofiq chiqarilgan
bo’lsa, to’lanishi kerak bo’lgan bojxona to’lovlari summalarini
bojxona organining depozit hisob varag’iga o’tkazish yo’li bilan
ta`minlanishi mumkin
.
Bojxona organi boshqa qaror qabul qilmasa, garovga qo’yilgan
tovarlar va transport vositalari garov qo’yuvchining
egaligida qoladi.
Garov rasmiylashtirilishi tartibi.
Tovarlar va transport vositalarini gapovga qo’yib, to’lovni
kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati berilganida garov
qo’yuvchi bilan bojxona organi o’rtasida ikki nusxada garov
shartnomasi tuziladi, notarial tasdiqlanishi va amaldagi qonunchilikda
belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilishi kerak. Uning bir nusxasi
bojxona organida saqlanadi, boshqasi garov qo’yuvchida qoladi.
Garov shartnomasini bojxona organi nomidan bojxona
organining boshlig’i yoki uning o’rnini bosadigan shaxs, shuningdek
to’lovlar bo’limi boshlig’i (maxsus jurnalda belgi qo’ygan holda),
garov qo’yuvchi nomidan bunga vakolat berilgan shaxs imzolaydi.
Bunda hujjatda garovga qo’yilgan tovar yoki transport vositasining
qoldiq (buxgalteriya hisobida aks ettirilgan) qiymati ko’rsatiladi va
bojxona to’lovlari bo’limining boshlig’i shartnomada ko’rsatilgan
to’lovlar summasining to’g’riligini tasdiqlaydi.
Biroq bojxona organining bojxona to’lovlari bo’limi dastlab
quyidagi qarorlarni qabul qiladi. Birinchidan tovarlar yoki transport
vositalari garovi bilan ta`minlangan bojxona to’lovlari to’lanishi
kafolatining yetarliligi to’g’risida, ikkinchidan, garov buyumini
saqlash joyi to’g’risida, shuningdek shartnomada nazar tutilgan,
65
kechiktirilgan yoki bo’lib-bo’lib to’lanadigan to’lovlar summalarini
to’lash muddati tugagach, uni sotish
imkoniyati to’g’risida.
Bojxona rasmiylashtiruvi chog’ida
bojxona yuk deklarasiyasiga
garovga to’lovlarni kechiktirish va bo’lib-bo’lib to’lash imkonining
berilishi to’g’risida tegishli yozuv va ularning tugash sanasi qayd
etiladi. Bojxona to’lovlari va ularga doir foizlar belgilangan muddatda
to’langanidan keyin garov qo’yuvchi bojxona organing ruxsati bilan
garov buyumini qaytarib oladi.
Garovga qo’yiladigan buyumlar.
Respublikasi bojxona organlarining garovdan foydalanishi
to’g’risida nizomga muvofiq bojxona to’lovlari to’lanishini ta`minlash
uchun tovarlar, shu jumladan valyuta, valyuta boyliklari, qimmatli
qag’ozlar, shuningdek avtotransport vositalari garov buyumi bo’la
oladi.
Majburiyat bajarilishini ta`minlash usuli sifatida garovning
samaradorligi nafaqat garov qo’yuvchining moliyaviy holatiga, balki
garovga beriladigan mol-mulkning sifatiga ham bog’liqdir,
likvidliligi va uzoq muddat saqlanishi buni aniqlash mezonlari bo’lishi
mumkin. Shu sababli quyidagilar garovga qabul qilinmaydi elektr,
issiqlik energiyasi va znergiyaning boshqa turlari; umumiy
foydalanishdagi korxonalar, binolar, imoratlar, inshootlar, er
uchastkalari; boshqa majburiyatni ta`minlash uchun allaqachon
garovga qo’yilgan yoki uchinchi shaxslar foydasiga bundan avvalgi
boshqa majburiyatlarga tortilgan mol-mulk; mulkiy huquqlar;
respublikaga olib kirish yoki undan olib chiqish taqiqlangan tovarlar
na transport vositalari; tez buziladigan tovarlar; respublikadan
tashqarida bo’lgan mol-mulk; qayerda joylashganligi va undan
foydalanish ustidan doimiy nazoratni muayyan bojxona organi
ta`minlay olmaydigan buyumlar; erkin sotilishi qonun bilan
66
taqiqlangan mahsulotlar va ishlab chiqarish chiqindilari. Shaxsiy
tusdagi talablar, ularning garovi qonun bilan taqiqlangan boshqa
talablar, shuningdek garov qo’yuvchi barcha mulkdorlarning
roziligisiz boshqa shaxslarga bera olmaydigan (xususan, umumiy
egalikda bo’lgan) mol-mulk va hokazolar garov buyumi bo’la
olmaydi.
Shu tariqa, bojxona to’lovlarining to’lanishini ta`minlaydigan
garov buyumi bo’lib erkin (bozor) narxi to’lanishi kerak bo’lgan
summalar - bojxona boji, qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i,
undirilishi bojxona organlari zimmasiga yuklangan boshqa soliqlar;
bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig’imlari; saqlash uchun
bojxona yig’imlarining eng
yuqori summalari: ko’rsatilgan
summalardan respublika Markaziy banki belgilaydigan takroriy
moliyalash stavkasi bo’yicha hisoblab chiqariladigan foizlar; garov
buyumini tutib turish bo’yicha ehtimoliy chiqimlarni va bojxona
organlari oldidagi majburiyatlar bajarilmagan taqdirda davlat mulkiga
aylantirish xarajatlarini ko’plashga hamda sotish munosabati bilan
tovarlar va transport vositalari qiymatining 15 foizidan ham bo’lmagan
tovarlar va transport vositalari xizmat qilishi mumkin.
Bank kafolati bulganda bojxona to’lovlarini kechiktirish va
bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini berish tartibi va shartlari.
Kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati bank
operasiyalarini o’tkazishga respublika Markaziy bankining
lisenziyasini olgan vakolatli bankning kafolati mavjud bo’lganida
beriladi. Bojxona to’lovlarining to’lanishini ta`minlaydigan bank
kafolati bojxona organiga to’lovining bojxona to’lovlari to’lanishi
uchun mas’ul shaxs (deklarant yoki tovarlarni olib o’tuvchi shaxs)
tomonidan bojxona deklarasiyasi topshirilishiga qadar yoki u bilan bir
vaqtda unga to’lovlarni kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash
67
imkoniyatini berish to’g’risidagi yozma arizasi bilan birga taqdim
etiladi. Agar bojxona to’lovlari summasining miqdori hamda
kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati taqdim etilgani
uchun foizlar kafolatda ko’rsatilgan summadan oshib ketsa, u qabul
qilinmaydi.
Shuni e`tiborda tutish lozimki, qonunga ko’ra to’lovchi
belgilangan muddatlarda berilgan kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib
to’lash imkoniyati uchun tegishli bojxona to’lovlari va foizlarni
to’lamagan taqdirda boqimandaning butun summasi, shuningdek
to’lovni kechiktirganlik uchun penyani bojxona organi kafildan
undiradi.
Tegishli summalar bojxona organining depozitiga kiritilganda
to’lovni kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyagini berish
shartlari.
Bojxona to’lovlari va ularga doir foizlar hisob-kitobiga
asoslanib pul summasini kirim qiladi. Bunda mablag’lar bojxona
organining depozitiga bojxona yuk deklarasiyasi qabul qilinishiga
qadar kiritilishi kerak.
Agar ularni uchinchi shaxs kiritsa, kechiktirish yoki bo’lib-
bo’lib to’lash imkoniyati faqat quyidagilar mavjud bo’lganida berilishi
mumkin; tegishli summalarni kiritayotgan shaxsning ularni to’lash
uchun mas’ul shaxs uchun bojxona to’lovlari va foizlar to’lanishini
ta`minlash imkoniyati to’g’risidagi yozma arizasini tegishli bojxona
to’lovlari va foizlar o’z muddatida to’lanmagan taqdirda u kiritgan
summalarni davlat byudjetiga bojxona to’lovlari sifatida o’tkazishga
uning roziligi. Bojxona organining depozitiga bojxona to’lovlari
to’lanishini ta`minlash sifatida kirim qilingan pul mablag’lari, barcha
tegishli bojxona to’lovlari va foizlar to’langanidan keyingina,
to’lovchiga qaytariladi.
68
Bojxona to’lovlarini kechiktirish va bo’lib-bo’lib to’lash uchun
bojxona organiga qanday hujjatlarni taqdim etish zarur.
To’lovlarni kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini
olish uchun bojxona to’lovlarining to’lovchisi faoliyat hududida
bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladigan hududiy
bojxona
organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi zarur:
- xo’jalik yurituvchi sub`ektning blankida belgilangan tartibda
rasmiylashgirilgan, muhr, rahbar va bosh buxgalterning
imzolari bilan tasdiqlangan, byudjet bilan hisob-kitobning
yakuniy sanasi ko’rsatilgan, kafolat xati ko’rinishidagi
ariza;
- bojxona to’lovlari to’lanishi ta`minlanganligini (tovar yoki
transport vositasi garovga berilishi, bank kafolati yoki
to’lashning uchinchi shaxs tomonidan ta`minlanishi)
tasdiqlaydigan hujjat;
- xizmat ko’rsatuvchi bankning mazkur xo’jalik yurituvchi
sub`ektning talab qilib olingungacha depozit hisob-
varag’ida mablag’lar yo’qligi to’g’risida (xo’jalik yurituvchi
sub`ektning hisob-kitob raqami mavjudligida), muhr va
bank boshqaruvchisi yoki uning o’rnini bosadigan
shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan ma`lumotnomasi;
- kontraktning va to’lanadigan bojxona to’lovlari summasi
hisob-kitobining nusxalari.
Eksport mahsuloti ishlab chiqarish uchun moddiy-texnik
resurslar importini amalga oshiradigan ishlab chiqaruvchi korxonalar
QQS to’lashni kechiktirish imkoniyatiga ega bo’lish uchun
qo’shimcha ravishda bojxona organiga rahbar va bosh buxgalter
imzolari bilan (tashkilot muhri bilan tasdiqlangan) mahsulot eksport
to’g’risida yozma majburiyat taqdim etib, unda eksport mahsuloti
69
ishlab chiqarishning va eksportni amalda amalga oshirishning uzil-
kesil muddatini ko’rsatadilar.
Bojxona to’lovlarini to’lashni kechiktirish va bo’lib-bo’lib
to’lash muddati.
To’lovlarni to’lashni kechiktirish va bo’lib-bo’lib to’lash
muddati, to’lov miqdoridan qat’i nazar, ikki oydan oshishi mumkin
emas, bundan eksport mahslotlari mustasno, ularga QQS to’lashni
kechiktirish imkoniyati BYuD qabul qilingan kundan boshlab 90
kunga berilishi mumkin. Moddiy ishlab chiqarish va xizmatlar
sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga, fermer
xo’jaliklariga, shuningdek yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan
dehqon xo’jaliklariga o’z ehtiyojlari uchun import qilinadigan
uskunalar, xom ashyo va moddiy resurslarga bojxona to’lovlarini
to’lashga doir (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig’imlar bundan
mustasno) foiz undirmasdan 90 kun muddat bilan to’lash
qechiktirilishi mumkin.
Bojxona to’lovlarini kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash
imkoniyati berilgani uchun foizlar hisobi.
To’lovlarni kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati
berilgani uchun foizlarni hisoblash milliy valyuta -so’mda amalga
oshiriladi.
To’lovlarni kechiktirish quyidagi formula bo’yicha hisoblab
chiqariladi:
100
365
12
⋅
⋅
⋅
⋅
=
Dostları ilə paylaş: |