86
respublika hududiga import qilinadigan tovarlar qo’shilgan qiymat
solig’i (QQS)ga tortiladigan manba hisoblanadi. Respublika hududiga
import qilinadigan tovarlarga nisbatan qo’shilgan qiymat solig’ini
hisoblab chiqish va to’lash tartibi asosida amaliyotga joriy qilinadi.
Mazkur Yo’riqnoma respublikaning Soliq va Bojxona
kodekslariga asosan ishlab chiqilgan hamda respublika hududiga
import qilinadigan tovarlarga nisbatan qo’shilgan qiymat solig’ini
hisoblab chiqish va to’lash tartibini belgilaydi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan rivojlangan har bir davlat
iqtisodiyotga bilvosita ta`sir etish va o’z daromadlarini
shakllantirishda soliqlarning bir butun tizimini qo’llaydi. Bu tizim,
asosan to’g’ri va bilvosita soliqdardan iboratdir. Bilvosita (egri)
soliqlar tizimiga bojxona organlari tomonidan undiriladigan,
qo’shilgan qiymat va aksiz soliqlari hamda bojxona yig’imlar kiradi.
Respublika hududiga tovarlarni import qilayotgan jismoniy yoki
yuridik shaxslar qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchilar hisoblanadi.
Qo’shilgan qiymat solig’ini bevosita deklarant yoki istalgan
manfaatdor shaxs, agar qonun hujjatlarida o’zga hol nazarda
tutilmagan bo’lsa to’lashi mumkin. Import qilinayotgan tovarlar
uchun - QQS 20 % stavkada undiriladi.
Respublika hududiga import qilinadigan tovarlar bo’yicha
qo’shilgan qiymat solig’ini muvofiq belgilanadigan bojxona qiymati
hisoblanadi. Tovarlar importa bo’yicha soliq solinadigan aylanma
manba hajmiga bojxona qiymati bilan bir qatorda bojxona boji
summasi va aksiz solig’i qatorda bojxona boji summasi (aksiz solig’i
to’lanadigan tovarlar bo’yicha) kiritiladi.
QQS quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: