110
Ilova
Bojxonaning asosiy tushunchalari:
- tovarlar — har qanday ko’char mol-mulk, shu jumladan
valyuta va valyuta boyliklari, elektr, issiqlik energiyalari va
energiyaning boshqa turlari, intellektual mulk ob`ektlari,
oldi-sotdi yoki ayirboshlash ob`ekti hisoblanuvchi
bajarilgan ishlarning, ko’rsatilgan xizmatlarning natijalari;
- transport vositalari — yo’lovchilar va tovarlarni tashish
uchun foydalaniladigan vositalar, shu jumladan
konteynerlar va boshqa transport uskunalari;
- tovarlar va transport vositalarini olib utuvchi shaxslar —
tovarlar va transport vositalarining mulkdorlari, ularning
sotib oluvchilari, egalari yoxud ular bilan qonun
hujjatlariga muvofiq etarli bo’lgan boshqacha tarzda
ishtirok etuvchi shaxslar;
- tashuvchi — tovarlarni amalda olib o’tuvchi yoxud transport
vositasidan foydalanish uchun mas’ul shaxs;
- deklarant — tovarlarni olib o’tuvchi, tovarlar va transport
vositalarini o’z nomidan deklarasiyalovchi, ko’rsatuvchi va
taqdim etuvchi shaxs yoki tovar olib o’tuvchi shaxs
nomidan ish olib borayotgan bojxona brokeri;
- bojxona chegarasidan olib utish — tovarlar yoki transport
vositalarini har qanday usulda, shu jumladan xalqaro
pochta jo’natmalarini yuborish. quvur transportidan hamda
elektr uzatish liniyalaridan foydalanish yo’li bilan bojxona
hududiga olib kirish yoki olib chiqish harakatlarini amalga
oshirish.
|