1.3 Bojxona siyosatini tarkibi va mohiyati
Respublikada mamlakatning ichki va tashqi siyosatining tarkibiy
qismi bo’lib hisoblanuvchi yagona bojxona siyosati amalga oshiriladi.
Bojxona siyosatining asosiy maqsadlari respublika bojxona
hududida samarali bojxona nazoratini hamda tovar ayirboshlashni
tartibga solishni ta`minlashdan, iqtisodiyotning rivojlanishini
rag’batlantirishdan, ichki bozorni himoyalashdan iboratdir.
Bojxona siyosatini amalga oshirishda amaldagi qonunchilik va
bojxona ishi to’g’risidagi qonun hujjatlaridan foydalaniiladi.
Bojxona ishi respublikaning bojxona chegarasi orqali tovarlar va
transport vositalarini olib o’tish, boj to’lovlarini undirish, bojxona
rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi va
shartlardan hamda bojxona siyosatini amalga oshirishning boshqa
vositalaridan iboratdir.
12
Bojxona ishi respublika bojxona organlari tomonidan amalga
oshiriladi. Respublikaning quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki
suvlari hamda ular ustadagi havo bo’shlig’i bojxona hududini tashkil
etadi.
Respublika hududida erkin bojxona zonalari va erkin omborlar
bo’lishi mumkin, ularning hududdari, agar qonun hujjatlarida
boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, respublika bojxona
hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi.
Bojxona hududi sarhadlari, shuningdek erkin bojxona zonalari
va erkin omborlarning chegaralari respublikaning bojxona chegarasi
hisoblanadi.
Bojxona ishida respublikaning bojxona organi bojxona
deklarasiyasini va boshqa hujjatlarni qabul qilib olayotgan kuni
amalda bo’lgan qonun hujjatlari qo’llaniladi, qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bojxona chegarasi orqali
tovarlar va transport vositalari qonunga xilof ravishda olib o’tilgan
taqdirda, tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasi orqali olib
o’tilgan kuni amaldagi qonun hujjatlari qo’llaniladi.
Agar respublikaning xalqaro shartnomasida bojxona haqidagi
qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar
belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
Quyidagi asosiy elementlar mavjud bo’lib, ularni tushuntirib
o’tamiz:
Tovarlar – har qanday ko’char mol – mulk, shu jumladan
valyuta va valyuta boyliklari, elektr, issiqlik energiyalari va
energiyaning boshqa turlari, shuningdek intelektual mulk ob`ektlari,
oldi–sotdi yoki ayirboshlash oboekti hisoblanuvchi bajarilgan
ishlarning, ko’rsatilgan xizmatlarning natijalari;
13
Deklarant – tovarlarni olib o’tuvchi, tovarlar va transport
vositalarini o’z nomidan deklarasiyalovchi, ko’rsatuvchi va taqdim
etuvchi shaxs nomidan ish olib borayotgan bojxona brokeri;
Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasidan olib
o’tish – tovarlar yoki transport vositalarini har qanday usulda, shu
jumladan xalqaro pochta jo’natmalarini yuborish, quvur transportidan
hamda elektr uzatish liniyalaridan foydalanish yo’li bilan bojxona
hududiga olib kirish yoki olib chiqish harakatlarini amalga oshirish.
Shunday harakatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
- Tovarlar va transport vositalari bojxona hududiga olib
kirilganda, shu jumladan erkin bojxona zonalari va erkin
omborlar hududidan olib kirilganda – bojxona
chegarasidan amalda o’tish;
- Tovarlar yoki transport vositalari bojxona hududidan olib
chiqilganda, shu jumladan erkin bojxona zonalari va erkin
omborlar hududiga olib chiqilganda – bojxona
deklarasiyasini taqdim etish va tovar yoxud transport
vositalarini olib chiqish maqsadini amalga oshiriga
bevosita qaratilgan o’zga harakatni bajarish.
Iqtisodiy siyosat choralari – tovarlar va transport vositalarini
respublikaga olib kirish hamda respublikadan olib chiqishga doir
cheklovlar bo’lib, ular kvota belgilashni, lisenziyalashni, shuningdek
respublika iqtisodiyotining jahon xo’jaligi bilan o’zaro hamkorligini
tartibga solib turuvchi boshqa choralarni o’z ichiga oladi.
Tovarlar va transport vositalarini olib o’tuvchi shaxs – tovarlar
va transport vositalarining mulkdorlari, ularni sotib oluvchilar, egalari
yoxud ular bilan Kodeksda nazarda tutilgan harakatlarni o’z nomidan
amalga oshirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq yetarli bo’lgan
boshqacha tarzda ishtirok etuvchi shaxslar.
14
Tashuvchi – tovarlarni amalda olib o’tuvchi yoxud transport
vositalaridan foydalanish uchun mas’ul shaxs.
Dastlabki qaror – tovarning tasnifi, uning boj qiymati, qaysi
mamlakatda tayyorlanganligi, bojxona to’lovlarining miqdoriga
hamda bojxona ishiga oid boshqa masalalarga taalluqli bo’lgan
bojxona organi chiqargan qaror.
Bojxona rasmiylashtiruvi – tovarlar va transport vositalari
ustidan bojxona nazoratini ta`minlash maqsadida bojxona
organlarining mansabdor shaxslari, amalga oshiradigan operasiyalar
majmui.
Respublikaning bojxona chegarasi orqali olib o’tiladigan, shu
jumladan tovar sifatida olib o’tiladigan transport vositalari bojxona
organlari belgilaydigan joylarda to’xtaydi. Bu talab bajarilmagan
taqdirda bojxona organlari trasport vositalarini qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan tartibda majburlab to’xtatishga haqli.
Transport vositalarini to’xtatib turish muddati bojxona nazorati
va bojxona rasmiylashtiruvi manfaatlariga zid tarzda qisqartirishi
mumkin emas.
Transport vositalarini to’xtatib turish joylaridan jo’natib yuborish
bojxona organining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Transport vositalarining respublika bojxona chegarasidan o’tish
joyi va vaqti tashuvchi tomonidan tegishli bojxona organi bilan
kelishib olinadi.
Bojxona ta`minlovi – bojxona organlari, plombalar, muhrlar
bosish, raqamli, harfli va boshqa markalar, qiyoslash belgilarini
qo’yish, shtamplar bosish yo’li bilan amalga oshiriladigan tovarlar va
transport vositalarini, binolar va boshqa joylarni qiyoslash vositasi.
Bojxona siyosatini mohiyatini olib borishdan oldin uning asosiy
tushunchasini anglab olish lozim.
15
Bojxona siyosati – bu ichki va tashqi iqtisodiy manfaatlarni
amalga oshirishda bozor munosabatlari sharoitida siyosiy va
ijtimoiy-iqtisodiy o’arakterga ega bo’lgan maqsadlarni yo’naltiruvchi
qonunchilik, ijro va nazorat me`yorlari tizimidir.
Ushbu berilgan tushuncha yuk siyosatini umumiy holda ifodalab
beradi. Aniq asoslash uchun bojxona siyosatini davlatning ichki va
tashqi siyosati sifatida qismlarga ajratib tushuntirib o’tamiz.
Bojxona siyosati o’z ichiga aniq maqsadlarni, tamoyil va
vazifalarni olgan konsepsiyasiga asoslanadi. Bojxona tamoyillari
xalqaro tajribalar bazasi ostida ishlab chiqiladi va Xalqaro savdo
tashkiloti (XST) hujjatlariga kiritiladi. Mamlakat Prezidentining ichki
va tashqi siyosati bazasi ostida ham ishlab chiqariladi va to’liq unga
asoslanadi.
Davlatning ichki va tashqi siyosati bilan bojxona siyosati uzviy
bog’liqligi aniq faktdir. Birinchidan, bojxona siyosati davlatning ichki
siyosatini tarkibiy elementi bo’lib hisoblanadi. Bojxona siyosati
qurollarini qo’llagan holda, tarif va notarif cheklashlarni amalga
oshirishni, bir qator ichki siyosatni asosiy vazifalarni hal qilishga
chaqiradi:
- milliy iqtisodiyotni har tomonlama tartibga solish;
- ichki bozorni himoya qilish;
- tarkibiy tuzilishni amalga oshirish;
- byudjetni foyda yoki daromad qismini to’ldirish.
Bojxona siyosati qurollari yoki uning tarkibiy elementlarini
zaiflashuviga yo’l qo’yilsa, milliy iqtisodiyotga shuningdek iqtisodiy
manfaatlarga katta zarar yetishi mumkin va mamlakat iqtisodiy-
ijtimoiy islohotlarini amalga oshirilishini to’xtatib qo’yishi mumkin.
Ikkinchidan, bojxona siyosati ichki siyosatning tarkibiy qismi sifatida
huquqni himoyalovchi va davlat manfaatlarini, korxonalar
16
manfaatlarini, xo’jalik birlashmalari manfaatlarini, shu bilan birga
yuridik va jismoniy shaxslar huquqlarini himoya qiluvchi bo’lib
hisoblanadi. Ushbu siyosat ichki bozorni tashqi tovarlardan va
buzishga olib keluvchi destruntil elementlardan himoya qilishga
qaratilgan.
Bojxona siyosatining huquqni himoya qilish bazasi tarkibiga
bojxona nazorati elementini kiritish mumkin, qaysiki unga tegishli
bo’ladi:
- nazorat zonalarini va nazoratni tashkil etish maqsadida,
ekspert va mutaxassislarni jalb etish;
- bojxona maqsadida zarur bo’lgan huquqiy hujjatlarni
tekshirish;
- tovar va transport vositalarini tekshiruvchi, hisob va
hisobotlar teshiruvi, huquq va omborxonalar tekshiruvi va
boshqalar;
- tanlov prinsipini bojxona nazoratida qo’llagan holda zarar
etkazmasdan taftish o’tkazish.
Uchinchidan, bojxona siyosati mamlakatning tashqi siyosatining
tarkibiy qismi sifatida Davlat ta`minotiga va tashqi iqtisodiy
manfaatlariga xizmat qiluvchi tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga
oshirishga yordam beruvchi bo’lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |