Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi


Savol. Chidamlilik jismoniy fazilatiga ta’rif bering.  Javob



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Savol.
Savol. Chidamlilik jismoniy fazilatiga ta’rif bering. 
Javob. Muskullar ishi faoliyatida jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish 
jarayonida charchoqqa qarshilik ko’rsatish darajasi chidamlilik sifati deb ataladi. 
12. 
 Savol. Maxsus va umumiy chidamlilikka ta’rif bering. 
Javob. Tanlab olingan (ixtisoslik) sport turi yoki mehnat faoliyati uchun talab
qilinadigan chidamlilikni maxsus chidamlilik, boshqa hayotiy sharoitdagi faoliyat 
uchun lozim bo’lgan chidamlilik umumiy chidamlilik deyiladi. 
13. 
Savol. Chidamkorlik sifati qanday tarbiyalanadi? 
Javob: Uzoq muddatli mashqlar bajarish, mashqlarni takrorlash, charchoqni
yengishga qaratilgan turli tipdagi jismoniy mashqlar orqali tarbiyalanadi. 
14. 
Savol. Tezkorlik jismoniy fazilatiga ta’rif bering. 
Javob. Tezkorlik deganda individual harakat tezlik xaraktirestikasining, asosan 
harakat reaksiyasining vaqtini bevosita bog’lovchi funksional xususiyatlar
kompleksi tushuniladi. 
15. 
Savol. Tezlikning namoyon bo’lishini nechta shakli bor? 
Javob. Uchta quyidagi shakli mavjud: 
Yakka harakat tezligi (kichik tashqi qarshilikni yengish bilan). 
Harakatlar chastotasi.


86
Harakatlar reaksiyasini tezligi (yashirin lament davri). 
16. 
Savol. Egiluvchanlik jismoniy fazilatiga ta’rif bering. 
Javob. Egiluvchanlik jismoniy fazilat bo’lib, harakat tayanch apparatlarining
funksional xususiyatlari demakdir. Bu xususiyatlar shu apparat bo’g’inlarining 
harakatchanligi, uning maksimal amplitudasi (og’ishi, egilishi, buklana olishi, 
cho’zilishi, qayishqoqligi) bilan o’lchanadi. 
17. 
Savol. Egiluvchanlik jismoniy fazilatining qanday turlari mavjud? 
Javob. Egiluvchanlik faol va nofaol bo’lishi mumkin. O’z muskul kuchi evaziga
egilish faol egiluvchanlik va tashqi qarshilikni yengish evaziga ro’y beradigan
egiluvchanlik esa nofaol egiluvchanlik deyiladi. 
18. 

Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin