Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
57
bermadi, chunki men unga to‘g‘ri yondasholmagandim. Men dovondan redaktsiyaning topshirig‘ini 
ham, qo‘shni respublika gazetasining iltimosini ham bajara olmay quppa-quruq ketadiganga o‘xshab 
qoldim. 
— Xo‘p, mayli, bake, kechirasiz, endi men ketay. Hozir biror yo‘lovchi mashina kelib qolar. 
Boytemir menga osoyishta va sergak ko‘zlarini qadab, diqqat bilan tikildi-da, miyig‘ida kulib 
qo‘ydi. 
— Shaharlik qirg‘izlar urf-odatlarimizni unutib qo‘yyaptilar-da. Mening uyim, oilam, dasturxonim 
va tunaydigan joyim bor. Meni deb kelgan ekansiz, yo‘ldan qaytmasdan, bugun uyimga tushib, ertaga 
ketarsiz. Yuring, men sizni xotinim va o‘g‘limning oldiga qoldirib qaytay: ko‘nglingizga olmaysiz, 
albatta. Qorong‘i tushmasdan yo‘lni bir aylanib chiqishim kerak. Tezda qaytaman. Ishimiz shunaqa... 
— Bake! — deb to‘xtatdim uni. — Men siz bilan birga yo‘lni aylanib chiqa qolay. 
Boytemir mening shaharlik qiyofamga bir nazar tashlab oldi-da, ayyorona ko‘z qisib qo‘ydi: 
— Qalay bo‘larkan, men bilan birga kezib yurishingiz sizga noqulay bo‘lmasmikin? Masofa uzoq, 
buning ustiga yo‘l ham yaxshi emas. 
— Mayli, hechqisi yo‘q, — deb qat’iy turib oldim men. 
Shunday qilib, biz yo‘lga tushdik, har bir ko‘prik va muyulish oldida, o‘pirilgan joylar va osilib 
turgan qoyalar qarshisida yo‘l-yo‘lakay to‘xtab, ularni ko‘zdan kechirib borardik. Bularning hammasi 
yo‘l masterining ziyrak va o‘tkir nazaridan o‘tardi. Biz o‘z-o‘zidan gapga kirishib ketdik, albatta. Hali-
haligacha nima uchun, qaysi so‘zim bilan, nimam bilan va qay yo‘sinda Boytemirning ishonchini 
qozonganligimni o‘zim ham bilolmayman. Azbaroyi shu ishonchi tufayli u menga o‘z taqdiri haqida va 
oilasining taqdiri haqidagi qissani so‘zlab berdi. 
Faqat endigina, Ilyosning hikoyasini oxiriga qadar tinglab bo‘lgach, jurnalist sifatida omadim juda 
o‘ngidan kelganini tushundim. Zohiran xotirjam va osoyishta ko‘ringan Boytemir o‘sha kunlari o‘zi 
bilan g‘am-g‘ussa, tashvish va o‘y-xayollarning ulkan yukini ko‘tarib yurar edi. Qandaydir, tasodifan, 
ko‘nglini yozish uchundir, Boytemir bir-ikki og‘iz aytib yubordi-yu, keyin gapini to‘xtata olmay, 
qalbidagi dard-hasratlari qo‘zg‘alib, daryo kabi oshib-toshib ketdi... 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin