Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə198/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
198
Shu so‘zlardan keyin sekin-sekin yana Zaynilar kechasining qorong‘iligiga cho‘mdim. 
* * * 
Ko‘zlarimni ochganimda yotgan yerimni taniy olmadim: boshqa uy, boshqa deraza-
lar... Tirsaklarimga tiranib turmoqchi bo‘ldim, lekin boshim meniki emasday yana 
yostiqqa tushdi. Shoshib tevaragimga qaradim-u yana doktorning moviy ko‘zlarini 
ko‘rdim... 
— Farida, meni taniyapsanmi? 
— Nega tanimayin, doktorbey? — dedim. 
— Xudoga shukr, xudoga shukr. Endi u kunlarning betini ko‘rmaylik... 
— Bir nima bo‘ldimi, doktorbey? 
— Sening yoshingdagi bolalar uchun qo‘rqinchi yo‘q. Bir oz uxlading, qizim, bir oz ux-
lading. Unchalik ahamiyati yo‘q... 
— Qancha uxladim? 
— Ko‘p-u, lekin zarari yo‘q... O‘n yetti kuncha... 
O‘n yetti kun! Shuncha uxlash! Qiziq-ku?.. Yorug‘ meni bezovta qilgani uchun yana 
ko‘zlarimni yumib oldim. Bu o‘n yetti kunlik uyquga boshqa birovning ko‘ksidan 
chiqayotgandek, boshqa birovning lablaridan uchayotgandek g‘alati bir qahqaha bilan 
kuldim. Keyin yana uxlab qoldim. 
* * * 
Og‘ir asabiy tutqaloqni boshdan kechirdim. Doktor Xayrullobey meni o‘z uyiga olib ke-
lib, o‘n yetti kun tepamdan jilmay o‘tiribdi. Bu umrimda birinchi marta qattiq og‘rishim 
edi. Tamom tuzalib ketishim qirq kundan ortiqroqqa cho‘zildi. Kunlarcha o‘rnimdan tur-
may yotdim. Kasaldan keyin sochlarim tusha boshladi. Bir kun qaychi so‘rab olib, so-
chimni qirqib tashladim. 
Tuzalish qanday yaxshi narsa! Odam dunyoga yangidan kelganday bo‘ladi. Eng 
ahamiyatsiz narsalarga ham chiroyli qo‘g‘irchoqlarga qaragan yosh bola singari suyunib, 
yayrab-yashnab qaraydi. Oynakka o‘zini urgan kapalak, oyna chekkasida rang-barang 
tovlangan quyosh nuri, uzoqdagi podaning ma’rashlari qalbimni lazzat bilan tipirchilata-
di. 
Kasallik so‘nggi uch yil davomida qalbimda yig‘ilgan barcha zahru zaqqumlarni olib 
ketdi. Xotiralarim menga boshqa birovnikiday tuyulardi, chunki ular qalbimda endi na 
alam va na hayajon uyg‘otardi. Dam-badam hayron bo‘lib o‘zimdan so‘rayman: “Balki 
bular bir mahallar ko‘rilgan tushning xira xotiralaridir? Yoki bularni biron eski romanda 
o‘qiganmikanman?” 
Ha, bularning hammasini tushda, undagi odamlarni esa ranglari o‘chib, chang bosib 
yotgan eski suratlarda ko‘rgandayman. 
Doktor Xayrullobey majolsiz yotgan kunlarimda yonimdan bir kun ham jilmay 
do‘stlarcha parvarish qildi. Goh hikoyalar aytib, goh romanlar o‘qib, meni zeriktirmaslik-
ka, kuldirib o‘tirishga harakat qildi. Bechoraning o‘zi ham rosa charchadi. 
— Ishqilib, tuzalib ket... Xudo haqqi, og‘rib-netib qolmaganimda ham, azbaroyi maza 
qilish uchun, ipakli ko‘ylak tiktirib, uch oy ko‘rpaga kirib yotib olaman. Senga shu-
naqayam nozlar qilayki... — deyardi. 
Ba’zan uxlayotganga o‘xshash toliqib qolaman. Yupqalashgan qovoqlarimdan o‘tgan 
quyosh nuri menga pushti tuyuladi. Shunday paytlarda Xayrullobey bosh tomonimdagi 
kursida kitob o‘qib yo mudrab o‘tirgan bo‘ladi. Ana shunday toliqqan damlarimda jonim 
tanimdan chiqadi-yu, nurday, ovozday fazolarda uchib yurgan bo‘lib ko‘rinadi. Qaerda, 
qaysi mamlakatga uchib ketyapman? O‘zim ham bilmayman. Birdan chuqur chohga 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
199
qulay boshlayman, ana shunda yuragim orqamga tortadi, seskanib uyg‘onib ketaman. 
Ko‘zlarimni ochib, uzoq, juda uzoq yerlardan qaytib kelganday bo‘laman. Quloqlarimda 
nur tezligi bilan manzara tortib o‘tgan masofalarning shamollari guvillaydi, ko‘zlarimda 
yetti qavat osmonda ko‘rilgan xira, tumanli mamlakatlarning tarqoq, so‘nik xotiralari pir-
piraydi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin