"Biz unga Тur (tog’innng) o’ng tomonidan nido qildik va uni munojot qilgan holida (O’zimizga) yaqin etdik" (Maryam, 52).
Avval payg’ambarlikni, so’ngra haddidan oshib ilohlikni da’vo qilib, "Men
parvardigoringizman", deb aytishga jur’at qiladigan kazzob Dajjol yuqorida zikr etilgan
muqaddas makonlarga kira olmasligi aniq haqiqatdir.
(Bizga Dajjolni ko’rish taqdir qilinadimi, yo’qmi, har qanday holatda uning yomonligidan
panoh so’raymiz. Chunki u juda katta fitna, keng tarqaladigan yomonlikdir. Buyuk
Arshning sohibi bo’lgan Allohdan so’raymiz, Dajjolning yomomligidan qiyomat kunigacha
bizga kifoya qilsin. Omin.
DAJJOL ODAMLARNI NIMAGA CHAQIRADI? Dajjol ishining boshida Alloh tarafidan yuborilgan payg’ambarligini da’vo qiladi va
odamlarni o’zining payg’ambarligini tasdiqlashga chaqiradi. O’zini payg’ambarlarning
oxirgisi ekanini aytadi. Bu haqdagi to’g’ri so’z esa, Nabiyimiz sollallohu alayhi va
sallamning bizga bergan ushbu xabarlaridir: "Dajjol ishining boshida: "Men Allohning
nabiyiman. Mendan keyin bironta payg’ambar kelmaydi..." deydi".
Kazzob bu bilan kifoyalanmaydi, nodonligi va ahmoqligi shu darajaga yetadiki, o’zini iloh
va parvardigor deb e’lon qiladi.
Bu xususda kelgan sahih hadislar juda ko’p.
Safiynadan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar:
«Mendan oldin o’tgan payg’ambar borki, ummatini Dajjoldan ogohlantirgan. Uning chap
ko’zi g’ilay. O’ng ko’zining ustida ortiqcha eti bor. Ikki ko’zining o’rtasida "kofir" deb
yozilgan bo’lib, Allohga iymon keltirgan har bir mo’min uni o’qiy oladi. Uning ikki anhori
bo’lib, biri jannat, boshqasi do’zaxdir. U bilan ikki farishta bo’lib, payg’ambarlardan
ikkitasiga o’xshab ketadi. Хohlasam, u (payg’ambar)larning va otalarining ismini aytib
berishim mumkin. Biri Dajjolning o’ng tomonida, boshqasi chap tomonida bo’ladi. Dajjol:
"Men sizlarning rabbingaz emasmanmi? Men tiriltiraman va o’ldiraman", deydi.
Farishtalardan biri: "Yolg’on aytding", deydi. Lekin (uning gapini) sherigidan boshqa