Microsoft Word dajjol ziyouz com doc


MASIH (ISO) MASIH (DAJJOL)NI O’LDIRADI



Yüklə 242,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/27
tarix12.05.2023
ölçüsü242,34 Kb.
#112229
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Dajjol haqida nima bilasiz

MASIH (ISO) MASIH (DAJJOL)NI O’LDIRADI 
Hadisda keldiki: «...So’ngra Iso alayhissalom yerga tushadi. Sahar vaqtida insonlar 
oldiga kelib shunday deydi: "Ey insonlar! Bu jirkanch kazzobga qarshi chiqishdan sizlarni 
nima to’syapti?" Odamlar: "Bu kishi (aqldan ozgan, shekili)", deydilar. Borib qarasalar, 
Iso ibn Maryam ekanini ko’radilar. Namozga takbir aytiladi. Shunda (imomlik qilish 
uchun) oldingi safga o’ting, ey (Allohning) Ruhi", deyishadi. Iso aytadi: "Imomingiz 
marhamat qilsin (oldinga safga o’tsin) va sizlarga namoz o’qib bersin". 
Bomdod namoziki o’qib bo’lishgach, hammalari Dajjolning oldiga chiqadilar. Kazzob 
Dajjol Isoni ko’rgan zahoti tuz suvda eriganidek eriy boshlaydi. Hattoki daraxt va toshlar 
(tilga kirib) nido qiladi: "Ey Ruhulloh, bu (orqamga berkib olgan) yahudiy (Dajjol 
tobe’laridan). Iso Dajjol tobe’laridan birontasini qoldirmay halok qiladi» (Hasan hadis. 
Ahmad va Hokim rivoyati). 
Avvalgi sahifalarda, Iso ibn Maryamnining tushishi va Dajjolni qatl etishi bayon qilingan 
edi. 
Abu Umoma Bohiliy rivoyat qilgan hadisda aytiladi: "Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallam Dajjol haqida zikr qilgan vaqtlarida, Abu Askarning qizi Ummu Shurayk so’radi: 
"Ey Rasululloh! (O’sha vaqtda) arablar qayerda bo’ladi ?» 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam javob berdilar: "Ular juda oz qoladi. Aksar qismi 
Baytul Maqdisda bo’lib, imomlari solih kishi bo’ladi. Odamlarga bomdod namozini o’qib 
berish uchun oldingi (safga) o’tmoqchi bo’lganida, ularning oddiga Iso ibn Maryam 
alayhissalom tushadi. Iso odamlarga (imom bo’lib) namoz o’qib berishi uchun imom 
orqaga chekinadi. Shunda Iso alayhissalom uning yelkasiga qo’lini qo’yib shunday deydi: 
"Oldingi (safga) o’t va (odamlarga imom bo’lib, namoz o’qib) ber. Chunki sen uchun 
(namozga) takbir aytildi". U odamlarga imom bo’lib namoz o’qiydi. Namoz tugagach, Iso 
alayhissalom aytadi: "Eshiklarni ochinglar". Bas, eshiklar ochiladi. Тashqarida Dajjol 
yetmish ming Bani Isroil yahudiylari bilan hammasi qilich va aslahalar bilan qurollangan 
turgan bo’ladi. Dajjol Isoni ko’rgan zahoti suvda erigan tuzdek eriydi va orqasiga qocha 
boshlaydi. Iso unga qarata: "Men senga bir zarba beriishm kerak. Mening zarbamdan 
qochib, qutula olmaysan", deydi. 
Iso Dajjolga Damashq sharhidagi Ludda darvozasida yetib oladi va unga zarba berib, 
o’ldiradi. Alloh Dajjol tobe’lari bo’lgan yahudlarni mag’lub etadi. Ular bironta tosh yoki 
daraxt yoxud hayvonning orqasiga yashirinsalar, u tilga kirib, gapiradi: «Ey Allohning 
bandasi! Mana bu yahudiy (Dajjolning tobe’daridan). Kel, uni o’ldir". Faqatgina 
"g’arqada" degan daraxt gapirmaydi. Chunki u yahudlarning daraxtidir». 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "Isoning (yer yuzida) turadigan 
kunlari qirq yil bo’ladi. Bir yili yarim yilga teng. Yana bir yili bir oy kabi. Bir oyi bir 
haftadek. Oxirgi kuni uchqundek bo’lib, Madinaning bir eshigidan kirib, ikkinchi eshigiga 
borguningizgacha kech kirib qoladi". "Ey Rasululloh! Biz bu qisqa kunlarda namozni 


Dajjol haqida nima bilasiz? 

Yüklə 242,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin