Microsoft Word dajjol ziyouz com doc



Yüklə 242,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/27
tarix12.05.2023
ölçüsü242,34 Kb.
#112229
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Dajjol haqida nima bilasiz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
qabul qildingizmi?" dedi. U payg’ambarlar: "Iqrormiz", deb javob qilishgach, Alloh aytdi: 
Guvoh bulingiz! Men ham sizlar bilan guvoh bo’lguvchilardanman» (Oli Imron, 81). 
Jobir ibn Abdulloh aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlarini 
eshitdim. "Ummatimning bir toifasi qiyomat kuniga qadar haq ustida kurashadilar. Shu 
vaqt Iso ibn Maryam alayhissalotu vassalom tushgach, amirlari aytadi: "Kel (ey Iso). 
Bizga (imomlik qilib) namoz o’qib beri. Iso aytadi: "Yo’q. Allohning bu ummatga 
ko’rsatgan fazlu karami tufayli, sizlar bir-biringazga amirsiz" (Sahih hadis. Muslim, 
Ahmad rivoyatn). 
Imom Qurtubiy aytadi: "Iso alayhissalom shariati Muhammadiyani e’tirof etib, uni 
yangilab tushadi. Chunki, u shariatlarning oxirgisi. Shuningdek, Muhammad sollallohu 
alayhi va sallam ham rasullarning oxirgisi. Iso adolatli hakam bo’lib tushadi. Demak, u 
imom ham, qozi ham, muftiy ham emas. Balki musulmonlarning o’sha vaqtdagi sultoni 
bo’ladi. U vaqtga kelib, Alloh ilmni ko’targan, odamlar shariatdan bexabar qolgan 
bo’ladilar. Iso alayhissalom yerga tushishdan oldin Alloh taoloning amri bilan odamlar 
o’rtasida hukm qilishi, o’zi esa amal qilishi uchun shariat ilmidan yetarli mikdorda 
egallagan bo’ladi. Mo’minlar Iso atrofida jamlanib, o’zlari ustida hakam bo’lishini 
so’raydilar. Chunkn Isodan boshqa birontasi bu ishga yaramaydi. Shariat hukmini bekor 
qilish esa mumkin emas. Chunki yer yuzida «Alloh, Alloh», deb aytilar ekan, qiyomat 
bo’lmaydi. Demak, shariat hukmlari amalda bo’ladi...» 
Shu yerda savol tug’iladi: "Nima uchun Iso oldinroq emas, aynan shu vaqt yer yuziga 
tushadi?" 
Keling, savolga javob berish uchun, so’zni yana Qurtubiyga bersak. 
Imom Qurtubiy aytadi: "Biz bu savolga uch xil javob beramiz. Birinchi javob: Bani Isroil 
avval boshida Iso alayhissalomni o’ldirib, osmoqchi bo’ldilar. Lekin voqealar Alloh taolo 
kitobida bayon qilib bergan tarzda sodir bo’ldi. Ular doimo Isoni o’ldirganlarini da’vo 
qilganlar, shuningdek, sehrgarlik va boshqa yaramas ishlarni u zotga nisbat berganlar. 
Shuning uchun Alloh ularga xorlik kiyimini kiydirdi. Ayniqsa, Alloh Islomni aziz qilib, 
bayroqini yuqori ko’targan vaqtdan boshlab, ularda yer yuzining bironta qismida na 
saltanat, na quvvat, va na obro’-e’tibor qoldi. Qiyomat yaqinlashib, juda kuchli fitnachi 
Dajjol chiqquniga qadar shunday bo’ladi. U chiqqach, birinchi bo’lib, Bani Isroil 
yahudiylari unga bay’at beradi. Shu bilan ular go’yoki musulmonlardan o’ch oladilar. 
Dajjolning tobe’lari shu holatda bo’lib turgan vaqtlarida, Alloh ular "o’ldirganmiz", deb 
yurgan kishini - Isoni tushiradi va ularga, boshqa munofiq, fosodlarga uning tirik ekanini 
ko’rsatadi. Хudolikni da’vo qilayotgan raislari va yo’lboshchilari ustidan uni g’olib qiladi. 
Dajjolning askarlari bo’lmish Bani Isroilni ham Iso va u bilan birga bo’lgan mo’minlar 
qo’li bilan mag’lub qiladi. O’sha kuni qochishga joy topa olmaydilar. Agar ulardan biri 
daraxt, tosh yoki devor orqasiga yashirinsa, ular tnlga kirib, aytib beradi. Hatto Iso 
uning tepasiga kelganida, yo u Islomni qabul qiladi, yoki o’ldiriladi. Boshqa millatdagi 
kofirlarning taqdiri ham shunday bo’ladi. Yer yuzida bironta kofir qolmaguncha ish shu 
taxlit davom etadi. 
Ikkinchi javob: Iso alayhissalom yer yuziga tushishining sababi, Dajjolni o’ldirish emas, 
balki, ajalining yaqinlashgani uchundir. Chunki Iso ibn Maryam hozir tirik, Alloh uni o’z 
huzuriga ko’targan. Тuproqdan yaralgan maxluq samoda o’lishga mumkin emas. 
Alloh taolo aytadi: 


Dajjol haqida nima bilasiz? 

Yüklə 242,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin