Microsoft Word dajjol ziyouz com doc


DAJJOL CHIQISHIGA IYMON KELTIRISH SHART



Yüklə 242,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/27
tarix12.05.2023
ölçüsü242,34 Kb.
#112229
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Dajjol haqida nima bilasiz

DAJJOL CHIQISHIGA IYMON KELTIRISH SHART  
Dajjolning chiqishi va u qiyomat alomati ekani haq. Bu ahli sunna, ahli fiqh va ahli 
hadislarning mazhabidir. Dajjolning chiqishini faqat xavorijlar inkor qiladilar. Lekin biz — 


Dajjol haqida nima bilasiz? 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
21
ahli sunna val-jamoa Dajjolning chiqishini ko’zimiz bilan ko’ramizmi, yo’qmi, baribir 
iymon keltiramiz. Chunki bu haqda bizga to’g’riso’z Muhammad sollallohu alayhi va 
sallam xabar berganlar. Nabiyimiz ko’zlari bilan ko’rib turgandek, uni bizga ta’rifladilar, 
aybu nuqsonlarini ochib berdilar. Avvalo, payg’ambarlikni da’vo qilib, so’ngra xudolikni 
iddao etishini ham xabar berib aytganlarki: "Albatta, Alloh g’ilay emas. Uning ko’zi 
o’rtasida "kofir" degan yozuv bo’lib, uni, o’qishni biladigan, yoki bilmaydigan har bir 
musulmon o’qiy oladi". 
Dajjol xudolikni da’vo qilgan vaqtda, mo’minlar "Sening yomonligingdan, Allohdan panoh 
so’raymiz", deydilar. O’qishni biladigan-bilmaydigan mo’min borki, uning ikki ko’zi 
o’rtasidagi "kofir" degan so’zni o’qishi ham g’ayrioddiy narsa bo’lib, Parvardigorning 
mo’min bandalariga bergan ne’matlaridir... Subhonalloh... 
Kofir esa o’qishni bilishi yoki bilmasligidan qat’iy nazar, johilligi, kofirligi va g’aflatdaligi 
uchun, bu yozuvni o’qiy olmaydi. Shuningdek, kofir Dajjolnnng illat, nuqsonlarini 
payqamaydi. Uning ojizligivi, yaratuvchi emas, balki maxluq ekanini ko’rib tursa ham, 
iloh deb biladi va unga ibodat qiladi. Mana shular Nabiyimiz Muhammad sollallohu alayhi 
va sallam xabar bergan, g’ayb ishlarini tasdiqlashdagi ahli sunna val-jamoaning tutgan 
yo’lidir. Biz bu xabarlarga ishonamiz va bu voqealarning sodir bo’lishiga guvohlik 
beramiz. 
DAJJOL HOZIR QAYERDA?
Dajjolning tarixi asrlar va zamonlar yangilanishi bilan yangilanib turuvchi qadimiy 
tarixdir. Shubhasiz, u mal’undir. Barcha payg’ambarlar uni la’natlagan. 
Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "Men 
sizlarni Dajjoldan ogohlantirganman. Har bir nabiy qavmini undan ogohlantirgan. Nuh 
ham qavmini undan ogohlantirgan. Lekin men sizlarga, u haqda bironta payg’ambar 
qavmiga aytmagan so’zni aytaman. Bilib qo’yinglar, Dajjol g’ilaydir. Alloh g’ilay emas". 
Abu Umoma rivoyat qilgan hadisda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam 
odamlarga nido qilib shunday dedilar: "Ey insonlar! Alloh Odam zurriyotini yaratgandan 
beri, yer yuzida Dajjol fitnasidan ko’ra kattaroq fitna bo’lmagan. Alloh azza va jalla 
bironta nabiyni yuborgan bo’lsa, albatta, u ummatini Dajjoldan ogohlantirgan. Men 
nabiylarning so’ngisiman. Sizlar eng so’nggi ummatsizlar. Shubhasiz, u sizlarga chiqadi. 
Agar u men orangizda bo’lgan vaqtda chiqsa, men o’zim har bir musulmon uchun u bilan 
hujjatlashib (g’olib chiqaman). Agar u, mendan keyin chiqsa, har bir kishi o’zi uchun 
hujjatlashadi. Alloh mening o’rnimga, har bir musulmonga yordam beradi.-" (Sahih 
hadis. Izohi yuqorida o’tdi). 
Shubhasiz, Dajjol uzoq zamondan beri mavjud. Ulamolarning ehtimoliy gaplariga ko’ra, 
u Muso alayhissalom davrida ham tirik bo’lgan (Muhammad Iso Dovud. «Al-xuyutul 
xufya»). Alloh taolo bashariyatni uning yomonlik va musibatlaridan qutqarish uchun Iso 
alayhissalomni yer yuziga tushirgunicha, u tirik bo’ladi. 
Dajjolning bunday uzoq umr ko’rishining siri quyidagicha bo’lishi mumkin. Dajjol, 
yomonlik, fitna, zalo-lat va makr-hiyla jihatidan iblisga o’xshaydi. Alloh taolo iblis va 
uning yordamchilariga qiyomatga qadar yashamoq uchun muhlat berganidek, Dajjolga 


Dajjol haqida nima bilasiz? 

Yüklə 242,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin