Dajjol haqida nima bilasiz?
www.ziyouz.com kutubxonasi
25
uchta oyat-alomat chiqsa, ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb
qilmagan biron jonga (endi keltirgan iymoni) foyda bermas. Ular — Dajjol, yer hayvoni
va quyoshning mag’ribdan chiqishi" (Sahih hadis. Muslim rivoyati).
Yana Ibn Kasir aytadi: "Dajjol uluhiyatni da’vo qilgani sababli, Alloh uni kamsitib,
Qur’onda ismini oshkora zikr qilmadi. Uning ishi Rabbul olamiyn nazdida eslashga
arzimaydi. Uning da’vosini hikoya qilish eng haqir va kichik narsadir".
Biz esa, Nabiyimiz sollallohu alayhi va sallam o’z hadisi shariflarida Dajjolning chiqishini
ta’kidlaganlariga, uning fitnasidan ogohlantirganlariga ishora qilib o’tmoqchimiz. Zero,
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozlarining oxirida, tashahhuddan keyin
Dajjolning yomonligidan panoh tilashni doimiy odat qilganlarining o’zi bizga kifoya.
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam
shunday deb duo qilar edilar: "Allohim! Men Sendan dangasalikdan, qarib-qartayishdan,
gunohdan, qarzdor bo’lishdan qabr fitnasi va qabr azobidan, do’zax fitnasi va do’zax
azobidan, boylik fitnasidan panoh so’rayman. Men Sendan yana faqirlik fitnasidan panoh
berishingna, Masivd Dajjol fitnasidan omon saqlashingni so’rayman. Allohim! Mening
xatolarimni suv, qor va do’l bilan yuvgin. Oq kiyim kirdan tozalangani kabi qalbimni ham
xatolardan tozalagin. Mashriq bilan mag’rib orasini uzoqlashtirganing kabi men bilan
xatolarim o’rtasini uzokdashtirgin" (Sahih hadis. Muslim, Abu Dovud, Тermiziy, Ibn Moja
rivoyati).
Dostları ilə paylaş: