Microsoft Word daromad va almashtirish samarasi doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix25.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#80665
1   2   3   4   5   6   7   8
Microsoft Word daromad va almashtirish samarasi doc

Engel qonuni. Daromad bo’yicha talab elastikligi 1 dan katta
bo’lgan har qanday tovar uchun elastikligi 1 dan kichik bo’lgan o’rinbosar
tovar bo’lishi mumkin. 
Demak, yuqorida keltirilgan Engel chiziqlari har doim ham qat’iy,
o’zgarmas bo’ladi deyish noto’g’ri bo’ladi. Ular o’zaro o’rinbosar tovarlar
bilan almashtirilishi mumkin. 



NARX– ISTE’MOL CHIZIG’I
Narx – iste’mol chizig’i naflilik darajasi o’zgarmaganda tovarlarning
narxi o’zgarishi bilan iste’molchining tanlov majmualari bir holatdan
ikkinchi holatga o’tishini aks ettiradi. Bu holatda iste’molchining daromadi
o’zgarmas deb qaraladi va tovarlarning birortasining narxi o’zgarganda
iste’mol tarkibining o’zgarishi kuzatiladi. 
a) 
b) 
5 – chizma. Narx – iste’mol chizig’i (a) va talab chizig’i (b) 
Yuqoridagi chizmada x
1
– sharbat, x
2
- coca – cola deb olaylik. a)
chizmada coca – cola narxi o’zgarmaydi, sharbat narxi esa pastlab boradi.
Natijada byudjet chizig’i AB holatdan AB
1
, AB
2
, AB
3
holatlarga siljiydi,
ya’ni byudjet chizig’ining x
2
chiziq bilan kesishgan nuqtasi o’zgarmaydi,
x
1
chiziq bilan kesishgan nuqtasi esa B
1
, B
2
, B
3
holatlarga siljiydi.


10 
Aytaylik, iste’molchining daromadi 20so’m bo’lib, 1 litr coca – 
colaning narxi 4so’m, 1 litr sharbatning narxi boshlang’ich holatda ya’ni
B nuqtada 5so’mga teng bo’lsin. Iste’molchi quyidagi kombinatsiyalarni
xarid qilishi mumkin: 5 litr coca – cola, 4 litr coca – cola va 0,8 litr
sharbat, 3 litr coca – cola va 1,6 litr sharbat, 2 litr coca – cola va 2,4 litr
sharbat, 1 litr coca – cola va 3,2 litr sharbat, 5 litr sharbat. 
Endi sharbatning narxi 4so’mga B
1
nuqtaga tushsin, coca – colaning
narxi o’zgarmay turibdi. Iste’molchi 5 litr coca – cola, 4 litr coca – cola va
1 litr sharbat, 3 litr coca – cola va 2 litr sharbat, 2 litr coca – cola va 3
litr sharbat, 1 litr coca – cola va 4 litr sharbat, 5 litr sharbat xarid qilishi
mumkin. 
Sharbatning narxi 3 so’mga B
2
nuqtaga tushsin. Kombinatsiya 5 litr
coca – cola, 4 litr coca – cola va 1,3 litr sharbat, 3 litr coca – cola va 2,6
litr sharbat, 2 litr coca – cola va 4 litr sharbat, 1 litr coca – cola va 5,3
litr sharbat, 6,6 litr sharbatdan iborat. 
Va nihoyat, sharbat narxi B
3
nuqtaga2 so’mga tushsin. Iste’molchi 5
litr coca – cola, 4 litr coca – cola va 2 litr sharbat, 3 litr coca – cola va 4
litr sharbat, 2 litr coca – cola va 6 litr sharbat, 1 litr coca – cola va 8 litr
sharbat, 10 litr sharbat xarid qilishi mumkin. 
Shunday qilib, sharbatning narxi arzonlashishi bilan iste’molchi
ko’proq miqdordagi sharbat yoki coca – colani xarid qilish imkoniyatiga
ega bo’lmoqda. Demak, iste’molchining naflilik darajasi ortib, befarqlik
egri chizig’i ham U egri chiziqdan U
1
, U
2
, U
3
egri chiziqlarga
o’zgarmoqda. Byudjet chizig’ining befarqlik egri chizig’i bilan kesishgan
nuqtasi E nuqtadan E
1
, E
2
, E
3
nuqtalarga siljishini kuzatish mumkin. E, E
1
,
E
2
, E
3
nuqtalarni tutashtirib chiqsak, narx – iste’mol chizig’i hosil bo’ladi.


11 
Narx – iste’mol egri chizig’iga asoslanib, x
1
tovarga, bizning misolda
sharbatga bo’lgan talab egri chizig’ini chizish mumkin. Bunda absissa o’qi
sharbat miqdorini, ordinata o’qi esa sharbat narxini belgilab beradi. 
Masalan, P
1
nuqtada iste’molchi real daromadi eng kam miqdorda
turibdi, ya’ni sharbatning narxi eng baland nuqtada joylashib turibdi.
Aslini olganda, iste’molchining nominal daromadi o’zgarmaydi, 20 so’m
holida turadi, lekin sharbat narxining arzonlashishi daromadning real
qiymatining ortishiga olib keladi. Shuning uchun ham sharbatning narxi
arzonlab borishi bilan, iste’molchining ko’proq sharbat xarid qilishga qurbi
yetadi va talabi ham ortib boradi. 


12 
NORMAL, PAST SIFATLI VA GIFFEN TOVARLAR
UCHUN DAROMAD VA ALMASHTIRISH SAMARASI 
Yuqorida iste’molchi daromadining o’zgarishi va tovarlar narxi
o’zgarishining tovarlarga bo’lgan talabga qay tarzda ta’sir ko’rsatishini
ko’rib o’tdik. Endi biror tovarga bo’lgan talab o’zgarishining qancha qismi
narx bilan, qanchasi iste’molchi daromadi bilan bog’liq ekanini ko’rib
chiqamiz. Buning uchun bizga daromad samarasi va almashtirish samarasi
tushunchalari kerak bo’ladi. 
Daromad samarasi – bu iste’molchi daromadi o’zgarib, narxlar
o’zgarishsiz qolganda iste’mol tarkibining o’zgarishidir. Bunda
iste’molchining sotib olish imkoniyatlari ham o’zgaradi va uning tovarlar
majmuasi bir chiziqdan ikkinchisiga siljiydi. 
Buni yaqqolroq tushunish uchun quyidagi misolni keltiramiz: Faraz
qilaylik, bozorga oziq – ovqat mahsulotlari va iste’mol buyumlari sotib
olish uchun bordingiz. Cho’ntangingizda 100000 so’m pul bor. Bozorga
kirishingiz bilan sizdan 40000 so’m qarz olgan do’stingizni uchratib
qoldingiz. U qarzini sizga qaytarib berdi va endi sizning pulingiz 140000
so’m bo’lib qoldi. Endi siz avvalgi o’ylagangizdan ko’ra ko’proq va
sifatliroq tovarlarni sotib olishingiz mumkin. 
Jamiyatda, insonlar hayotida ham shunday holat kuzatiladi.
Iste’molchilarning daromadi ortib borishi bilan ularning ma’lum tovarlarga
bo’lgan talabi o’zgaradi, ba’zilari esa kamayadi, umumiy qilib aytganda,
iste’mol tarkibi o’zgaradi. 
Statistik ma’lumotlarga qaraganda butun jahon bo’yicha daromad
o’rtacha 1%ga ortadi. Rivojlangan davlatlarda aholi daromadi ortishi bilan
maishiy xizmatlarga bo’lgan talab kuchayadi. Bular qatoriga kir yuvish
idorasi, uy tozalash xizmati va boshqalarni kiritishimiz mumkin. 


13 
Rivojlanayotgan davlatlarda aholining daromadi ortishi bilan uzoq
muddat xizmat qiluvchi predmetlarga bo’lgan talab ortadi. Bularga misol
qilib, televizor, xolodilnik, kompyuter, mashina, uchastka va boshqalarni
olishimiz mumkin. 
Almashtirish samarasi – tovarlarning naflilik darajasi o’zgarmaganda,
biror tovarning narxi o’zgarishi bilan iste’mol talabi tarkibining
o’zgarishidir. Masalan, piyozning narxi qimmatlab ketganda, uning o’rniga
karam ishlatish, paxta yog’ining narxi oshib ketsa, pista yog’i yoki
margarindan foydalanish va hokazo. 
Ko’pincha, iqtisodiy adabiyotlarda daromad samarasi va almashtirish
samarasi birgalikda, o’zaro qiyoslanib tahlil qilinadi. Chunki shunday yo’l
bilan iste’molchi talabi o’zgarishining qanchasi daromadning o’zgarishi
hisobiga, qanchasi narxlarning o’zgarishi hisobiga bo’layotganini bilish
mumkin. Biz ham normal sifatli va giffen tovarlar uchun daromad va
almashtirish samaralarini ko’rib chiqamiz. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin