www.ziyouz.com
kutubxonasi
78
Saharlarda turub yig'la,
ibodatg'a
beling
bog'la,
Imoningni arig' saqla,
bo’lursan
obdor
13
emdi.
Bu dunyo zavqidin kechgil,
muhabbat
jomidin
ichgil,
Boridin bir yo’la kechgil,
yurursan
shohsuvor
emdi.
Xaloyiq barchasi o’tti,
bori yer qo’ynig'a yetti,
O’g'ul-qizin yetim etti,
buzuldi
ro’zgor
emdi.
Xoja Ahmad Yassaviy, izzat –
tun-kun
yutgoni
hasrat,
Saharlar tortibon mehnat,
qila ko’r gashti kor emdi.
13
obdor – sersuv: «imoningni pok saqlasang, dunyo va uqboda xayrli samarasini ko‘rasan» ma’nosida.
Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
79
YANGI TOPILGAN HIKMATLAR HAQIDA
Xoja Ahmad Yassaviyning "Devoni hikmat"i qadim-qadimdan xalqimiz tomonidan ko‘p
o‘qilgan kitoblardan biri bo‘lgan. Devon turli asrlarda turli joylarda bir qancha kotiblar
tomonidan ko‘chirilgan. XIX-XX asrlarda Toshkent, Kogon, Qozon, Istanbul kabi
shaharlarda toshbosmada chiqarilgan. Oktyabr inqilobidan keyin esa Ahmad Yassaviy
ijodi qatag‘on qilinishi bilan xalqimiz "Devoni hikmat"dek buyuk bir asarni o‘qishdan
mahrum qilingan. Lekin xorijda, ayniqsa, Turkiyada Ahmad Yassaviy ijodiga qiziqish va
uni o‘rganish ishlari to‘xtab qolmadi. Shuning natijasi sifatida 1983 yil doktor Kamol
Eraslonning "Devoni hikmat"dan sochmalar" kitobi nashr etilgan
14
. Qayta qurish va
oshkoralik davri boshlanishi bilan yurtimizda ham Ahmad Yassaviy hikmatlarini o‘qib-
o‘rganish, nashr ettirish va ommaga yetkazishga urinish boshlandi. Buning samarasi
o‘laroq 1991 yil adabiyotshunos Ibrohim Haqqul tomonidan nashrga tayyorlangan
"Ahmad Yassaviy. Hikmatlar"i kitobxonlarga yetkazildi
15
. Bu kitobga K.Eraslon nashri
asos qilib olingan. Oradan bir yil o‘tar-o‘tmas Rasulmuhammad Abdushukurov ham
"Devoni hikmat"ni nashr ettirdi
16
. Bunga esa 1836 yilda bosilgan Qozon nashri asos
bo‘lgan. So‘ng "Sharq yulduzi" jurnalida, "Yassaviy kim edi?" kitobida hikmatlardan
namunalar e’lon qilindi
17
. Ta’bir joiz bo‘lsa, "Devoni hikmat" shu tariqa yangi hayotini
boshlagan edi. Qardosh Turkiyada doktor Hayotiy Bije
18
, Yusuf Azmun
19
, Moskvada
turkmanistonlik A.Ovezovlar tomonidan "Devoni hikmat" chop etildi
20
. Sayramlik tarixchi
Mirahmad Mirxoldoro‘g‘li va turk olimi professor Metin Oqar yangi topilgan Yassaviy
hikmatlarini e’lon qildilar
21
. Qozog‘istonlik Dayraboy Serikboyo‘g‘li Qozon nusxasiga
asoslanib "Devoni hikmat"ning arab alifbosidagi nashrini xalqqa taqdim qildi
22
.
Shuni aytish kerakki, bu nashrlardagi hikmatlarning ko‘pchiligi bir-biriga o‘xshaydi,
bir-birini takrorlaydi. Lekin bizgacha yetib kelgan "Devoni hikmat" qo‘lyozmalari
varaqlansa, ko‘p yangi hikmatlarga ham duch kelish mumkin. Biz bir qancha qo‘lyozma
va ksero nusxalardan ularni ajratib, bir joyga jamladik. Bular: O’zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
23
, Hamid
Sulaymon nomidagi sobiq qo‘lyozmalar instituti
24
, Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot
muzeyi
25
, Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti Mumtoz adabiyot tarixi bo‘limi
kutubxonasi
26
, Istanbul hokimiyati Otaturk nomidagi kutubxona fondi
27
, Qo‘qon adabiyot
14
Ahmed-i Yesevi, Divan-i Hikmet’ten Secmeler. Haz. Prof. Dr. K.Eraslan, Ankara, 1983.
15
Ahmad Yassaviy. Hikmatlar. Nashrga tayyorlovchi, so‘zboshi va izohlar muallifi I.Haqqulov. Toshkent, 1991.
16
Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. Nashrga tayyorlovchi R.Abdushukurov. Toshkent, 1992.
17
A.Bozorov, T.Qoraev. «Hikmatlar kulliyoti»dan//Sharq yulduzi, 1992, 1-son, 3-19-b; Yassaviy kim edi? (Maqolalar
va hikmatlardan parchalar), to‘plab nashrga tayyorlovchi va so‘zboshi muallifi B.Do‘stqoraev. Toshkent, 1994.
18
Hoca Ahmed Yesevi. Divan-i Hikmet. Haz. Dr.H.Bice, Ankara, 1993.
19
Hoca Ahmed Yesevi. Divan-i Hikmet. Yay. haz. Y.Azmun, Istanbul, 1994.
20
Xoja Axmad Yassaviy. Xikmatlar (chapa tayar. A.Ovezov) Moskva, 1992.
21
M. Mirxoldoro‘g‘li, M. Oqar. Xoja Ahmad Yassaviyning yangi topilgan hikmatlari. Istanbul, 2002.
22
Qoja Axmet Iassaui. Diuani xikmet. Baspag‘a dayindag‘an D.Serikbayuli, (mas’ul muharrir S.Rafiddinov). Almati,
2001.
23
Dubl.
№
1757 (U),
№
3764 (Y),
№
4700 (P),
№
5716 (R),
№
6874 (O)
24
№
998 (S),
№
7077 (T)
25
№
178 (N)
26
G nusxa
27
№
K-598 (B)
Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy
Dostları ilə paylaş: |