Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова



Yüklə 33,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/91
tarix20.12.2023
ölçüsü33,38 Kb.
#187248
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   91
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

Amaliy metodlar. 
O‘yin.
Tabiatning 
oddiy 
hodisa 
va 
predmetlari 
haqida 
bolalarning tasavvurlarini kengaytirish maqsadida o‘tkaziladigan kuzatishlar bilan 
bir qatorda xilma xil o‘yinlardan keng foydalaniladi. Bu o‘yinlarda bolalar 
sezuvchanlik tajribasini orttiradilar, egallagan bilimlarini ijodiy o‘zlashtiradilar. 
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda didaktik xarakterli va ijodiy o‘yinlardan 
foydalaniladi. 
Didaktik o‘yinlar.
Didaktik o‘yinlarda bolalar o‘zlarida tabiatdagi predmet 
va hodisalar hayvonlar va o‘simliklar haqida mavjud bo‘lgan bilimlarni 
aniqlaydilar, musitahkamlaydilar, kengaytiradilar. Ko‘pgina o‘yinlar bolalarni 
umumlashtirish hamda klassifikatsiya qilishga o‘rgatadi. Didaktik o‘yinlar, xotira, 
diqqat, kuzatuvchanlikning o‘sishiga 
yordam
beradi. Bolalarni mavjud bilimlardan 
yangi sharoitlardan foydalanishga o‘rgatadi. Turli aqliy jara
yon
larni faollashtiradi. 
Lug‘atni boyitadi. Bolalarda birgalikda o‘ynash ko‘nikmasini tarbiyalashga 
yordam
beradi. O‘yin mashqlari predmet va hodisalarni sifati hamda 
xususiyatlariga ko`ra farqlashga o‘rgatadi. Kuzatuvchanlikni o‘stiradi. Bu o‘yinlar 


89 
butun guruh bolalari bilan 
yoki
ularning bir qismi bilan o‘tkaziladi. O‘yin 
mashqlari kichik va o‘rta guruhlarda alohida ahamiyatga ega. Katta guruhlarga esa 
u ta’limiy faoliyatning bir qismi hisoblanadi. 
Harakatli o‘yinlar.
Tabiatshunoslik xarakteridagi harakatli o‘yinlar 
hayvonlarning xatti-harakati ularning hayot tarziga taqlid qilish bilan bog‘liq. 
Bolalar bu o‘yinlarda harakatlarga tovushlarga taqlid qilib bilimlarni chuqurroq 
egallaydilar. O‘yindan zavqlanish bolalardagi tabiatga bo‘lgan qiziqishni 
chuqurlashtiradi.

Yüklə 33,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin