4
Bolalarni maktabga tayyorlashda bu boradagi metodik bilimlarga tayanish,
aniq tizim va ketma-ketlikka asoslanish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda
“Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi” fanining mazmunidan kelib
chiqib tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma maktabgacha ta’lim yo‘nalishi
bakalavriat talabalari, shu yo‘nalishning maxsus sirtqi va sirtqi ta’limi talabalari
hamda bolalar bog‘chalari tarbiyachilariga kerakli ma’lumot va metodik yordam
bera oladi. Qo‘llanma zamonaviy pedagogik tehnologiyalarni hisobga olib
tayyorlangani va bugungi kun talablariga to‘laqonli javob berishi bilan ham muhim
ahamiyat kasb etadi.
“Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi” fanining asosiy maqsadi
bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari – tarbiyachilarni maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning ilmiy-nazariy
asoslari, metodikasi va amaliyotiga oid zamonaviy tehnologiyalar bilan
tanishtirish, bu boradagi ta’lim tehnologiyalari va didaktik usullarining
qo‘llanishiga oid ko‘rsatmalar berishdan iborat. O‘quv qo‘llanmadan zaruriy
adabiyotlar ro‘yxati, muhim tushunchalar izohini o‘z ichiga olgan glossariy o‘rin
olgan. Bu esa soha mutaxassislari uchun kerakli ma’lumotlar bilan tanishish
imkonini beradi.
O‘quv qo‘llanmada bolalalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasining
o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy yo‘nalishlari, shakllari va metodlari, maktabgacha
ta’lim tashkilotlarining qisqa muddatli guruhlarida bolalarni maktabga tayyorlash,
“Ilk qadam” davlat dasturi asosida bolalarni savodga o‘rgatish, bolaning maktab
ta’limiga tayyorgarligi tahlili, tashxislash usullari, bolalarning maktab ta’limiga
tayyorgarligiga ta’sir etuvchi omillar, maktabgacha ta’lim tashkiloti, oila va
maktab hamkorligiga oid ma’lumotlar keng yoritilgan. Bu jarayonda qo‘llanadigan
zamonaviy pedagogik tehnologiyalar ko‘rsatib o‘tilgan, asosiy tushunchalar
izohidan tashkil topgan glossariy berilgan.
O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining 5111800-maktabgacha ta’lim
bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: