Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc


«Shak-shubhasiz, men musulmonlardandirman», degan kishidan ham chiroyliroq so‘zlaguvchi



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə65/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

«Shak-shubhasiz, men musulmonlardandirman», degan kishidan ham chiroyliroq so‘zlaguvchi kim bor?» (Fussilat surasi, 30–33-oyatlar).

Abu Talhadan rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kirdim va u kishini hech ko‘rmagan xursandchilikda ko‘rdim, so‘ng buning sababini so‘radim. Shunda Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Nega xursand bo‘lmayin, Jabroil alayhissalom hozirgina huzurimdan chiqib ketdi, u menga xabar berdiki: «Alloh meni sizga xushxabar berish uchun yubordi. Agar ummatingizdan biror kishi sizga bitta salovot aytsa, Alloh va farishtalar unga o‘nta salovot aytadilar».

Yuqoridagi oyatlarning nozil bo‘lish sababi haqida Abdulloh ibn Abbos aytadilar: «Bu oyat Abu Bakr Siddiq haqida nozil bo‘lgandir. Mushriklar: «Parvardigorimiz Allohdir va farishtalar Allohning qizlaridir», dedilar. Yahudiylar esa: «Parvardigorimiz Allohdir, Uzayr Allohni o‘g‘lidir va Muhammad payg‘ambar emasdir», dedilar. Abu Bakr raziyallohu anhu esa: «Parvardigorimiz Allohdir va U yagona bo‘lib, Uning sherigi yo‘qdir va Muhammad Uning bandasi va rasulidir», dedilar-da, yolg‘iz Allohga toat-ibodat qilishda ustivor bo‘ldilar. Oyatning ma’nosi: «Ular Allohning yagonaligiga iqror bo‘ladilar va Undan sheriklar, xotin va bolalarni nafiy qiladilar. So‘ngra Allohga toat-ibodatni qoim qiladilar va farzlarni ado etadilar. To vafot etgunlaricha dinda xolis bo‘ladilar», deganidir.

Ba’zilar: «Istiqomat – to‘g‘ri bo‘lish zohiran va botinan bo‘ladi. Zohiriyi Alloh buyurgan amrlarga bo‘ysunish, qaytarganlaridan chetlashish, botiniyi iymon keltirib tasdiqlashdir», deganlar.

Abu Bakr raziyallohu anhu istiqomat haqida so‘ralganlarida: «Allohga biron narsani sherik qilmasliging», deb javob berganlar. Umar raziyallohu anhu: «Istiqomat – amru nahiylarda to‘g‘ri turishliging tulkilarning hiylalari kabi hiyla qilmasliging», deganlar. Usmon raziyallohu anhu istiqomatni toat-ibodatni ixlos bilan qilish, deb izohlaganlar. Ali raziyallohu anhu esa: «Istiqomat – farzlarni ado etishing», deganlar.

Ahli haqlarning ba’zilari aytishicha, «Istiqomat - to‘g‘ri turish uch xildir: til bilan to‘g‘ri turish; qalb bilan to‘g‘ri turish, ya’ni shahodat kalimasida davomli bo‘lish va qalb bilan to‘g‘ri turish, ya’ni toat-ibodatda davomli bo‘lish». Ba’zilar aytadilar: «Istiqomat to‘rt narsa bilan bo‘ladi. Amrning muqobilida toat-ibodat bilan, nahiyning muqobilida taqvo bilan, ne’matning muqobilida shukr bilan, jannatning muqobiliga sabr bilan. Bu to‘rt narsa boshqa to‘rttasi bilan komil bo‘ladi: toat ixlos bilan, taqvo tavba bilan, shukr ojizlikni bilish bilan, sabr Alloh yo‘liga butunlay berilish bilan».

Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: «Istiqomatning alomati o‘nta narsada ko‘riladi. Birinchisi, tilni g‘iybatdan saqlash. Zero, Qur’onda g‘iybat harom ekani bayon qilingan. Ikkinchisi, yomon gumondan saqlanish. Zero, Qur’onda gumondan chetlanishlik buyurilgan bo‘lib, gumonlarning ba’zisi gunoh ekani ta’kidlangan. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «O’mon gumondan saqlaninglar, chunki u so‘zlarning eng yolg‘onidir», deganlar. Keyingisi, masxara qilishdan chetlanish. Qur’oni karimda Alloh bir qavm ikkinchi qavmni masxara qilmasligini buyurib, masxara qilinayotgan qavm masxara qilayotgan qavmdan yaxshiroq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlangan. To‘rtinchisi, ko‘zlarni nomahram ayollarga qarashdan tiyish. Alloh taolo aytadi: «(Ey Muhammad), mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar! Mana shu ular uchun eng toza (yo‘ldir). Albatta, Alloh ular qilayotgan amallardan xabardordir». Beshinchisi, rost
so‘zlash, oltinchisi, Alloh yo‘lida infoq qilish. Zero, Alloh taolo: «Kasb qilib topgan narsalaringizning pokizasidan infoq qilinglar», degan. Yettinchisi, isrof qilmaslik, sakkizinchisi, kibrlanmaslik, to‘qqizinchisi, besh vaqt namozni muhofaza qilish va oxirgisi, ahli sunna val jamoa yo‘lini mahkam tutishdir.

Abu Bakr raziyallohu anhu deydilar: «Mo‘minning qalbidagi iymon yetti shoxli daraxtga o‘xshaydi. Shoxlarning bittasi qalbda bo‘lib, uning mevasi to‘g‘ri niyatlik bo‘lish. Ikkinchisi tilda bo‘ladi, uning mevasi to‘g‘ri so‘zlikdir. Uchinchisi ikki oyoqda bo‘lib, mevasi jamoat namoziga borishdir. Keyingisi ikki qo‘lda bo‘lib, uning mevasi sadaqa qilishda ko‘rinadi. Beshinchisi ko‘zdadir, uning mevasi ibratli narsalarga qarash bilan bo‘ladi. Oltinchisi qorinda bo‘ladi, uning mevasi haloldan yeb, shubhali narsalarni tark etishdir. Yettinchisi nafsda bo‘lib, mevasi shahvatlardan tiyilishdir».

Xabarlarda kelishicha, qiyomat kuni barcha maxluqotlar qabrlaridan turadi. Farishtalar mo‘minlarning oldiga kelib, ustlaridagi tuproqni qoqadilar. Ularning peshonalaridan boshqa joyning tuprog‘i tushib ketadi. Farishtalar bu o‘rinni ham artadilar, ammo tuproq ketmaydi. Shunda ularga nido qilinadi: «Ey farishtalar! Bu tuproqlar qabrdagi tuproq emas, balki ularning mehroblaridagi tuproqdir. Ularni to Sirot ko‘prigidan o‘tib jannatga kirgunlaricha shu holatda tark etinglar, toki ularga qaraganlar ular Mening xos bandalarim ekanini bilsinlar».

Bashorat-xushxabar beruvchilar uchtadir. Bu dunyoda payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam bashorat berganlar. Qur’oni karimda: «Sabrlilarga xushxabar bering», deyilgan. Jon olish vaqtida farishtalar bashorat berishadi. Zero, Qur’oni karimda kelishicha, farishtalar o‘lim paytida:



«Qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar. Sizlarga berilgan jannat xushxabari bilan shodlaninglar!» deydilar. Yana Alloh taolo: «Ularga Parvardigorlari o‘zi tarafidan bo‘lgan rahmat va rozilik xushxabarini beradi», degan. Uchinchi bashorat – o‘lim vaqtida. Xushxabar berish besh xil bo‘ladi. Birinchisi mo‘minlar ommasi uchun. Ularga: «Sizlar azobda abadiy qolishdan qo‘rqmanglar, sizlarni payg‘ambarlar va solih kimsalar shafoat qiladi, savoblarni boy berib qo‘yganlaringizdan g‘amgin bo‘lmanglar, sizlarning boradigan joyingiz jannat bo‘lishi xushxabari bilan shodlaninglar», deyiladi. Ikkinchi bashorat ixlos bilan amal qilguvchilar uchun bo‘lib, ularga: «Amallaringiz rad qilinib qolmog‘idan xavfsiramanglar. Chunki amallaringiz maqbuldir. Savoblarni qo‘ldan boy berganingizga g‘amgin bo‘lmanglar, sizlarning savoblaringiz bir necha bor ziyoda qilinadi», deyiladi. Uchinchisi tavba qilguvchilar uchun, ularga: «Gunohlaringizdan xavfsiramanglar, chunki sizlarning gunohlaringiz mag‘firat qilingandir. Savoblaringiz kamligidan g‘amgin bo‘lmang, chunki sizlarning gunohlaringiz savoblarga aylantirilgandir», deyiladi. Keyingi xushxabar zohidlar uchun atalgan. Ularga: «Hashr va hisob-kitobdan xavfsiramanglar va hisobsiz, azobsiz jannatga kirish xushxabari bilan shodlaninglar», deyiladi. Beshinchisi odamlarga yaxshiliklarni ta’lim bergan va ilmlariga amal qilgan ulamolar uchun. Ularga: «Qiyomat dahshatlaridan xavfsiramanglar. Chunki sizlar amal qilganlaringiz evaziga mukofotlanasizlar. Sizlar va sizlarga ergashganlar uchun bo‘lgan jannatlar xushxabari bilan shodlaninglar», deyiladi. Umrining oxiri bashorat-xushxabar bilan yakunlangan kimsalar naqadar saodatlidir. Bashorat faqatgina amalida muhsin bo‘lgan mo‘minlarga beriladi. Ular uchun farishtalar nozil bo‘ladi. Shunda mo‘minlar: «Sizlar kimsizlar, biz sizlardan go‘zalroq va xushbo‘yroq kimsalarni ko‘rmaganmiz», deydilar. Farishtalar: «Biz sizlarning avliyo do‘stlaringizmiz, ya’ni, bu dunyoda amallaringizni yozib, sizlarni muhofaza qilib turdik», deydilar.

Oqil kimsa g‘aflatdan uyg‘onmog‘i lozim. Uyg‘onishning alomati to‘rt xil bo‘ladi: birinchisi dunyo ishlarini qanoat bilan tadbir qilish; ikkinchisi oxirat ishlariga harislik bilan yondashish; uchinchisi din ishlarini ilm va ijtihod bilan bajarish; to‘rtinchisi xalqning ishini nasihat, muhabbat va yumshoqlik bilan tadbir qilish. Quyidagi besh xislatga ega bo‘lganlar odamlarning afzali hisoblanadi: ibodatda qoim bo‘lganlar, zohirda ham, botinda ham ixlosli bo‘lganlar odamlar uning yomonligidan omonda bo‘lganlar, odamlarning qo‘lidagi narsadan umidvor bo‘lmaganlar va o‘limga hozirlangan kishilar.

Yahyo ibn Muoz aytadilar: «Mustaqim turguvchining bir qancha alomatlari bor: Allohga toat-ibodat qilishga sa’y-harak’at etish, tama’siz ommaga nasihat qilish, qo‘rquv bilan ibodat qilish,
dunyoda ko‘rayotgan narsalaridan shahvatsiz ibrat olish, oxirat haqida g‘aflatsiz tafakkur qilish. Kim o‘zida ushbu sifatlarni jamlasa, o‘lim oldidan unga baxt-saodat va jannat xushxabari beriladi.


Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin