Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc


DUNYONING MAZZAMAT QILINGANI VA UNING ZAVOLGA KETISHI



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə46/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

DUNYONING MAZZAMAT QILINGANI VA UNING ZAVOLGA KETISHI

Alloh taolo aytadi:


3xß≈tƒ hÌ9#$çνρ‘â‹õSs$Vϑ‹Ï±yδ xy7tôo'rùsÇÚ‘ö{F#$ÛV$6ttΡ ⎯ϵ/ÎÝx=nzt÷i$$ùs™Ï$!yϑ¡¡9$# ⎯zÏΒ µç≈Ψoø9tjΡr& >™!$yϑZx$u‹Ρ÷‰‘9#$Íοθ4Šutp:ø#$Ÿ≅Vs¨Β Μλç;mó>θÑô#$uρ
$/\#θurO 7y/nÎu‘ y‰Ζãϸî¬öiyàM≈sy=Î≈¢ę9$# àM≈Šu)É≈7t9ø$#ρu($u‹Ρ÷‰‘9#$Íοθ4Šuys9ø$# èπuΖƒ—ÎβtθΖã6tø9$#ρuΑã$ϑy9ø#$∩⊆∈∪ #‘·Ï‰zt)ø•Β &™©óx« ≅eÈäZ 4’lnãt!ª#$tβhxZuρ
∩⊆∉∪ ξWtΒ&rî¸ö¬iyρu

"(Ey Muhammad, odamlarga) hayoti dunyo misolini keltiring. (U) xuddi bir suv kabidirki, biz osmondan yog‘dirgach, (avval – kishi hayotining bahorida) u sababli zamin nabototi (bir-biriga) aralashib – chirmashib ketur, so‘ngra (hayot kuzi kelgach) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur. Alloh hamma narsaga qodir bo‘lgan zotdir. Mol-mulk, bola-chaqa shu hayoti dunyo ziynatidir. Parvardigoringiz nazdida esa (abadiy) qoluvchi yaxshi amallar savobliroq va orzuliroq (orzu qilishga arzirliroqdir)" (Kahf surasi, 45–46-oyatlar).

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Alloh taolo bir farishta yaratgan. Unga jamiki xalqlarning tovushini eshitishni buyurgan. U qiyomatgacha mening qabrimni ustida turadi. Ummatimdan kimki menga salovot yo‘llasa, u farishta: "Ey Muhammad! Falonchining o‘g‘li falonchi sizga salovot yo‘lladi", deb aytadi.

Iso (a.s.) aytdilarki: "Dunyo uch kundir. Birinchisi – kecha, u o‘tib ketdi. Undan senga biror narsa qolmadi. Ikkinchisi – erta, unga yetasanmi yoki yetmaysanmi, bilmaysan. Uchinchisi – sen yashayotgan shu bugungi kuning, bas, uni g‘animat bil. Dunyo uch soatdir, bir soati o‘tib ketdi. Bir soati borki, sen unga yetasanmi yoki yetmaysanmi, bilmaysan. Uchinchisi – hozir yashayotgan soating, uni g‘animat bil. Dunyo uch nafasdir, birinchisi o‘tib ketdi. Unga amal qilganingni qilib bo‘lding. Ikkinchisi – sen unda yashayotgan nafas, uchinchi nafasga yetib-etmasligingni bilmaysan. Demak, sen bir nafasgagina egalik qilasan. Bas, mana shu bir nafasda bu nafas o‘tib ketishidan oldin ibodatga shoshil va o‘limingdan avval tavba qilib qol. Amallarning eng afzali vaqtni g‘animat deb bilishdir. Kimki vaqtini zoe’ ketkizsa, umri zoe’ ketibdi".

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bir kishiga pand-nasihat qilib aytdilarki: "Besh narsadan avval besh narsani g‘animat deb bil: Qarilikdan oldin yoshligingni, kambag‘al bo‘lishingdan oldin boyligingni, mashg‘ulligingdan oldin bo‘sh vaqtingni, kasal bo‘lishingdan avval sog‘ligingni, o‘lishingdan avval tirikligingni".

Hazrati Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni u kishining o‘g‘li ko‘chadan yig‘lab keldi. Umar undan: "Nega yig‘layapsan, ey o‘g‘lim?" deb so‘radilar. O‘g‘illari: "Ko‘chadagi bolalar kuylagimning yamog‘ini sanashdi va, Amirul mo‘minunning o‘g‘liga qaranglar, kuylagida qancha yamoq bor ekan, deyishdi", deb javob berdi. Uning kuylagida o‘n to‘rtta yamoq bo‘lib, ba’zilari teridan edi. Umar (r.a.): "Menga oyning boshigacha to‘rt dirham qarz bersin", deb o‘g‘lini xazinabonga jo‘natdilar. Xazinabon o‘g‘liga: "Otangiz oyning boshigacha yashashiga kafolat bersa, qarz beraman", dedi. Hazrati Umar yig‘lab yubordilar va: "O‘g‘lim, sabr qil, men bir soat yashashimga ham kafolat berolmayman", dedilar.

Hazrati Oyishadan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) uch kun ketma- ket to‘yib non yemaganlar. Boshqa rivoyatda kelishicha, ketma-ket ikki kun arpa nonini to‘yib yemaganlar. Agar xohlasalar edi, Alloh taolo u kishiga xayolga kelmagan ne’matlarni ato etardi. Lekin ul zot oxirat yurtini, abadiy ne’matlarni ixtiyor etdilar. Yana Oyisha onamizdan rivoyat qilinishicha,


"Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) vafot etganlarida, u kishidan na dinor va na dirham, na qo‘y va na tuya qoldi. Faqatgina bitta qalqonlari va xachirlari qoldi, xolos. Ozgina yerlari bor edi, uni ham sadaqa qilgan edilar. O‘shanda mening uyimda yarimta arpa nondan boshqa narsa qolmagan edi. Vaholanki, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) menga aytgan edilar: "Menga Makka vodiylari oltin qilib berilmog‘i arz qilindi va men aytdimki: "Ey Rabbim! Bir kun och qolsam, bir kun to‘q yursam, mana shuning o‘zi menga yetadi. Och qolgan kunim Senga tazarru’, duo qilaman. To‘q yurgan kunim esa Senga hamdu sano aytaman".

Hazrati Oyisha (r.a.) aytadilarki: "Biz Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) oilalari bir oylab o‘choqqa o‘t yoqmas edik. Faqatgina xurmo va suv bilan kifoyalanardik. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytardilar: "Albatta, Alloh taolo dunyodan ko‘ra yomon ko‘radigan maxluqni yaratmagan. Alloh taolo uni yaratgandan beri unga nazar solmaydi".



Agar sizlar dunyoni talab qilsangizlar, mashaqqat chekasizlar. Agar oxiratni talab qilsangizlar, mashaqqat chekmaysizlar va o‘shanda Alloh taolo sizlarni yaxshi ko‘radi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "Kimki tong ottirganda dunyodan ko‘ra kattaroq g‘am-tashvishi bo‘lmasa, uning qalbi to‘rtta xislatga mubtalo bo‘ladi. Birinchisi, aslo ajralmaydigan tashvish, ikkinchisi, aslo forig‘ bo‘lmaydigan mashg‘ullik, uchinchisi, aslo boylikka aylanmaydigan kambag‘allik, to‘rtinchisi, intihosi bo‘lmagan orzu-umidlardir". Va yana Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "To‘rt narsa borki, u baxtsizlikdandir: ko‘zning quruqligi, qalbning qattiqligi, orzu-umidning ko‘pligi, dunyoni yaxshi ko‘rish". Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) yana aytdilarki: "Agar Alloh nazdida dunyoning qadri pashsha qanotichalik bo‘lganda, kofirlarga dunyodan bir qultum suvni ham ravo ko‘rmas edi".


Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin