ishchilarni band qilish sababli kamayib boradi. Bu yerda ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi
nisbat, mutanosiblik buzilishi sodir bo‘ladi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, samaraning pasayib borishi degan qonun tabiiy ravishda
o‘zidan o‘zi emas, balki omillarning boshqasi o‘zgarmagani holda ayrimlarini ko‘paytirib, ular
o‘rtasidagi mutanosiblik buzilganda sodir bo‘ladi.
Qulay iqtisodiy
muhit tufayli, ishlab chiqarish quvvatlarining to‘xtovsiz kengayib borishi
natijasida korxona o‘rtacha umumiy xarajatlarida qanday o‘zgarish ro‘y beradi, avvalo ma’lum
bir vaqt oralig‘ida ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi o‘rtacha umumiy xarajatlarning
pasayishi bilan birga boradi. Ammo natijada yanada ko‘proq quvvatlarni ishga tushirish
o‘rtacha umumiy xarajatlarning o‘sishiga olib keladi. Bunday hollarni samaraning kamayib
borish qonuni tushuntirib berolmaydi, chunki uning amal qilish shart-sharoiti ishlab chiqarishda
foydalanadigan resurslardan bittasi miqdorining o‘zgarmasligi hisoblanadi. Uzoq muddatli
davrda barcha resurslar miqdori o‘zgaradi. Bundan tashqari biz tahlilda barcha resurslar narxini
doimiy deb faraz qilamiz. Shu sababli uzoq muddatli davrda o‘rtacha xarajatlarning o‘zgarishi
tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi o‘sishining ijobiy va
salbiy samarasi yordamida
tushuntirish mumkin.
Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo‘ladiki, korxonada ishlab
chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan, bir qator omillar ishlab chiqarish o‘rtacha xarajatlarining
pasayishiga ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Bu omillar quyidagilar:
-
mehnatning ixtisoslashuvi;
-
boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi;
-
kapitaldan samarali foydalanish;
-
qo‘shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi.
Vaqt o‘tishi bilan firmaning kengaytirilishi salbiy iqtisodiy oqibatlarga va bundan kelib
chiqqan holda, mahsulot birligi ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishiga olib kelishi mumkin.
Salbiy miqyos samarasi ro‘y berishining asosiy sababi yirik miqyosdagi ishlab
chiqaruvchiga aylangan firmaning faoliyatini samarali nazorat qilish
va muvofiqlashtirishga
harakat qilish chog‘ida vujudga keluvchi ma’lum boshqaruv qiyinchiliklari bilan bog‘liq.
Uncha katta bo‘lmagan korxonada bitta-yagona boshqaruvchi uning faoliyatiga doir barcha
muhim qarorlarni shaxsan o‘zi qabul qilishi mumkin. Firma hajmining uncha katta
bo‘lmaganligi tufayli mazkur boshqaruvchi barcha ishlab chiqarish jarayonini yaxshi tasavvur
qila oladi hamda firma faoliyatining barcha yo‘nalishlarini tezlik bilan o‘zlashtira olishi, o‘z
qo‘l ostidagilaridan olayotgan axborotlarni osonlik bilan tahlil qilishi,
ular asosida aniq va
samarali qaror chiqara olishi mumkin bo‘ladi.
Biroq bunday qulay holat firma miqyosining kengayishi bilan o‘zgaradi. Ma’muriy
xodimlar va ishlab chiqarish jarayonini alohidalashtiruvchi boshqaruv qatlamlari ko‘payib
boradi; yuqori rahbariyat korxonadagi haqiqiy ishlab chiqarish jarayonidan alohidalashib
qoladi. Yirik korxona miqyosida oqilona qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan barcha
ma’lumotlarni yig‘ish, tushunish va qayta ishlash bir kishi uchun imkon darajasidan tashqarida
bo‘ladi. Boshqaruv apparatining chuqurlashuvi va kengayishi esa axborot almashinuvi,
qarorlarni muvofiqlashtirishdagi muammolarni hamda byurokratik holatni keltirib chiqaradi,
Boshqaruvning turli bo‘g‘inlari tomonidan qabul qilingan qarorlar bir-biriga zid kelish ehtimoli
kuchayadi.
Natijada samaradorlik pasayib, ishlab chiqarishning o‘rtacha xarajatlari oshadi.
Boshqacha aytganda, barcha resurslar miqdorining 10%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining
nomuvofiq ravishda 5%ga o‘sishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish miqyosining o‘sishidan doimiy ravishda olinuvchi samara, ba’zi hollarda
ijobiy miqyos samarasi ta’siri barham topuvchi ishlab chiqarish hajmi bilan salbiy miqyos
samarasi kuchga kiruvchi ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi tafovut juda ahamiyatli bo‘lishi
mumkin. Bu ikkala chegara orasidagi maydonda barcha resurslarning 10%ga o‘sishi ishlab
chiqarish hajmining mutanosib ravishda 10%ga ko‘payishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv
tufayli boshqarish
bo‘yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish imkoniyatini beradi. Bu natijada
samaradorlikning ortishi va mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib
keladi.
Dostları ilə paylaş: