stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sog‘liqni saqlashga ajratmalar hamda
narxlarning o‘zgarishini hisobga olib iste’mol savati qiymatini tartibga solish kabi jihatlarni o‘z
ichiga oladi. Shuningdek mehnat sharoiti masalalari qarab chiqiladi va qator tashkiliy masalalar
hal qilinadi. Odatda kelishuv bir necha yilga,asosan uch yilga tuziladi.
Ayrim hollarda davlat
ham korxona ma’muriyati va ishchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga, masalan, ish tashlash
masalalariga tegishli munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ammo ish tashlash huquqi
«Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar haqidagi xalqaro pakt»da mustahkamlangan asosiy
ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar jumlasiga kiradi.
Ko‘pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojlanishida bosh masala
ishsizlikni
ijtimoiy kafolatlashga, ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va ish haqini
oshirish imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalar hisoblanadi. Bu muammolarni hal qilishda asosiy
ro‘l kasaba uyushmalariga tegishli bo‘ladi. Aksariyat ishchi kuchi bozorlarida ishchilar
o‘zlarining ishchi kuchini kasaba uyushmalari orqali jamoa bo‘lib taklif qiladilar. Kasaba
uyushmalari nisbatan ko‘p sonli ishga yonlovchilar bilan muzokaralar
olib boradi va ularning
asosiy iqtisodiy vazifasi ish haqini oshirishdan iborat bo‘ladi. Kasaba uyushmalari bu maqsadga
turli xil yo‘llar bilan erishishi mumkin.
1. Ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirish. Kasaba uyushmalar nuqtai nazaridan ish haqini
oshirishning eng qulay usuli ishchi kuchiga bo‘lgan talabni kengaytirish hisoblanadi. Ishchi
kuchiga bo‘lgan talabning ortishi natijasida ish haqi stavkasi ham, ishchi o‘rinlari soni ham
ortadi. Kasaba uyushmalari bu talabni belgilovchi bir yoki bir necha omillarni o‘zgartirish yo‘li
bilan ishchi kuchiga bo‘lgan talabni ko‘paytirishlari mumkin: ishlab
chiqariladigan mahsulot
yoki ko‘rsatiladigan xizmatga talabni oshirish; mehnat unumdorligini oshirish; ishchi kuchi
bilan birgalikda foydalanadigan boshqa ishlab chiqarish omillari narxlarini o‘zgartirish.
2. Ishchi kuchi taklifini qisqartirish. Kasaba uyushmalari ishchi kuchi taklifini qisqartirish
yo‘li bilan ish haqi stavkasini oshirishlari mumkin. Bunga quyidagi yo‘llar bilan erishiladi:
immigratsiyani cheklash; bolalar mehnatini qisqartirish; pensiyaga muddatida chiqishni qo‘llab-
quvvatlash; ish haftasini qisqartirishga yordam berish. Bulardan
tashqari kasaba uyushmalari
tadbirkorlarni o‘z a’zolarini ishga yollashga majbur qilib, ishchi kuchi taklifi ustidan to‘liq
nazorat o‘rnatadi. Kasaba uyushmalari o‘z a’zolari sonini qisqartirish siyosati orqali ishchi
kuchi taklifini sun’iy ravishda qisqartiradi. Bu, o‘z navbatida, ish
haqi stavkasining ortishiga
olib keladi.
3. Kasb bo‘yicha malaka darajasini litsenziyalash. Bu ma’lum mehnat turi taklifini
cheklash vositasi hisoblanadi. Bunda kasaba uyushmalari korxona ma’muriyatiga ma’lum
kasbdagi ishchilar aniq ko‘rsatilgan talablarga javob bergan taqdirda ishga qabul qilishga ta’sir
ko‘rsatadi. Bu talablar o‘z ichiga ishchining ta’lim darajasi, mutaxassislik bo‘yicha ish staji,
imtihon natijasi va shaxsiy tavsiflarini oladi.
4. Kasaba uyushmalari jamoa shartnomalari tuzishda monopol holatga ega bo‘lgan
tadbirkorlarga qarshilik ko‘rsatish yo‘li bilan ham ish haqi stavkasini
oshirishga erishishi
mumkin. Buning natijasida ish haqini oshirish bilan bog‘liq qo‘shimcha sarflar, yangi ishchi
kuchini yonlash natijasida olinadigan qo‘shimcha mahsulot hajmidan ortiq bo‘ladi.
Kasaba uyushmalari o‘zlarining iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishlarida manfaatlari
himoya qilinayotgan ishchilar guruhining kasbiy ixtisosligi xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda yopiq yoki ochiq turda tashkil etilishi mumkin. Yopiq turdagi
kasaba uyushmalari ish
haqi darajasini oshirish uchun ishchi kuchi taklifini qisqartirishga harakat qiladilar. Bu ko‘proq
ma’lum kasb egalari, masalan, duradgorlar, elektr payvandchilar kabilarni o‘ziga birlashtiruvchi
bo‘lim kasaba uyushmalari tarzida tashkil etiladi. Bo‘lim kasaba uyushmalari ish beruvchilarni
faqat mazkur kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lgan ishchilarni yonlashga majbur etib, shu orqali
ishchi kuchi taklifi ustidan nazorat o‘rnatadilar. Zarur holda kasaba uyushmasiga a’zolikni
qisqartirish orqali ishchi kuchi taklifini sun’iy yo‘l bilan qisqartiradilar. Bunda ular quyidagi
yo‘llardan foydalanishlari mumkin:
- o‘qitish, kasbga tayyorlash muddatini cho‘zish;
- kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lish badallarini oshirish;
- yangi a’zolarni qabul qilishni cheklash yoki umuman taqiqlash va boshqalar.
Bu tadbirlar asosida ishchi kuchi taklifini qisqartirish hamda ish
haqi darajasini oshirish
jarayonini quyidagi rasm orqali ko‘rish mumkin (12.2-rasm).
Dostları ilə paylaş: